1.5. Mashinist marshrutiga avtomatlashtirilgan integratsiyalangan ishlov berish tizimi
Mashinist marshruti harakatlanuvchi tarkib ishi, lokomotivlar tomonidan yoqilg‘i va elektr energiyasi sarfini, shuningdek lokomotiv brigadalari ish vaqtini hisobga olish va ish haqini yuritish uchun asosiy hujjat bo‘lib hisoblanadi.
Bu hujjatga integratsiyalangan tarzda ishlov berish quyidagi ishlar EHMda bajarilishini ko‘zda tutadi:
- taksirovkalash, u o‘z ichiga chiziqli bosib o‘tilgan yo‘l (masofa)ni aniqlash, netto va brutto t·km hisobini, har bir ish turi va ko‘rinishi bo‘yicha lokomotiv-soatlar va vagon-o‘q-km lar aniqlanishini, bajarilgan ish va yoqilg‘i yoki elektr energiyasining haqiqiy sarfiga ko‘ra norma (me’yor) bo‘yicha yoqilg‘i yoki elektr energiya sarfi aniqlanishini oladi;
- operativ va statistika ekspluatatsiya hisobot hujjatlari olinishini;
- operativ va statistika yoqilg‘i sarfi bo‘yicha hisobot hujjatlari olinishini;
- lokomotivlarni ta’mirlashga qo‘yishni rejalashtirish maqsadida ular bosib o‘tgan masofalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish;
- ish haqini hisob-kitob qilish,mehnat va ish haqi bo‘yicha buxgalteriya va statistika hisobotini olish (dastlabki tatbiq etish bosqichida – lokomotivlar brigadalari uchun, ikkinchisida – lokomotiv depolarining barchaturdagi ishchilari uchun).
Ushbu vazifalar majmui boshqalari, hal qilinishi uchun asosan mashinist marshrutiga avtomatlashtirilgan integratsiyalangan ishlov berish tizimi (MMAIIBT) majmuining boshlang‘ich va me’yoriy-ma’lumot axboroti qo‘llanadigan vazifalar bilan birga bajarilishi shart. Ularga quyidagilar kirali:
- harakatlanuvchi tarkibdan foydalanishning operativ (tezkor) va uzoq muddatli tahlili;
- poezdlar tortuviga yoqilg‘i va elektr energiyasi sarfi me’yorlari hisobi;
- lokomotivlarning ta’mirga qo‘yilishini rejalashtirish;
- lokomotivlar va lokomotiv brigadalari ishini rejalashtirish;
- yuk va yo‘lovchi tashiydigan poezdlarning bosib o‘tgan yo‘li to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida ekspluatatsiya xarajatlari hisobi va tahlili.
Mashinist marshrutiga integratsiyalangan tarzda ishlov berish temir yo‘l ishining ekspluatatsiya ko‘rsatkichlaridan dalolat beradigan asosiy va ishonarli manbalardan biri bo‘lib hisoblanadi.
30 yildan ko‘proq vaqt ilgari Kuybishev va Gorkiy temir yo‘llari ishlab chiquvchilari jamoalari ikki o‘ta noyob - MMAIIBT yo‘l majmuini yaratib, ular bugunga qadar Rossiya va MDH mamlakatlari yo‘llarida ishlatilmoqdalar. Ma’lumotlarni tayyorlash sharoitlarini yaxshilash maqsadida mashinist marshrutlarining yangicha shakli tayyorlanib, u avtomatlashtirilgan ishlov berish talablarini hisobga olgan, biroq amaldagi hujjatlar tuzilmasini saqlab qolgan edi. Bu dastlabki manba bo‘lgan hujjatlarni to‘ldirish ko‘nikmalarini o‘zgartirmaslik imkonini berdi.
Mashinist marshrutiga integratsiyalangan tarzda ishlov berish mexanizatsiyalashgan hisob bo‘yicha yo‘l fabrikalari ishini 35-40% ga kamaytirib, lokomotiv depolari hisob guruhlarida tezkor va oylik hisobotini qo‘lda tuzishdan voz kechib, keyinchalik tezkor va statistika hisobi va harakatlanuvchi tarkibdan foydalanish, yoqilg‘i va elektr energiyasi sarfi to‘g‘risidagi hisobotni birlashtirish imkonini berdi.
Tarixan shunday vaziyat yuzaga keldiki, Kuybishkv temir yo‘lida ishlab chiqilgan variant asosan MDH mamlakatlarida (Belorussiya, Qozog‘iston va b.), Gorkiy temir yo‘li varianti esa – asosan Rossiya temir yo‘llarida ishlatiladigan bo‘ldi.
Temir yo‘llar tarmog‘ining yangicha faoliyat sharoitlari, hisoblash texnikasi parkining yangilanishi, ma’lumotlarni uzatish vositalarining rivojlanishi MMAIIBT yo‘l majmualari oldida ham yangi vazifalarni qo‘ydi: MMAIIBT yagona kompleksi yo‘l-tarmoq majmui doirasida birgalikda ishlash, tashishlarni tezkor boshqarish avtomatlashtirilgan tizimlari bo‘yicha mashinist marshruti virtual hujjatlarini shakllantirish, mashinist marshruti hujjatlaridagi axborotlariga ishonarli va tezkor ishlov berish, chiqish axborotining “RJD” OAJ ishlashining yangi shart-sharoitlarini hisobga olgan holda shakllantirilishini ta’minlash.
Mehnat sharoitlarining o‘zgarishi har ikki yo‘l MMAIIBT majmualarining zaif bo‘g‘inlarini aniqlab berdi:
- boshqaruv ob’ektlariga oid ma’lumotlarning to‘liq emasligi va boshqa majmualar va vazifalar axboroti bilan nomuvofiqligi (uyg‘unlashmaganligi);
- eskirgan va zamonaviy OS lar tomonidan qo‘llab-quvvatlanmaydigan vositalari va platformalardan foydalanish;
- real vaqt rejimida ishlash imkoniyati yo‘qligi;
- yangi talablarni bajarish uchun cheklangan rivojlanish imkoniyatlari (tortuv harakatlanuvchi tarkib boshqa mulkdorlarining paydo bo‘lishi, hisob-kitob metodologiyasi o‘zgarishi va b.).
Tarmoqda ishlatilayotgan MMAIIBT majmualari mashinist marshruti hujjatlariga ishlov berish texnologiyasida va uning me’yoriy hujjatlarga muvofiqligida kattagina farqlarga egalar.
Hozirgi vaqtda Kuybishev va Gorkiy temir yo‘llari AHM lari MMAIIBTlarni takomillashtirish ishlarini davom ettirmoqdalar.
Misol uchun, ana shu majmua ishining quyidagi tubdan yangicha imkoniyatlari ro‘yobga chiqarilgan:
- lokomotivlar ishini istalgan kesimda – vaqtga, hududiga, ish uchastkalariga, ish turlariga ko‘ra seksiyama-seksiya hisobga olish;
- chiqish axborotini istalgan kesimda moslashuvchan tarzda shakllantirish, bu foydalanuvchilarga nafaqat lokomotivlardan foydalanish bo‘yicha tasdiqlangan ko‘rinishdagi statistika hisobotini olish, balki ma’lumotlarni istalgan davr uchun yoyilgan statistika ko‘rinishida tahlil qilish imkonini ham beradi;
- mashinist marshruti bo‘yicha har bir hujjatga ishlov berish natijalarini saqlab qolgan holda ma’lumotlarning batafsil arxivini yuritish, bu har qanday manfaatdor mutaxassisga muayyan marshrut taksirovkasini tekshirish imkonini beradi;
- majmuani texnologik sozlash yo‘li bilan muayyan ish sharoitlariga moslashtirish;
- “RJD” OAJ BHMga MMAIIBT yagon kompleksi tarmoq majmuiga har sutka va har oyda yuqori darajadagi ishonchli axborotni etkazib turish.
YAngi MMAIIBT majmuini ishlab chiqishda quyidagilar eng muhim vazifalardan hisoblanadi: undan foydalanish xarajatlarini pasaytirishga erishish, mashinist marshruti hujjatlariga ishlov berish jarayonini avtomatlashtirish darajasini oshirish va majmuani muayyan buyurtmachi talablariga moslashtirish.
Majmua Windows platformasidagi serverlarda, shu bilan birga S/390 boshqaruvi ostidag meynfreymda, zamonaviy IBM DB2, IBM MQ Series, TCP/IP, HTTP ma’lumotlar uzatish protokollarida ekspluatatsiya qilinish imkoniyatini ta’minlaydi. Foydalanuvchilar kuzatuvi qiymatini kamaytirish maqsadida tizim ma’lumotlariga kirish (dostup) foydalanuvchilarni majburiy avtorlashuvi bilan web-interfeys orqali amalga oshirilgan.
Majmuaning o‘ta muhim bo‘g‘ini lokomotiv deposi tezkor-texnik hisobi markazining operatori AIJ bo‘lib, u mashinist marshruti hujjatlariga ishlov berish natijalarini tayyorlash, kiritish, aks ettirish va ulardan foydalanish uchun mo‘ljallangan. Temir yo‘llar AHM mutaxassislari tomonidan yaratilgan yangi lokomotiv deposi tezkor-texnik hisobi markazining operatori AIJning asosiy xususiyati uning MMAIIBT yo‘l majmui, shuningdek lokomotiv depolarining foydalanilayotgan avtomatlashtirish tizimlari hamda tashish jarayonini operativ boshqarish tizimlari bilan o‘zaro bog‘liq holda ishlashi bo‘lib hisoblanadi. Bu operativ tizim ma’lumotlari asosida mashinist marshruti hujjatlarini avtomatlashtirilgan holda shakllantirish jarayoniga o‘tishning va real vaqt rejimiga yaqinlashtirilgan hujjatlarga tezkor ishlov berishga, ya’ni mashinist haqiqiy elektron marshrutiga o‘tishning zarur sharti bo‘lib keladi. Lokomotiv deposi tezkor-texnik hisobi markazining operatori mashinist marshrutini varaqdan kiritmay, balki boshqa tizimlardan olingan ma’lumotlarni ko‘zdan kechirib nazorat qilib boradi va etishmayotgan ko‘rsatkichlarni qo‘shimcha tarzda kiritib turadi.
Yangi MMAIIBT yagona kompleksi loyihasini yaratish va ro‘yyobga chiqarishda “RJD” OAJ hisobga olish va statistika Departamenti mutaxassislari ko‘plab texnologik va metodologik masalalarni ishlab chiqish maqsadida temir yo‘llar va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlari imkoniyatlarini birlashtirilishini ta’minladilar; ular bu bilan tizimni taraqqiy ettirishning inqilobiy emas, balki evolyusion yo‘lini tanladilar.
Biroq hozirga kelib ba’zi muammolar, masalan lokomotivlar va lokomotiv brigadalarining qo‘shni temir yo‘llarga “kirib ketishi”ni hisobga olish hamon hal qilinmagan. Bugungi kunda yo‘llararo “kirib chiqish”lar bilan almashinish mexanizmlarining yo‘qligi lokomotivlar va brigadalardan foydalanishni tahlil qilishga oid operativ ma’lumotlar shakllantirilish sur’atlarini pasaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |