9-rasm Radioteleskoplar
Osmon yoritqichlaridan kelayotgan radiosignallar, odatda, tutash spektr
singari uzluksiz chastotalar ketma-ketligidan iborat. Shuning uchun osmon
yoritqichlaridan uzluksiz radio chastotalar ketma-ketligida kelayotgan radio
signallar radionurlanish deb ataladi. Radionurlanish ham yuqorida ko’rilgan optik
nurlanish singari atom o’tishlar, zarralarni to’qnashishi hamda ularni elektr va
magnit maydonda tormozlanishi natijasida ajralib chiqadigan radio kvantlarning
uzluksiz ketma-ketligidan iborat. Radio kvantlar energiyasi juda kichik, bir mikro
eV dan birnecha miilli eV largacha yetadi. Bu radio kvantlarga uzunligi birnecha
mm dan birnecha o’n metrgacha radio to’lqinlar mos keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |