2.3. Muxandistlik grafikasi fanidan mashg`ulotlarni tashkil etish masalalari
O`zbekistonda iqtisodiy islohatlar jarayonlarining tezkor rivojlanish dinamikasi ta`lim tizimi oldiga ijodkorlik va tashabbuskorlik qobiliyatiga ega, mustaqil qaror qabul qila oladigan tva texnika texnologiyaga tez moslanishga layoqatli, malakali mutaxassislarni tayyorlash vazifasini qo`yadi.
Shuningdek, umumiy ta`lim tizimi oldida turgan dolzarb vazifalardan biri o`qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar yutuqlaridan keng foydalanish, ta`lim jarayonining shaxsga o`naltirilgan o`qitish texnologiyalari asosida tashkil etilishini ta`minlash hamda rivojlangan davlatlarning muxandistlik grafikasi fanini o`qitish tajribalarini mamlakatimiz ta`lim tizimiga tadbiq etish xisoblanadi.
Bugungi kunda o`qituvchi faqat bilim berish va amaliy ko`nikmani shakllantirish bilan chegaralanmasdan o`quvchilarni mustaqil bilim olish, izlanish va qarorlar qabul qilishga o`rgatishi kerak.
Oliy o`quv yurtlarida ta`lim olayotgan talabalar muxandistlik grafikasi fanidan dars berishni oldiga maqsad qilib qo`yishi vash u nuqtai nazaridan kelib chiqib, nafaqat Fan bo`yicha chuqur bilimga ega bo`lishi, balki dars berish metodikasini ham yaxshi bilishi kerak.
Shuning uchun muxandistlik grafikasi Fani o`qituvchisi turli zamonaviy o`qitish metodlaridan foydalanib, o`quvchilarning bilim olish jarayonini faollashtirishi juda muhimdir.
O`qitish metodini tanlashda quydagilar asos bo`ladi:
- dars mashg`ulotlarining didaktik maqsadlari va vazifalari;
- bayon etiladigan o`quv materialining tavsifi;
- talabalarning rivojlanganlik va bilim darajasi;
- o`quv jarayonining mazkur bosqichida o`rganilayotgan Fan metodlari;
- o`quv muassasasida o`qitish sharoitlari va moddiy-texnik
ta`minlanganligi;
- o`kituvchining pedagogik mahorati, uning darsga tayyorgorligi va o`quv jarayonini tashkil etish darajasi, dars berishning zamonaviy metod va texnologiyalarini bilishi.
Metod tanlash nafaqat o`quv maqsadidan, balki o`quv materialini mazmuniga va bu fanning murakkabligiga bog`liqdir. Bundan tashqari metodlarni tanlash o`quvchilarning soni, ularning o`quv imkoniyatlari, ta`limning davomiyligi, o`quv-moddiy sharoitlar va o`qituvchining mahoratiga bog`liq.
Ta`lim-tarbiya jarayonining sifati va samaradorligini oshirish ko`p jihatdan ta`lim vositalari (matnli, audio, yordamchi, modeli, real) Bilan qay darajada ta`minlanganligiga hәm bog`liq bo`ladi. Ushbu vositalardan foydalanishda ularni muayyan maqsad, mo`ljallangan guruh, maxsus sohә va metodlarga mos holda tanlash muhim o`rin tutadi. Bundan tashqari o`qituvchi o`quv va ko`rgazmali vositalarni ishlata olishi va ulardan maqsadga muvofiq va oqilana tarzda foydalanishni bilishi kerak. Texnik vositalardan foydalanayotganda yuzaga keladigan texnik muammolarni hal qila oladigan bo`lishi lozim. O`qituvchilar doska tasvirlari, flipchart tasvirlari va kodoskop, komp`yuter slaydlari kabi vizual vositalarni o`zlari ishlab chiqishlari talab etiladi.
Ta`lim jarayonida eng muhim vositalar yuqorida ta`rif berilgan predmetli vositalar hisoblanadi. Bu vositalar dars jarayonini ko`rgazmali qilishga, o`quv materialining o`zlashtirilishini engillashtirilishiga va o`quvchilarning mativatsiyasini oshirishga xizmat qiladi. «Yuz marta gapirgandan bir marta ko`rgan afzal», - degan xalq iborasi bunga yaqqol misol bo`ladi. Ko`rgazmalilik, tushunarlilik va misol uchun,namunalardan foydalanish kabi didaktik tamoyillar bu iboraga javob beradi. Chunki bu vositalardan foydalanishning mohiyati o`qituvchi o`quvchilarda bilimlarni ko`rgazmali va imkon qadar real hayotga yaqin holda shakllantirishidadir. Yuqorida sanab o`tilgan ta`lim vositalaridan samarali foydalanish uchun o`qituvchi qaysi vositani qachon qo`llanishini mashg`ulot maqsadi va mazmunidan kelib chiqqan holda belgilab olishi muhimdir.
Muxandislik grafikasi fanio`kituvchilari mashg`ulotlarni pedagogik texnologiya bo`yicha loyihalar ekanlar, ular quydagilarga amal qilishlari zarur:
- mashg`ulotning tashkiliy (boshlang`ich) qismida talabalarda Ushbu mavzuni o`rganishga ichki ehtiyoj (ishtiyoq)uyg`otish;
- har bir mashg`ulot o`quv maqsadlari (kutilayotgan natijalar) ni talabalarga e`lon qilish va zarur bo`lsa, ular ishtirokida muhokama qilib, o`zgartirishlar kiritish;
- mashg`ulotlarda axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish;
- ma`ruza mashg`ulotlarida 20-25 daqiqali mini ma`ruzalarni o`qish, ko`rgazmali qurollarni namoyish qilish, asosiy qoidalarni konspektlashtirishga vazifa berish, 5-10 daqiqali yozma va boshqa o`quv faoliyatini tashkil etish shakllari Bilan almashtirib turinsh;
- ma`ruza va Amaliy mashg`ulotlarda o`qish va yozish orqali tanqidiy fikrni rivodlantirish hamda «insert», «klasterli tahlil» kabi usullardan oqilona foydalanish;
- mashg`ulotlarda o`qitishning interaktiv uslublari, jumladan, mashg`ulotlarning bir qismini kichik guruhlarda o`tkazish va muhakoma qilish, «miya hujumi», « talabalar bir-birini o`rgatadilar» va talabalar bilish faoliyatini faollashtiruvchi boshqa uslublardan samarali foydalanish;
- o`quvchilar bilimini turli usullar qo`llab nazorat qilish va baholash.
Xulosa qilib shuni takidlash mumkinki, muxandistlik grafikasi fanidan mashg`ulotlar samaradorligini oshirish uchun o`quv jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan keng foydalanish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |