To‘lqin uzatkich xossalari bilan bog‘liq dispersiya
To‘Iqin uzatish bilan bog'liq (tola) dispersiya — bu impulslarning tarqalish tezligini to‘lqin uzunligiga bog‘liqligidir. Dispersiyaning bu turi tolaning geometrik shakliga va sindirish ko‘rsatkichlari profiliga bog‘liq.
Har qanday real nurlanish manbalari ma’lum chastota polosasida to ‘lqin uzunliklarini nurlantiradi desak, turli to‘lqin uzunligiga ega yorug‘lik impulslari toladan turli vaqt bo‘yicha kechikib keladi. Natijada boshlang‘ich impulslar buziladi. Signaliarning turli to‘lqin uzunligida har xil tezliklarda uzatilishi yuqorida keltirilgan edi.
Shuningdek, yuqorida aytib o‘tilgandek, 1310 nm to‘lqin uzunligida dispersiya qiymati minimal bo‘lib, nolga teng, lekin so'nish qiymati katta bo‘ladi.
Shuning uchun ham dispersiya, ham so‘nish qiymatlarini kamaytirish maqsadida dispersiyaning nol qiymati so'nish qiymati kichik bo‘lgan 3-tiniqlik oynasiga surilgan. Bu kvars shishasini legirlash yordamida amalga oshiriladi. Bunday tolalar siljigan dispersiyali tolalar deyiladi. Bu tolalardan yuqori tezlikli tizimlarda, shunigdek, oraliq punktlar soni kam bo‘lgan signallarni uzoq masofalarga uzatishda qo‘llaniladi.
Dispersiya qiymatlari minimal boigan DSF, NZDSF tolalarini qoilash dispersiyani kamaytirish usullaridan biridir. O‘zbekiston Respublikasi tolali optik aloqa liniyalarida eng ko‘p yotqizilgan bu SF - standart tolali kabellardir. SF tolalarida yuqorida aytib o'tilgandek xromatik dispersiya qiymati katta. Standart tolali kabeUarni olib tashlab, o‘rniga dispersiya qiymati kichik bo‘lgan DSF, NZDSF tolali optik kabellami yotqizish iqtisodiy jihatdan qimmatga tushadi. Shuning uchun bu usuldan yangi qurilayotgan tolali optik aloqa liniyalarini tuzishda foydalangan ma’qul.
Eng ko‘p yotqizilgan standart tolali kabellar bo‘lgani uchun, bu tolalar qo‘llanilganda DSF tolalarida dispersiya qiymati manfiy katta qiymatlarga ega bo'ladi. Xromatik dispersiyasi musbat ishchi tolaga dispersiyasi manfiy DSF tolalarini ulash natijasida dispersiya nolga yaqinlashadi, ya’ni kompensatsiya qilinadi (8-rasm).
DSF tolalari «Corning», «Lucent Technologies», «Sumitomo Electric» kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilmoqda. Lekin DSF tolalarini qo'llash bir qancha muammolarni tug‘diradi:
— dispersiyasi musbat va manfiy turli tolalami ulash, montaj va ta'mirlashni murakkablashtiradi;
— DSF tolalari ishchi tolaga qaraganda katta yo‘qotishlarni yuzaga keltiradi, bu yo'qotishlar a = 0,4 — 1,0 dB/km boMib, uzatish liniyasining umumiy yo‘qotishlariga qo‘shiladi;
— 10 — 12 km ishchi tolaning dispersiya qiymatini kompensatsiyalash uchun 1 km atrofida DSF tolalari talab etiladi;
— nochiziqli effektlarning oshishiga olib keladi. Kompensatsiyalash samarali boMishi uchun ishchi tolaning umumiy dispersiya qiymati va DSF tolasining dispersiya parametrlarini o’lchash kerak.
Kamchiliklarni yo‘qotish maqsadida DSF tolalari maxsus modullarga joylashtirilib, ular uzatish tizimlarining ustunlariga yoki
8-rasm. DSF yordamida dispersiyani kompensatsiyalash
optik kuchaytirgichlarning 1 va 2 kaskadlari orasiga qo‘yiladi. Bu dispersiyani kompensatsiyalovchi modullar DCM (Dispersion Sompensating Module) deyiladi. Dispersiyani kompensatsiya qiluvchi modullarning DCM o ‘lchamlari har xil bo‘lishi mumkin. Masalan, «Corning» B turdagi m odullari 235x235x40 mm , D turdagi 267x267x40 m m , C turdagi 278x432x44mm, «Sumitomo» firmasining 228x202x41 mm
Lekin, DCM qo‘llanilganda ham kamchiliklar mavjud:
— qo‘shimcha yo‘qotishga olib keladi;
— qutblangan moda dispersiyasi QMD qiymati oshib ketadi. To‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirilgan tizimlarda va yuqori tezlikli tizimlarda QMD qutblangan moda dispersiyasi 0,1 — 0,2 ps/km — 1/2 dan oshmasligi kerak.
DCM modullari qoMlanganda yuqoridagi kamchiliklarni e’tiborga olish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |