«temir yo`l transporti molitasi»



Download 0,92 Mb.
bet3/96
Sana05.07.2021
Hajmi0,92 Mb.
#109739
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96
Bog'liq
t.y.t moliya umk 1

Toshkent – 2018
1-mavzu. Tarmoq moliyasining mazmuni
reja

1.Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaning roli, mohiyati, ahamiyati.

2.Mamlakatimizda temir yo‘l sohasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar.

3.Temir yo‘l kompaniyasining iqtisodiyot va moliya sohasidagi asosiy vazifalari.



4. Oraliq va yakuniy baxolash mezonlari bilan tanishish.
Temir yo’l transportining moliyasi - asosiy va aylanma kapital, korxonaning pul mablag’lari fondini shakllantirish, taksimlash va ishlatish jarayonida vujudga keladigan pul munosabatlari­dir. Ular yuk va yo’lovchilarni tashish, maxsulot (ish, xizmat)ni sotish, yordamchi, moliyaviy va boshqa faoliyatlarni bajarish jarayonida namoyon bo’ladigan iqtisodiy munosabatlarni xarakterlaydi.

Tarmoq moliyasi xo’jalik faoliyatida uning xizmatidan foydalanuvchilar bilan; davlatning moliya tizimi organlari - Moliya vazirligi. soliq, tizimi, banklar, maxalliy byudjetlar bilan; energoresurslar va boshqa moddiy boyliklarni etkazib beruvchilar bilan; tashishlar bo’yicha birgalikda bajariladigan kushni davlatlar temir yo’llari bilan (xalkaro aloqalar); ichki tarmoqda: «O’zbekiston temir yo’llari» AJ boshqaruvi va uning ochiq, turdagi aksiyadorlik jamiyatlari, korxonalari, bo’linmalari bilan bo’ladigan jarayonda namoyon bo’ladigan iqtisodiy munosabatlarni aks ettiradi.

Tarmoq moliyasi ishlab chiqarishni samaradorligiga, maxsulotning raqobatbardoshligiga ta’sir o’tkazuvchi muxim iqtisodiy vosita sifatida namoyon bo’ladi. Ular quyidagi funksiyalarni bajaradi:

  • Xo’jalik faoliyati jarayonida pul daromadlari va pul mablag’lari fondlarini shakllantirish;

  • tarmoq extiyojlarini qondirish va byudjetni shakllantirish uchun pul mablag’larini taqsimlash;

  • komdaniyaning temir yo’l korxonalarining xo’jalik faoliyati ustidan moliyaviy nazorat.

Pul mablag’lari fondi ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan moddiy resurslar qiymati, ish haqini to’lash uchun, kapital quyilmalarni va moliyaviy rejada ko’zda tutilgan boshqa extiyojlarni moliyalashtirish uchun kerak.

Temir yo’l transporti moliyasining taqsimlovchi funksiyasi ishlashi va rivojlanishining extiyojlari asosida pul resurslarini shakllantirishda namoyon bo’ladi.

Temir yo’l transportida moliyaning nazorat funksiyalariga quyidagilar kiradi:

  • tejash rejimiga qat’iy rioya qilish;

  • tashishlar, ishlar, xizmatlarni tannarxini pasaytirish uchun ichki rezervlarni aniqlash va foydalanish;

  • mexnat samaradorligini oshirishni ragbatlantiruvchi mexnat sharoitlarini va haqini tashkil etish.

Ijtimoiy qayta tiklashda moliyani samarali ishlatish ularni qaysi tashkiliy-xududiy shaklda faoliyat olib borayotganligiga bog’liq. Xo’jalik yuritishning iqtisodiy quroli sifatida foydalanilayotgan moliya ijtimoiy qayta tiklashga miqdoriy va sifatli ta’sir ko’rsatadi.

«O’zbekiston temir yo’llari» davlat-aksiyadorlik komianiyasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 7 noyabrdagi Farmoniga asosan tashkil topgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 2 martdagi «Temir yo’l tansportini monopoliyadan chiqarish va aksiyalashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» Farmoni bilan kompaniya ochiq turdagi aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirildi. Mazkur Farmon bilan temir yo’l transporti soxasidagi iqtisodiy isloxotlarni chuqurlashtirishning ustuvor yo’nalishlari belgilangan. Ularga quyidagilar kiradi:

  • monopoliyadan chiqarish chora-tadbirlarini izchil amalga oshirish va temir yo’l transporti xizmatlari bozorida raqobat muxitini shakllantirish;

  • yo’lovchilar tashish, xarakatdagi sostavni, refrijerator va konteyner xujaligini ta’mirlash korxonalarini bosqichma-bosqich aksiyalashtirish;

  • boshqaruv tizimiga va tashish jarayoni katnashchilari o’rtasidagi xo’jalik aloqalariga bozor tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish;

  • temir yo’l kompleksini rekonstruksiya qilish, yangilash va zamonaviylashtirishga chet el investitsiyalarini keng jalb qilish bo’yicha qulay shart-sharoitlar yaratish.

Kompaniya va uning bo’linmalari o’rtasidagi o’zaro munosabatlar amaldagi qonun xujjatlariga asoslanib ishlab chiqilgan va kompaniyaning ijro organi raxbariyati tomonidan tasdikdangan aloxida Nizom bilan tartibga solinadi.

«O’TY» AJ bosqichma-bosqich aylantirish jarayonida boshqa ustivor yo’nalishlardan biri sifatida temir yo’l kompleksini rekonstruksiya qilish, yangilash va zamonaviylashtirishga chet el investitsiyalarini keng jalb qilish bo’yicha qulay shart-sharoitlar yaratish chora- tadbirlari belgilangan.

Aksiyadorlik jamiyati davlat korxonasiga nisbatan katta investitsion jalb qilinuvchanligi nimalarda foydaliligi ko’rinadi.

Birinchidan, kabul qilingan majburiyatlarni bajarilishida katta ishonchlilik ta’minlanadi. Ma’lumki, majburiyatlarni ta’­minlashning asosiy usullaridan biri garov xisoblanadi. Mulk egasi bo’lgan aksiyador jamiyati mulkni idora qilishga doyr xech qanday Qonuniy chegaralanishlarga eta emas, va bu potensial invesstorlarga juda xam muxim va o’ziga tortadi.

Ikkinchidan, kreditorlar korxonaga - qarzdorga nisbatan korxona qaysi tashkiliy-huquqiy tashkil etilganiga karab, talablarni qondirishning turlicha ketma-ketlik xususiyatiga ega. Aksiyadorlik jamiyati shu bilan o’ziga ko’proq jalb etadi.

Uchinchidan, investitsiyalarni jalb etish uchun moliyaviy instrumentlarini (obligatsiya va xokazolar) ishlatish imkonini beradi, bu esa aksiyadorlik jamiyatini ustunligidan darak beradi.

Turtinchidan, aksiyadorlik jamiyati mulkni sotishdan tushgan mablag’lari i to’liq investitsion quyilmalarga ishlatishi mumkin.

Beshinchidan, aksiyadorlik jamiyati istagan xo’jalik faoliyati bilan shurullanish huquqigiga ega.

Kelajakda davlat tomonidan faqatgina temir yo’l transporti infratuzilmasi xizmatlarini tartibga solishga utish bilan, ob’ek­tiv xolatda, davlat tomonidan tartibga solish mikyosi qisqaradi, bu investorni yanada jalb etadi, chunki o’zgaruvchan tarif siyosatini olib borishga imkoniyat yaratadi.

Xozirgi paytda temir yo’l transportini mononoliyadan chiqarish va aksiyadorlashtirish bo’yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar uni rivojlantirish uchun investitsiyalarni jalb etishni ta’minlashga mo’ljallangan.

Tarmoqni rivojlantirishga investitsiyalarni jalb etish uchun temir yo’l transportiga berilgan imkoniyatlarni samarali foydalanish maqsadida moliyaviy o’zaro munosabatlar. kompaniyaning tashkil etilayotgan bo’linmalari va korxonalari o’rtasida xisob-kitoblar to’g’risida mukammal ishlab chiqilgan Nizom kerak. Moliyaviy resurslar - davlat-aksiyadorlik temir yo’l kompaniyasi, uning korxonalari va tashkilotlari ixdiyoridagi pul mablag’larining jami. U o’ziga tegishli va jalb etilgan pul mablag’laridan tashkil topadi. O’zbekiston Respublikasining «Temir yo’l transporti to’g’risida»gi Qonunida «Temir yo’l transporti faoliyatini moliyalash o’z xo’jalik faoliyati daromadlari xisobidan va imtiyozli tashishlarga doir xarajatlarni qoplash qismi bo’yicha davlat byudjeti mablag’lari xisobidan amalga oshirilishi» belgilangan ziga tegishli bo’lgan pul mablag’lariga daromadlar va amortizatsiya ajratmalari kiradi. Temir yo’l kompaniyasining daromadlari maxsulot (ish, xizmat)larni sotishdan, maxsulotni ishlab chiqarish va sotishga bog’liq bulmagan boshqa operatsiyalarni bajarishdan, moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlardan tashkil topadi. Daromadlarning vazifasi - o’zining xarajatlarini moliyalashtirish va foydani shakllantirish. Kompaniya ixtiyoriga kelib tushayotgan foyda ishlab chiqarishni rivojlantirishga, ishlab chiqarishni samarasini oshirishda ishchilarni manfaatdorligini ragbatlantirishga va tarmoqning ijtimoiy soxa muassasalarini taminlashga yo’naltiriladi. Amortizatsiya ajratmalari asosiy vositalar qiymatini asta-sekin u yordamida ishlab chiqarilayotgan mahsulotga o’tkaziladigan pul mablag’larining maqsadli to’planishini ifodalaydi. Jalb etilgan pul mablag’lari qarzga olingan va byudjet assignatsiyalari yoki subsidiyalarga bulinadi. Temir yo’l kompaniyasi qarz olingan mablag’larni to’lash va qaytarish shartlari bilan beriladigan kre­dit ko’rinishida foydalanadi. Oxirgi yillarda kompaniya pul mablag’larining bu manbai keng rivojlandi. Tarmoq, byudjet assignatsiyalarini qaytarmaslik asosida yirik ob’ektlar - yangi temir yo’llarni qurish, lokomotiv va vagonlarni ta’mirlash zavodlariga, yo’llarni yuqori qismlarini ta’mirlashni yoki rivojlantirishni moliyalashtirish uchun oladi. Moliyaviy resurslar doimo xarakatda bo’ladi va pul shaklida faqat pul mablag’larini bankdagi xisob raqamida va korxona gaznasida qoldik ko’rinishida xisobga olinadi. Kompaniya o’zining moliyaviy resurslarining aksariyat qismini yuk tashishni bajarishdan shakllantiradi. Oxirgi yillarda tarmoqning moliyaviy resurslarini shakllantirishda roli sezilarli da­rajada oshgan amortizatsiya ajratmalari uynaydi. Ularning xissasi aniq, belgilangan usish tendensiyasiga ega, chunki asosiy ishlab chiqarish vositalari siymati ularning xaxixiy baxosiga keltirishga asoslangan qayta baxolashga bog’langandir.

Kompaniya moliyaviy resurslarining asosiy qismi uning markazlashgan jamgarmasida to’planadi. Yirik pul mablag’larini tarmoq, (kompaniya boshqaruvida) tuttlanishi «O’TY» AJ korxonalarida yagona moliyaviy siyosatini amalga oshirishga imkoniyat yaratadi, ularni samarali foydalanishni ta’minlaydi.

Moliyaviy resurslarning bir qismi davlat-aksiyadorlik temir yo’l kompaniyasi korxonalari va tashkilotlari ixtiyorida soladi. U joriy xarajatlarni, ishlab chiqarishni rivojlantirish va takomillashtirish bo’yicha xarajatlarni moliyalashtirishga, ingchilarni ragbatlantirish uchun, belgilangan tartibda shakllantiriladigan zaxiralarga ajratmalar uchun ishlatiladi.

Tarmoq boshqaruvi darajasida to’planadigan moliyaviy resurslar bilan bir qatorda korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning moliyaviy jamgarmalarida to’planadigan maxsus maxsadga ega bo’lgan byudjetdan tashqari mablag’lar farqlanadi. Oxirgi yillarda byudjetdan tashqari mablag’lar fondining sezilarli darajada rivojlanishi ijtimoiy soxa muassasalarida, avvalambor, tarmoqning kasb-xunar o’quv yurtlarida kuzatilmoqda.

«O’TY» AJ muassasalari ixtiyoriga kelib tushayotgan byudjetdan tashqari mablag’lari ularning moliyaviy resurslarini sezilarli darajada ko’paytirmoqda. Bu mablag’lar belgilangan tartibda ma’lum maqsadlarga: moddiy bazani rivojlantirishni moliyalashtirishga, ishchilarni ragbatlantirishga, yuqori organlar tomonidan o’rnatilgan boshqa maqsadlarga va o’rnatilgan miqdorlarda ishlatiladi. Ammo, qonun chiqaruvchi organ tomonidan byudjetdan tashqari mablag’lardan foydalanish yo’nalishlari ustidan nazoratni olib borish, ma’lum darajada chsgaralanmagan va bu ularni rivojlanishiga imkoniyat yaratadi va ularni samarali foydalanishga salbiy ta’sir ko’rsatmaydi.

Moliyaviy resurslarni chegaralanganligi sharoitida bor saloxiyatni samarali ishlashiga aloxida e’tibor qaratish va tashqi investitsiyalarni jalb etish uchun imkoniyatlarni yaratish kerak.1



Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish