14-rasm. Geyger-Myuller sanoqchisi.
Fizik olimlar kosmik nurlarni tekshirish borasida pozitron, mezon va
giperonlarni kashf etdilar. Astrofizik olimlar uchun bu nurlarning manbaini topish
va tekshirish muhim masala hisoblanadi. Bu maqsadda birlamchi kosmik nurlarni
tashkil yetgan zarralarning kimyoviy tarkibi, tezligi,Yerga yaqin kelish yo’nalishi
o’rganildi. Kosmik nurlar barcha tomondan bir xil intensivlikda kelishi, ya’ni,
ularning osmon bo’ylab taqsimlanishi izotrop ekanligi, osmonda birorta ajratilgan
kosmik nur manba yo’qligi aniqlandi.
Kosmik nurlar Vilson kamerasi, Geyger-Myuller sonoqchisi, ssintillyatsion
va cherenkov sanoqchilari va yadro emulsiyasi surtilgan detektorlar yordamida
qayd qilinadi va o’rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |