Bolg‘ali maydalash mashinalari
Bolg’ali maydalash mashinasining asosiy ishchi organi plastinkashaklidagi po’lat bolg’achalardan iborat bo’ladi. Bolg’achalar disklarga o’tkazilgan o’qlarga erkin holatda osiladi. Bunday mashinalarda materialga beriladigan oniy zarba markazdan qochma kuchlar ta’sirida amalga oshiriladi. Mashinaning ishchi organlari o’ta tez harakatlanishi (υ=30ч55 m/sek) sababli materialga bolg’achalar vositasida zarba berish vaqti o’ta qisqa bo’ladi. Mahsulotni maydalanish darajasi i=10…..15. Bolg’achalar zarbasi ostida material mashina korpusiga qoplangan zixrli plitaga urilib, elakka ishqalanishi tufayli maydalanadi. Turli diametrli elaklarni almashlab joylashtirish yo’li bilan mashinadan chiqayotgan mahsulot o’lchamlari (yoki i qiymati) tanlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |