Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim fakultеti 4 bosqich tt-12-18S guruh talabasining


Mavzu-5: Optik signalni uzatuvchi modul



Download 1 Mb.
bet7/7
Sana29.05.2022
Hajmi1 Mb.
#614729
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Optika MI 2.1 2.2-3-4-5

Mavzu-5:
Optik signalni uzatuvchi modul.
Reja:
1.Tolali optik aloqa tizimlarining optoelektron uzatuvchi moduli
2.Tolali optik aloqa tizimlarining va tarkibiy qurilmalarining tasnifi

OATning umumlashgan tuzilish sxemasi — optik nurlanish manbayi (ONM), u optik tashuvchiga ega bo‘lib, optik tashuvchining bir yoki bir necha parametrlari MvQ dan tushgan ko‘p kanalli elektr signali bilan modulyatsiyalanadi; — moslashtiruvchi qurilma (MQ), u optik nurlanishni optik uzatish muhitiga minimal mumkin bo‘lgan yo‘qotishlar bilan kiritish vazifasini bajaradi; — optik nurlanish manbayi va moslashtiruvchi qurilma uzatuvchi optik modul (UzOM) deb ataladigan bitta blokka kiradi; 4) optik uzatish muhiti (OUM ), optik nurlanishni uzatish vazifasini bajaradi; OOATda bu atmosfera, kosmik va suvosti aloqa muhitlari bo‘lishi mumkin, TOAT esa optik toladir; 5) optik retranslyator (OR), signalning optik uzatish muhiti bo‘ylab tarqalgandagi so‘nishini kompensatsiya qiladi va turli buzilishlarni korreksiyalaydi; optik retranslyatorlar xizmat ko‘rsatadigan va xizmat ko‘rsatmaydigan bo‘lishi mumkin, ular retranslyatsiya uchastkalari deb ataladigan ma’lum masofalar oralig‘ida o‘matiladi; optik retranslyatorlarda optik signalni elektr signalga aylantirish yo‘li bilan elektr signalni qayta ishlash (kuchaytirish, korreksiyalash, regeneratsiyalash va b.) amalga oshiriladi, so‘ng bu regeneratsiyalangan elektr signal qaytadan optik signalga o‘zgartiriladi; optik retranslyatorlarda, shuningdek, optik signallar ham qayta ishlanadi, ya’ni optik kvant kuchaytirgichlar yordamida kuchaytiriladi; 6) optik qabul qilgich (OQq), optik nurlanishni qabul qilish va elektr signalga aylantirishni ta ’minlaydi, optik qabul qilgich moslashtiruvchi qurilma (MQ) va optik nurlanish qabul qilgichi (ONQQ) dan iborat; moslashtiruvchi qurilma optik nurlanishni uzatuvchi muhitdan minimal yo'qotishlar bilan qabul qilish uchun kerak; moslashtiruvchi qurilma va optik nurlanish qabul qilgichi qabul qiluvchi optik modul (QqOM) ni tashkil etadi; 7) qabul qilish traktining muvofiqlashtiruvchi qurilmasi (MvQ), u QqOM chiqishidan berilayotgan signalni mos keluvchi KHQUning ko'pkanalli signalga o'zgartiradi; 8) qabul qilish traktining kanal hosil qiluvchi uskunasi (KHQU), uzatishga teskari jarayon, ko‘p kanalli signalni alohida tipli kanallar va traktlar signallariga ajratishni amalga oshiradi. OAT da optik tashuvchini ko‘p kanalli elektr signal bilan modulyatsiyalash uchun chastotali modulyatsiya (ChM ), fazali modulyatsiya (FM), amplitudali modulyatsiya (AM), qutblanishli modulyatsiya (QM ), intensivlik bo'yicha modulyatsiyalash va modulyatsiyaning boshqa turlarini qo'llash mumkin. Optik nurlanishning intensivlik bo'yicha m odulyatsiyalash turi ko'proq qo'llaniladi. Bunga sabab, m odulyatsiyaning bu turi keng chastota diapazonida oddiy texnik qurilmalar yarimo'tkazgich nurlanish manbalari (yorug'lik diodi, lazer diodlar) uchun bajariladi. Yarimo'tkazgich manbaning nurlanish intensivligini boshqarish uchun modulyatsiyalaydigan elektr signal bilan mos holda injeksiya tokini o'zgartirish yetarlidir. Bu tok kuchaytirgich ko‘rinishidagi elektron sxema yordamida oson amalga oshiriladi. Optik nurlanishning intensivlik bo'yicha modulyatsiyasi teskari jarayon optik signalni elektr signaliga o'zgartirish masalasini yengillashtiradi. Darhaqiqat, fotoqabul qilgich tarkibiga kiruvchi fotodetektor kvadratik asbob hisoblanib, uning chiqishidagi tok optik maydon amplitudasining kvadratiga proporsional. Intensivlik bo'yicha modulyatsiyalangan optik signalni bevosita fotodetektorga berib, osongina uni boshlang'ich signal ko'rinishini saqlagan elektr signaliga o'zgartirish mumkin. Optik signallarni qabul qilishning bu usuli bevosita fotodetektorlash usuli deyiladi. 1.5. Ochiq optik aloqa tizimining tuzilish prinsipi OOATning tuzilish sxemasi ko‘rsatilgan. OOATning tuzilish sxemasi tarkibiga quyidagi bloklar kiradi: KHQU - kanal hosil qiluvchi uskuna; MvQ — muvofiqlashtiruvchi qurilma; OUz — optik uzatkich; ONM — optik nurlanish manbayi; MQ - moslashtiruvchi qurilma; UzOM - uzatuvchi optik modul; OOATUM — ochiq optik aloqa tizimining uzatish muhiti; OR - optik retranslyator; OQq - optik qabul qilgich; QqOM — qabul qiluvchi optik modul; ONQq — optik nurlanish qabul qilgichi. Sxema OATlariga xos standart texnik qurilmalardan iborat. Tolali optik liniya traktiga OUz, OOATUM, OR, OQq kiradi. ko'rsatilganidek, uzatuvchi stansiyadan N kanalning birlamchi elektrik signallari KHQUga tushadi. KHQU chiqishidan ko‘p kanalli elektr signali muvofiqlashtiruvchi qurilmasiga beriladi. OUz 1— ~ 2— K H Q U ' N - M\C ONM MQ OOATUM OR OOATUMa) b) a - OOAT uzatish traktining tuziiish sxemasi OQq h - OOAT qabul qilish traktining tuziiish sxemasi . OOATning tuzilish sxemasi MvQ da bu signal optik uzatkich parametri bilan moslashtiriladi. OUz da elektr signali optik tashuvchini modulyatsiyalash yo‘li bilan optik signalga o‘zgaradi. So‘ng bu optik signal OOATUM bo‘ylab uzatiladi. Optik signal uzatish muhiti bo‘ylab tarqalganda so‘nadi va buziladi. Optik signallarni uzoq masofalarga uzatish maqsadida m a’lum oraliqlarda signallarning buzilish darajasiga qarab, retranslyatorlar: regenerator yoki kvant optik kuchaytirgichlari o‘rnatiladi. Regenerator kirishida optik signallar elektr signallariga, chiqishida esa elektr signallardan optik signallarga o‘zgartiriladi, ya’ni regeneratorlarda elektr signallar kuchaytiriladi, sozlanadi va boshlang‘ich shakli tikianadi. Kvant optik kuchaytirgichlari qo‘llanilganda esa so‘ngan optik signallar elektr signaliga o‘zgartirilmasdan optik signallar ko‘rinishida kuchaytiriladi. Qabul qilishda teskari jarayon amalga oshiriladi, ya’ni qabul qilingan optik signal ko‘pkanalli elektr signalga o‘zgartiriladi va KHQU chiqishida N kanal signallariga ajratiladi. OOAT uzatish muhiti atmosfera, kosmik va suvosti aloqa muhitlari bo‘lishi mumkin. Atmosferali OOATda to‘lqinlarning tarqalish xarakteristikasi yetarli darajada ob-havo sharoitlariga bog‘liq. Atmosfera va suvosti uzatish muhitlarining fizik nuqtayi nazaridan nobirjinshgi va ular tarkibidagi begona zarrachalarning uzatilayotgan nurlanish to‘lqini bilan o‘zaro ta'sirda bo‘lishidan elektromagnit to'lqinlar buziladi. Zarracha o‘lchamlarining to‘lqin uzunligi bilan taqqoslanadigan darajada yoki katta bo‘lishi buzilishlarni oshiradi. Shu sababli atmosfera buzilishlari optik diapazonda turli xarakterga ega. Shu tarzda uzatish m uhitlarini tahlil qilish, aloqa tizim larini loyihalashtirishda yuzaga keladigan eng muhim masala hisoblanadi. To‘lqinlarning tarqalish yo‘nalishiga tushib qoladigan zarrachalar, asosan, optik nurlanishni yutadi va sochadi. Bu omillarning ta’sir darajasi muhit turiga (suvosti, toza havo, turbulent atmosfera va boshqalar) bog‘liq. Bu tizimlarda buzilishlarni kamaytirish va talab etiladigan ishonchlilikni ta’minlash uchun retranslyatsiya uchastkasi uzunligini kamaytirish kerak bo'ladi. Kosmik OOATning uzatish muhiti bu atmosferadan holi bo‘lgan ochiq fazodir. Kosmik muhitda atmosfera muhitlariga xos bo‘lgan buzilishlar hosil bo‘lmaydi, ular barqaror bo‘lib, aloqaning yuqori ishonchliligini ta’minlaydi. Lekin nurlanishning tarqalish yo‘nalishi faqatgina antennaning yo‘nalish diagrammasi bilan aniqlanadi. Shuning uchun kosmik muhitlarda asosiy yo‘qotishlar bu tarqalishda hosil bo‘ladigan yo‘qotishlar hisoblanadi. OOATlarining uzatish va qabul qilish antennalarining aniq yo‘naltirilishiga qaratilgan yuqori talablar, optik nurlanish manbalarining foydali ish koeffitsiyentining kichikligi, qabul qilishda shovqin sathining yuqoriligi, atmosfera xarakteristikalarining aloqa sifatiga ta ’siri kabi bir qator muammo va kamchiliklari sababli OOAT telekommunikatsiya tarmoqlari va umumiy foydalanish tizimlarida keng qo‘llanish topmagan.
Optik signalni uzatishni tashkil etish uchun faqatgina nurlanish manbayining o‘zi yetarli emas. Shu sababdan optoelektron uzatuvchi modul quyidagi bir qator boshqa elementlar va qurilmalardan ham tarkib topadi
— elektr o'zgartirgichlar;
— nurlanish manbayi;
— nurlanish manbayini tok kuchi bilan ta’minlash zanjiri;
— nurlanish quwati monitoringini ta’minlovchi qurilma;
— harorat monitoringini bajaruvchi tizim;
— elektrik va optik interfeyslar shular jumlasidandir.

Tolali optik aloqa tizimining tuzilish prinsipi


TOATning tuzilish sxemasi (14-rasm) ham OATga xos standart qurilmalardan iborat. Faqatgina optik signallarning tarqalishini ta ’minlash uchun uzatish muhiti sifatida optik kabel tolasi ishlatiladi. TOATning tuzilish sxemasi tarkibiga quyidagilar kiradi KHQU — kanal hosil qiluvchi uskuna; MvQ — muvofiqlashtiruvchi qurilma; OUz — optik uzatkich; ONM — optik nurlanish manbayi; MQ — moslashtiruvchi qurilma; UzOM — uzatuvchi optik modul;

15-rasm. TOATning tuzilish sxemasi.
Xulosa:
Aloqada yorug’lik impulslarini uzatish jarayonida analog signalni uzatish dan uni qabul qilish jarayonida ikki qismdan iborad bir qismi optic uzatuvchi modul.Bu qismda signallarga bosqichma bosqich ishlov berilib optic muhidga moslashtirib uzatiladi.Men bu mavzuda uzatuvchi modul haqida malumotga ega bo’ldim.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Enternet sayti
www.ziyouz.com sayti.
www.ziyonet.uz
http://www.Atdt.tuit.uz/dl
1.OPTIK ALOQA ASOSLARI N. Yunusov, R. Isayev, G.X. Mirazimova Toshkent 2014
2. Landsberg G.S. Optika. –T.: «O’qituvchi» nashriyoti, 1981.
3. Raxmatullaеv. M. Umumiy fizika kursi. -T.: 1995.
Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish