Temir yo’l transportida avtomatika, telemexanika va telekommunikatsiya texnologiyalari


To'g'rilagich-o'zgartgichli PVP-ETSK



Download 248,94 Kb.
bet9/23
Sana31.12.2021
Hajmi248,94 Kb.
#219946
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
Bog'liq
Jabborov Baxtiyor. epat kursovoy

To'g'rilagich-o'zgartgichli PVP-ETSK panellar uch fazali o'zgaruvchan tokni o'zgarmas tokka to'g'rilash, 24 V li akkumulyator batareyasini bufer rejimida ushlab turish va avtomatik zaryadlash, o'zgaruvchan tok bo'yicha MRM ning alohida yuklamalarini tashqi tarmoq uzilganda, kafolatli manbalash uchun batareya o'zgarmas tokini 220 V, 50 Gts li o'zgaruvchan tokka o'zgartirish, shunigdek, 24 V va 220 V kuchlanishli o'zgarmas tok apparatlarni manbalash uchun xizmat qiladi.

Akkumulyator batareyasining haqiqiy kuchlanishiga qarab, PVP-ETSK paneli, uni uzluksiz zaryadlash yoki jadallashtirilgan zaryadlash rejimida ushlab turishni ta'minlaydi. Batareyani bir rejimdan ikkinchisiga qayta ulash 1RN va FZ relelar yordamida avtomatik ravishda amalga oshadi.

PPV-1 turidagi PP o'zgartgich-to'g'rilagich, o'zgaruvchan tok manbasi o'chganda, SA relesi yordamida, batareyaning o'zgarmas tokini 220 V li o'zgaruvchan tokka o'zgartirish rejimiga o'tkaziladi.

Batareya kuchlanishi, razryadlanish jarayonida 2RN relesi orqali nazorat qilinadi. Uning kuchlanishi (21,6+0,3) V gacha kamayganda 2RN relesi O releni o'chiradi. Bu rele o'z navbatida OP relening manbalash zanjirini uzadi, bu rele esa batareyaning ishdan chiqishini oldini olish maqsadida batareyani o'zgartgichdan uzadi. PP ni batareyadan uzish boshqarish pulti orqali dastagini bosish tarzida amalga oshirilishi mumkin.

Strelka PSP-ETSK, PST-ETSK panellari o'zgarmas tokli strelka elektr

yuritmalarini (PSP-ETSK) va o'zgaruvchan tokli uch fazali yuritmalarning (PST-ETSK) ishchi zanjirlarini manbalash uchun hamda ularning avtoo'chirgich kontaktlari elektr isitish uchun mo'ljallangan.

Strelkali panellar to'rt turda ishlab chiqariladi. Ulardan PSPN-ETSKI (PSTN-ETSKI) panellari strelka yuritmalarini elektr isitishga mo'ljallanmagan, ular quruq iqlim sharoitlarida qo'llaniladi. PSPN-ETSK2 (PSTN-ETSK2), PSPN-ETSK3 (PSTN-ETSK3) panellari yuritmalarni qizitishni ta'minlaydi va mos ravishda qizish zanjiri 4,5 va 9 kV.A li qizitish zanjirlari quvvatiga ishlab chiqarilgan. PSPR-ETSK (PSTR-ETSK) panellari o'zgartgich orqali akkumulyator batareyalaridan strelkalarni o'tkazish zanjirlarini zaxiraviy elektr manbalashni hisobga olgan holda bajarilagan va batareyali hisoblanadi, asoslangan hollarda esa batareyasiz manbalash tizimlarida qo'llaniladi.

PSPN-ETSK2, PSPN-ETSK3 panellarida TS1, TS2 transformatorlariga qo'shimcha ravishda har biri 4,5 kV-A quvvatga ega (TS3, TS4) ega bitta yoki ikkita transformator o'matiladi. Bular strelka yuritmalarini, elektr isitish manbalarini yerdan izolyatsiya qilish uchun mo'ljallangan. Panellarda, jihozlardan kuchlanishni olib tashlash va kuchli tokli transformatorlarni himoyalash uchun AVI-AV4 turidagi avtomatik o'chirgichlar o'rnatiladi.

O'zgartgich paneli PP25-ETSK 25 Gts li o'zgaruvchan tokdagi DSSH yo'l releli fazasezgir rels zanjirlarini manbalash uchun qo'llaniladi.

Panel 220 V li bir fazali o'zgaruvchan tok tarmog'iga bog'liq ravishda ishlaydi va 50 Gts li o'zgaruvchan tokni 25 Gts li o'zgaruvchan tokka o'zgartirish, 50/25 Gts chastotali o'zgartgichlarni fazalash, DSSH yo'l relelarining mahalliy element zanjirlari va rels zanjirlarining yo'l transformatori nurlari bo'yicha 25 Gts li manbalashni taqsimlash, fazalash qurilmalarining soz ishlashini nazorat qilish, rels zanjirlari manbalash nurlarini avtomatik yoki dastak orqali o'chirish, hamda saqlagichlarning kuyishini nazorat qilishni ta'minlaydi.

PP25-ETSK panelida (1-rasm) 8 ta PCH50/25-300 turidagi o'zgartgichlar o'rnatilgan. Bular DSSH relesining mahalliy elementlarini manbalash uchun 600 V-A umumiy quvvatga ega bo'lgan 1P, 2P lar va rels zanjirlarining yo'l transformatorlarini manbalash uchun 1740 V-A umumiy quvvatga ega bo'lgan 11P-13P, 21P-23P lardir.

Har bir yo'l o'zgartgichining chiqishlari manbalashning ikkita nurlariga ajratilgan. Har bir nurdagi kuchlanish, 0,75 A li maksimal yuklamada (200…230) V ni tashkil qiladi. Xuddi shu tarzda mahalliym o'zgartgichlarning har bir chiqishlari mahalliy elementlarni manbalash uchun ikki guruhga bo'lingan. Har bir guruhga 1,4 A yuklama tokiga ruxsat etiladi, bunda kuchlanish (100…115) V ni tashkil etadi.

Rels zanjirlarining manbalash nurlari 11V1-23V2 turidagi alohida o'chirgichlar yordamida uzilishi mumkin.

Manbani uzish shchiti MUSH (rus. -ЩВП) EM postida yong'in xavfsizligini ta'minlash maqsadida o'rnatiladi va MRM ning barcha ta'minlash manbalarini bir vaqtning o'zida tez va ishondhli uzish uchun mo'ljallangan.

Topshiriqdagi bu bo'lim bo'yicha tushuntirish xatida, MRM elektr ta'minoti qurilmalarini jihozlash uchun kerak bo'ladigan va har birining belgilanishi aniqlangan holda manbalash panellarining turlarini ko'rsatish kerak bo'ladi.

Bundan tashqari, berilgan stansiyadagi strelkalar soni be'yicha shu yoki boshqa tipdagi panellar sonini belgilash muhim hisoblanib, so'ngra bular manbalovchi panellar bo'yicha bajarilgan hisoblar natijasida aniqlashtiriladi.

Panellar sonini aniqlashda quyidagilarni hisobga olish tavsiya etiladi. Odatda, qo'shimcha (ikkinchi) panelni o'rnatish quyidagi hollarda zarur bo'ladi: strelkalar soni 100 dan ortiq bo'lganda - PV-ETSK turidagi; strelkalar soni 80 dan ortiq bo'lganda - PVP-ETSK turidagi; strelkalar soni 150 dan ortiq bo'lganda esa PR-ETSK turidagi panellar o'rnatiladi.

PP25-ETSK turidagi panellar soni quyidagicha aniqlanadi: o'zgaruvchan tok elektr tortqida 40 ta strelka; avtonom va o'zgarmas tok elektr tortqidagi 60 ta strelka uchun bitta panel kerak bo'ladi.




Download 248,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish