1.4. Tortuv resurslarini avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi
Tortuv resurslarini avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi (TRАBT) tortuv harakatlanuvchi tarkibi (THT) va lokomotiv brigadalarini (LB) tashkillashtirish va operativ boshqarishga qaratilgan, THTdan foydalanish va brigadalar ishini tashkillashtirilishini ta’minlaydigan ishchi-xodimlarzimmasidagi boshqarish funksiyalarini avtomatlashtirish uchun mo‘ljallanganaxborot texnologiyalari majmuidir.
TRABT va uning komponentlari quyidagi faoliyat turlarini avtomatlashtirishga qaratilgan:
- temir yo‘llar, mintaqa (ikki va undan ortiq temir yo‘l uchastkalari) va tarmoqlar darajasida THT va lokomotiv brigadalari ishini takomillashtirish, shu jumladan axborot bazasinim tayyorlash va boshlang‘ich parametrlarni optimallashtirishni ham;
- THT va lokomotiv brigadalarini joriy ekspluatatsiya ishi sharoitlarida operativ boshqarish;
- Lokomotivlar va lokomotiv brigadalarini operativ boshqarish bo‘yicha barcha vazifalar majmuining lokomotivlar va lokomotiv brigadalari bilan amalga oshiriladigan barcha operatsiyalar haqidagi sifatli va to‘liq axborot asosida hal etilishini ta’minlash;
- THT va lokomotiv brigadalari ishini takomillashtirish va rivojlantirish bo‘yicha echimlarni ishlab chiqish uchun ularni tashkillashtirish tizimining tavsiflari va o‘zaro bog‘liqliklarini tadqiq etish.
Birinchi bosqichda THT va lokomotiv brigadalari mavjudligi, holati va ular dislokatsiyasini nazorat qilish funksiyalari, keyinchalik THT larning temir yo‘l, tarmoq va mintaqaviy darajadagi ishini operativ boshqarish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish bilan avtomatlashtiriladi.
Tizim samaradorligi. Majmualarning 2001 yildan beri faoliyatini o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, lokomotivlardan foydalanish va lokomotiv brigadalari ish vaqtining muntazam o‘tkaziladigan tahlili lokomotivlar va lokomotiv brigadalari ish samaradorligini umuman 0,2-0,3% ga ko‘tarish imkoniyatini berar ekan. Bundan tashqari, rejadan tashqarish ta’mirlashlar soni kamayib (joriy ko‘rik TO-2 lar orasida ortiqcha masofa bosish hollari bartaraf etilishiga bog‘liq), bu ekspluatatsiya qilinayotgan lokomotivlar parkiga bo‘lgan ehtiyojni 0,01-0,02% ga kamaytirar ekan.
Lokomotivlarni foydali ishlatish vaqtini bir sutkada 18 s ga qadar oshirish tufayli ekspluatatsiya qilinayotgan lokomotivlar parkiga bo‘lgan ehtiyojning 0,01-0,02% qisqarishi kutilib, bunga quyidagilar hisobiga erishish mumkin:
- lokomotivlarning poezdlarga uzaytirilgan xizmat ko‘rsatish elkalaridan foydalanish (avvalgi 300-400 ga nisbatan 2500 km gacha);
- lokomotiv deposi, stansiyada, yoki unga yaqinlashib kelayotgan muayyan lokomotivlarni tirkash (qayta tirkash)ni rejalashtirish imkoniyati (shu jumladan uzaytirilgan elkalar bilan ishlaganda, TO-2, TO-3 dan keyingi bosib o‘tilgan masofa va ekipirovkalash resurslarini, uzoqdan kelishni, shuningdek lokomotivlarning aylanish uchastkalarida biriktirilishini hisobga olgan holda);
- Lokomotivlar va elektr harakat tarkiblarining (EHT) stansiyalarda raqamma-raqam mavjudligini, poezd ishidagi resurslarga hamda keyinchalik ehtimoliyishlatilish uchastkalari bo‘yicha taqsimlab bashoratlash (prognozlash) (soatli davrlar bo‘yicha 24 soatga qadar teranlik bilan).
Bundan tashqari, lokomotivlarning xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashda turib qolish vaqti qisqarib, lokomotiv deposi va lokomotivlarni ko‘rikdan o‘tkazish punktlari ish samaradorligi quyidagilar hisobiga oshadi:
- joriy ko’rik va joriy ta’mirni kutib turgan yoki bevosita shu jarayonlardagi lokomotivlarning mavjudligini operativ raqamma-raqam nazorat qilish;
- lokomotiv deposi va lokomotivlarni ko‘rikdan o‘tkazish punktlarining ular tomonidan lokomotivlar joriy ko’rik va joriy ta’mirni bajarilganlik ishini har sutkalik va statistika tahlili va lokomotivlarning xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashlardagi alohida hisobi yuritilishini.
Do'stlaringiz bilan baham: |