Темир йул транспортида бошкаришнинг


Yo‘lovchi vagonlar parkini avtomatlashtirilgan boshqarish nimtizimi



Download 1,95 Mb.
bet29/41
Sana24.02.2022
Hajmi1,95 Mb.
#217028
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   41
Bog'liq
Rasulov M.X. TYTBAT. Oquv qollanma. 2-qism 5

3.4. Yo‘lovchi vagonlar parkini avtomatlashtirilgan boshqarish nimtizimi

Yo‘lovchi vagonlar parkini avtomatlashtirilgan boshqarish nimtizimini (YVPABN) ishlab chiqish asosiga yo‘lovchi tashuvchi vagonlar xo‘jaligini tashkiliy-funksional boshqarish tamoyili – axborotning quyi darajadan (liniya korxonalari) temir yo‘l darajasiga o‘tishi, undan keyin – tarmoq darajasi va boshqaruvchi ta’sirlarni teskari yo‘nalishda uzatish egallagan. Har bir boshqaruv darajasida bo‘linmalar ishini yaxshilash uchun zarur bo‘lgan vazifalar hal qilinadi.


Liniya korxonasi darajasida vagon ta’mirlash depolari, yo‘lovchi tashish texnik stansiyalari, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish direksiyalari, yo‘l kuzatuvchilar rezervlari ish jarayonlari avtomatlashtirilishi talab etiladi.
Temir yo‘l darajasida YVPABNlarda quyidagi vazifalar hal qilinadi:
- vagonlar ta’mirini rejalashtirish;
- vagonlarning kamida ikki yillik rejali ta’mirlash turlariga (kapital va depodagi ta’mirlashlar) bo‘lgan ehtiyojini prognoz qilish (bashoratlash);
- vagonlarning turli operatsiyalarda ishlatilish davomliligini nazorat qilish;
- vagonlarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatishni hisobga olish va buning hisoboti;
- poezd yoki manyovr ishidagi brak holatlarini hisobga olish;
- vagonlar parki to‘g‘risidagi axborot-ma’lumotlar tizimi.
Temir yo’l boshqarmasi darajasida quyidagi jarayonlar avtomatlashtiriladi:
- depodagi va kapital ta’mirlashlarni rejalashtirish;
- temir yo‘llarning yo‘lovchi vagonlariga bo‘lgan ehtiyojining hisobi;
- vagonlarning modernizatsiya qilinishini rejalashtirish;
- moddiy-texnik ta’minotni rejalashtirish;
- yo‘llar tomonidan ta’mirlashlar va texnik taftishlar rejalarining bajarilishini nazorat va tahlil qilish;
- ta’mirlashlar sifatini kuzatib borish;
- temir yo‘llarda vagonlar mavjudligi va ular aprkidan foydalanish haqidagi hisobotni yuritish;
- yo‘llar vagonlar parki to‘g‘risidagi axborot-ma’lumotlar tizimi;
- harakat xavfsizligini nazorat qilish.
YVPABNda axborot yig‘ish va ma’lumotlarga tuzatishlar kiritish boshqarishning liniya darajasida amalga oshiriladi. Har bir bo‘linma ishini qamrab oladigan vazifalar majmualari liniya korxonasini umumiy boshqarish tizimining tuzilmaviy tarkibiy qismi bo‘lib keladi. Har bir majmua vazifalari liniya korxonasi ish rejimi bilan belgilanadigan sur’at (chastota) bilan hal qilinadi. Hisobot ko‘rsatkichlar hisob-kitoblarining natijalari ish smenasining boshlanishiiga qadar beriladi. Axborot olinishi o‘rnatilgan terminal qurilmalarining istalgan biridan dialog rejimida ta’minlanadi.
Axborot muayyan masalaning hal qilinish algoritmi bilan belgilanadigan vaqt davomida saqlanadi. Axborot liniya ishchi-xizmatchilari: yo‘lovchi poezdlarini shakllantirish ustalari, vagonlarni ta’mirlash va ularning holatini hisobga olish bo‘yicha texniklar, vagonlar ko‘rikchilari, ta’mirlash brigadalariining ustalari va brigadirlari, stansiya navbatchilari tomonidan yig‘iladi. Axborot yig‘ish tartibi yo‘rtqnomalar yordamida tartiblashtiriladi.
Boshqarish vazifalarini avtomatlashtirish quyidagi masalalarning hal etilishini ko‘zda tutadi:
- hisobga olishga doir vazifalar (ta’mirlashdagi vagonlar, mehnat resurslari, vagonlar mavjudligi va ulardan foydalanish, yo‘lovchi poezdlarining ekspluatatsiya jarayonida aniqlangan nosozliklari);
- rejalashtirish (vagonlarni oy kunlar bo‘yicha ta’mirlashga uzatish, vagon yig‘ish uchastkasi brigadalariga smena bo‘yicha vazifalarini berish, vagonlar va tarkiblarga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni ekipirovkalash);
- vagonlarni depodagi va kapital ta’mirlashlardan keyin chiqarilishi prognozi;
- ma’lumotlar bazalaridan foydalanish (dostup) ma’lumotnoma rejimini ishlab chiqish .
Vazifalar majmuining hal qilinishi natijasida agregatsiyalangan ma’lumotlar yo‘lni boshqarish darajasiga uzatiladi (taqdim etiladi).
Eng ko‘p mehnat talab qiladigan jarayonlar vagonlar parki haqidagi axborotni yig‘ish va uzatishdir. Ma’lumotlarni tayyorlash bilan bog‘liq dastlabki bosqichda yo‘lovchi vagonlari parkini inventarlashtirishdan o‘tkazildi. Buning uchun, vagonlar parklari, ro‘yxatiga olingan yo‘lovchi vagonlari parkiga ega bo‘lgan yoki ularning rejali ta’mirini amalga oshiradigan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish direksiyalarida, ana shu korxonalar boshliqlari tomonidan ro‘yxatga olish bo‘yicha komissiyalar yaratildi. Vagon parkini ro‘yxatga olish 43 xil tavsifga ega bo‘lgan vagon klassifikatori keltirilgan YVPABNdagi “Yo‘lovchi vagonlarini ro‘yxatga olish bo‘yicha yo‘riqnoma”ga muvofiq o‘tkazildi.
YVPABNda quyidagi funksiyalar amalga oshiriladi:
- yo‘lovchi tashaydigan vagon xo‘jaligi bo‘yicha barcha statistika hisoboti shakllarining avtomatlashtirilgan hisobi;
- yo‘lovchi vagonlarining barcha turdagi ta’mirlarini rejalashtirish;
- ta’mirlar rejalarining bajarilishining tahlili;
- vagonlar holati, ular joylashgan joyi va ulardan foydalanishga oid har qanday ma’lumotnomalar olish,
shu bilan birga ma’lumotlarni ruxsat etilmagan turlichakirib foydalanish va texnika buzilishlaridan himoya qilish dasturlari.
YVPABN tashkiliy tuzilmasi istalgan boshqarish darajasidagi har bir bo‘linmaning ish xususiyatlarini hisobga oladi. Bunda liniya darajasida boshqaruv jarayonini avtomatlashtiradigan har bir vazifalar majmui navbatdagi, nisbatan yuqori boshqarish darajalaridagi shu kabi majmualarni ma’lumotlar bilan ta’minlab, ular orasida vertikal axborot bog‘liqligini hosil qiladi.
Boshqa tarafdan, har bir, nisbatan yuqoriroq boshqarish darajasidan pastroq boshqarish darajalariga boshqaruv ta’sirlarini amalga oshirish, hamda ish jarayonidagi zarur bo‘lgan har qanday axborotga aniqlik kiritadigan istalgan ma’lumotni olish imkoni mavjud.
Liniya korxonalari yoki temir yo‘l darajasidagi vazifalar majmualari o‘rtasidagi gorizontal aloqalar mavjud vagonlar parki to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.
YVPABNdagi ishlarning juda katta hajmi liniya darajasida amalga oshiriladi. Ishlarning asosiy hajmi real vaqt masshtabida bajariladi.
Yo‘lovchi vagonlari parki holati va undan foydalanish to‘g‘risidagi axborot-ma’lumotnoma tizimidan tashqari yo‘l va yuqori darajalarga oid vazifalarni hal qilish real vaqt ko‘lamini talab qilmaydi.



Download 1,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish