Темир йул транспортида бошкаришнинг


Temir yo‘l transportining ma’lumotlar uzatadigan yagona tarmog‘i



Download 1,95 Mb.
bet32/41
Sana24.02.2022
Hajmi1,95 Mb.
#217028
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   41
Bog'liq
Rasulov M.X. TYTBAT. Oquv qollanma. 2-qism 5

4.2. Temir yo‘l transportining ma’lumotlar uzatadigan yagona tarmog‘i

Bugungi kunda ma’naviy va jismonan eskirgan tizimlarni almashtirish, zamonaviy xalqaro talablar va standartlarga javob beradigan yangi axborot texnologiyalarini tatbiq etish imkoniyatlarini ta’minlash maqsadida ma’lumotlar uzatishga qaratilgan yangi yagona (yaxlit) tarmoqni yaratish ishlari davom etib kelmoqda.


U analogli aloqa kanallaridan foydalanishda X25 texnologiyasiga hamda yuqori tezlikdagi raqamli kanallarni qo‘llashda kadrlarni retranslyasiya qilish (Fram Relay) texnologiyasiga asoslanadi.
Tarmoq ma’lumotlarni uzatish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan dasturiy-apparatlari (kommutatorlar va ma’lumotlar uzatish apparaturasi - APD) va aloqa kanallari (analogli va raqamli) yig‘indisidan iborat bo‘lib, ular ma’lumotlarni ishonchli uzatish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlaydilar.
Mintaqaviy tarmoqlar yig‘indisi ma’lumotlar uzatish yagona tarmog‘ini hosil qiladi. BHM joylashgan mintaqa bosh uzel vazifasini bajaradi. Tarmoqda abonentlar va komponentlarning yagona raqamlanishi qabul qilingan.
Mintaqa tarmog‘i tarkibiga quyidagi elementlar kiradilar:
• tarmoqni boshqarish mintaqa markazi;
• mintaqa tarmoq uzeli;
• erishish (foydalanish) uzeli;
• mintaqa tarmog‘i abonentlari.
Tarmoqni boshqarish mintaqa markazi quyidagilar uchun mo‘ljallangan:
- tarmoq elementlarini nazorat, diagnostika qilish, ularni boshqarish va konfiguratsiyalash;
- tarmoqqa sinov tariqasida yuklama yaratish;
- normal ish faoliyati izdan chiqqanida uzatishlarni boshqarish;
- tarmoq ishlashi to‘g‘risidagi hisobot, ma’lumotlarni yig‘ish va saqlash;
- xizmatlar uchun haqni qo‘shib hisoblash;
- tarmoqni ma’muriy boshqarish.
Mintaqaviy tarmoq uzeli axborotni mintaqaviy tarmoqlar orasida ko‘chirish, etkazish uchun mo‘ljallangan.
Erishish (foydalanish) uzeli mintaqa tarmog‘i abonentlarini o‘zaro, shu bilan birga mintaqaviy tarmoq uzeliga ulash uchun mo‘ljallangan.
Mintaqaviy tarmoq abonentlari – boshqarish mintaqalari (temir yo‘l bo‘linmalari) ma’lumotlarini uzatish tarmoqlari bo‘lib hisoblanadilar.
Barcha mintaqaviy uzellar o‘zaro raqamli yoki optik tolali aloqa kanallari yordamida 2,048 Mbit/soniya uzatish tezligi bilan ulangan. Erishish uzellarining o‘zaro va mintaqaviy tarmoq uzeli bilan birga ishlashi raqamla kanal orqali 64 kBit/soniya tezlik bilan amalga oshiriladi. SHuningdek optik toladan foydalanish ko‘zda tutilgan. Erishish (foydalanish) uzeli abonentlar bilan analogli, shuningdek raqamli kanallar orqali bog‘langan bo‘lishi mumkin. Analogli aloqa kanalidan foydalanishda uzatish tezligi 19,2 kbit/soniyaga teng.
Mintaqa (temir yo‘l bo‘linmasi) ma’lumotlar uzatish tarmog‘i ikki turldagi tarmoqlardan tashkil topgan:
- ma’lumotlarni uzatish uchastka tarmog‘i;
- operativ ma’lumotlarni yig‘ish uchastka tarmog‘i.
TTBATning ma’lumotlarni uzatish uchastka tarmog‘i, “Ekspress-3” kabilarda ishlatiladigan axborotni siljitish (etkazish) uchun mo‘ljallangan; operativ ma’lumotlarni yig‘ish uchastka tarmog‘i – nazorat qilinayotgan ob’ektlar, ya’ni stansiyalar va peregonlarda joylashgan birlamchi axborot manbalaridan ma’lumotni avtomat tarzda echib olish uchun mo‘ljallangan.
Uchastka tarmoqlari kommutatsiyalanmaydigan analogli yoki raqamli kanallarda 9,6 dan 64 kbit/soniyagacha bo‘lgan tezliklarda uzatish uchun amalga oshiriladilar.
Har bir uchastka tarmog‘iga, axborot oqimlarining hajmi va intensivligiga bog‘liq ravishda, 1 tadan 15 tagacha ma’lumot uzatish mahalliy tarmog‘i yoki mos ravishda operativ ma’lumotlarni yig‘ish mahalliy tarmog‘i kiradi. Ushbu tarmoqlar uchastka va oraliq stansiyalarida tashkil qilingan. Ular temir yo‘l stansiyasi va stansiya yaqinidagi peregonlar hududida joylashgan ma’lumotlarning tugal (so‘nggi) uskunalarini birlashtiradilar (zarur hollarda – qo‘shni stansiyalarda ham).
Mahalliy tarmoqlashni tashkillashtirish uchun kommutatsiyalanmaydigan analogli kanallar va va mahalliy aloqa liniyalarining fizik zanjirlari qo‘llanadi. “Ekspress-3” shuningdek kommutatsiyalanadigan kanallar bo‘ylab ham tarmoqqa ulanishlari mumkin.
Temir yo‘llarning optika-tolali aloqa liniyalari shuningdek kommunikatsiya xizmatlarini (telefon aloqasi, aloqa kanallarini ajratish, ma’lumotlar va video uzatish) taqdim etish bilan shug‘ullanadigan turli kompaniyalar tomonidan faol ishlatiladi. Bu temir yo‘l transportida VOLS (optik-tolali aloqa liniyalari) yaratishga qo‘shilgan investitsiya mablag‘larini o‘z-o‘zini oqlash muddatini qisqartirish imkonini beradi.



Download 1,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish