Milliy telekommunikatsiya tarmoqlarining yanada rivojlanishiga yo‘naltirilgan «O‘zbektelekom» AK loyihalarini amalga oshirish haqida
25 Dеkabr 2015 yil
25-dekabr kuni «O‘zbektelekom» AK tomonidan matbuot-anjumani o‘tkazildi, unda zamonaviy AKT texnologiyalari bazasida milliy telekommunikatsiya tarmoqlarini yanada rivojlantirishga, milliy tarmoqlarining jahon telekommunikatsiya tizimlariga chuqur integratsiyasini ta’minlovchi va mamlakatimiz iqtisodiyoti hamda aholisining zamonaviy aloqa xizmatlariga bo‘lgan talablarini har tomonlama qoniqtirishga yo‘naltirilgan bir qator strategik loyihalar haqida so‘z bordi.
Internet tarmog‘iga keng polasali ulanish – (yuqori tezlikdagi) KPU va mavjud tarmoqlarni zahiralash maqsadida respublika bo‘yicha kanal hosil qiluvchi uskunalarni o‘rnatish orqali 1800 km.dan ortiq OTAL, jumladan, FTTB texnologiyasi bo‘yicha tarmoqlarni rivojlantirish 4 000dan ortiq ma’muriy va turar-joy obyektlariga 105 116 portlar qurilishi amalga oshirildi.
Jahon standartlari va bozor talablariga asosan yagona muvofiqlashtirilgan vaqt tizimini joriy etish yo‘li bilan taktli tarmoq sinxronizatsiyasi tarmoqlarini modernizatsiya qilish loyihasi amalga oshirilmoqda, bu Kompaniyaning barcha raqamli telekommunikatsiya tarmoqlari ishining sinxronlashuvini ta’minlashga, shuningdek, tarmoqlarni birlashtirish, tamoq ishidagi uzilishlar va xatoliklarning kamayishiga imkon beradi.
Yangi avlod (NGN) texnologiyasi bo‘yicha xalqaro kommutatsiya markazlarini modernizatsiya qilish va kengaytirish ishlari - IMS/NGN bazasida tayanch tarmoq qurilishi, abonentlarga sifatli servis taqdim etish maqsadida, multimedia trafiklarini zamonaviy darajada marshrutizatsiyasi va kommutatsiyasini amalga oshirish, tarmoqqa tashqi tashkilotlar (operatorlar) ulanishi imkoniyatiga ega bo‘lish va ularga servis xizmatlarining keng turlarini taqdim etish, yangi texnologiyalardan foydalanish evaziga abonentlik bazasini kengaytirish ishlari amalga oshirilmoqda.
«O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi «TShTT» filiali tarmoqlari IP/MPLS uskunalarining modernizatsiyasi bo‘yicha, yangi DWDM transport tarmog‘i bazasida tezlikning magistral darajasini 100 Gbit/s.gacha ko‘tarib, ishlar olib bordi. Yangi tarmoq Toshkent shahridagi barcha tumanlarni yuqori tezlikdagi optik kanallar bo‘yicha birlashtirdi. Mazkur loyiha ma’lumotlar uzatish magistral tarmog‘ini o‘n martalab kengaytirdi va Toshkent shahridagi turli xizmat foydalanuvchilarining ishonchli va yuqori tezlikda ulanishlarini ta’minladi. Bu konvergent, jumladan, yuqori tezlikdagi Internet, video-telefoniya, IP-TV, Telecom TV, HDTV-kanallarni tomosha qilish va boshqa xizmatlarni taqdim etishning rivojlanishiga yordam beradi.
Toshkent-Buxoro uchastkasida 100 Gbit/s. tezlikdagi DWDM yangi liniyasi foydalanishga topshirildi. Shuni ta’kidlash zarurki, 100Gbit/s.da ishlaydigan dastlabki tizim Markaziy Osiyo mamlakatlarida amal qilmoqda. Mazkur tizimda kogerent qabul qilish va korreksiyalashning eng yetakchi texnologiyalari qo‘llanilgan bo‘lib, 10 Gbit/s.tezlikda ishlaydigan an’anaviy DWDM-tizimlaridan ancha farq qiladi. Mazkur loyiha ma’lumotlar uzatish magistral tarmoqlarini o‘tkazish qobiliyatini bir necha bor kengaytirishga mo‘ljallangan bo‘lib, mamlakatimiz internet-xizmatlari foydalanuvchilarini ishonchli hamda yuqori tezlikda ulanishlarini ta’minlaydi.
«O‘zbektelekom» AK tomonidan O‘zbekiston Respublikasi tarixiy va madaniy meros obyektlari hududida, jumladan, sayyohlar ko‘p bo‘ladigan (turistlar ko‘p tashrif buyradigan: aeroport, vokzal, yirik savdo markazlari, bozorlar, avtostansiyalar va boshqalarda) Wi-Fi tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Bugungi kunda, «O‘zbektelekom» AK dan Wi-Fi tarmog‘i zonasi – Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarining 441,8 ming m2 dan ortiq 25ta Wi-Fi zonasi obyektini o‘z ichiga qoplab olmoqda. Bundan tashqari, 2ta obyektda rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. Xizmatga ulanish va Internet kartalari sotuvi «O‘zbektelekom» AK sotuvlar ofislari, mehmonxona, turistik obyektlar ma’muriyatlari, shuningdek, «Matbuot tarqatuvchi» AK kioskalarida amalga oshirilmoqda. Mazkur loyiha doirasida «O‘zbektelekom» AK tomonidan «O‘zbekturizm» milliy kompaniyasi bilan hamkorlikda 2016-yilda Wi-Fi tarmoqlarini Samarqand, Buxoro va Toshkent shaharlarida operativ kengaytirish uchun 40ta obyekt belgilangan.
Buning qulaylik jihati shundaki, Wi-Fi tarmog‘i foydlanuvchilari bir karta yordamida «O‘zbektelekom» AKdan Wi-Fi tarmog‘i mavjud bo‘lgan Internet xizmatlaridan barcha obyektlarda foydalana olishlari mumkin. Agar abonent kartani Xivada sotib olgan bo‘lsa, undan Termizda ham, Qarshida ham va Shahrisabzda ham, shuningdek, «O‘zbektelekom» AKdan Wi-Fi tarmog‘i mavjud bo‘lgan barcha boshqa joylarda foydalanishi mumkin.
Aksiyadorlik kompaniyasi umumiy davlat ahamiyatiga molik va ijtimoiy yo‘naltirilgan loyihalarni amalga oshirishga, «Elektron hukumat» tizimini joriy etishga alohida e’tibor qaratmoqda. Masalan, telekommunikatsiya infrastrukturalarini rivojlantirish bo‘yicha quyidagi asosiy yo‘nalishlarda ishlar olib borilmoqda:
«Elektron hukumat» tizimi doirasida Respublikamiz viloyat, shahar va tuman Hokimiyatlariga davlat xizmatlarining samaradorligini oshirish uchun «O‘zbektelekom» AK 198ta aloqa bog‘lamalariga optik aloqa kanallarini tashkil etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Jami 90 km.ga yaqin optik-tolali aloqa liniyalari tashkil etilishi zarur.
«Elektron hukumat» tizimini joriy etish bo‘yicha ishlar olib borildi, shu munosabat bilan «O‘zbektelekom» AK tomonidan texnik topshiriqlarga muvofiq ishlar olib borildi, optik-tolali aloqa liniyalari bo‘yicha 1 Gbit/s.gacha tezlikda ma’lumotlar uzatish imkoniyati bilan idoralararo VPN kanali yaratish ishlari olib borildi.
Jumladan, vazirlik va idoralarning 632ta obyektlari tizimga ulanishi bo‘yicha ishlar olib borildi.
Ichki ishlar vazirligi ning 210ta obyektiga 236,4 optik-tolali aloqa liniyalarini yotqizish yo‘li bilan IIV ichki idoraviy tarmog‘ini tashkil etish. Mazkur loyihani amalga oshirish doirasida 236 km.dan ortiq IIV obyektlarigacha ma’lumotlar uzatish optik-tolali aloqa liniyalari kanallarini tashkil etildi.
«Umummilliy ta’limiy elektron kutubxonalar» resurslariga ulash maqsadida OTAL yotqizish va faol uskunalarni o‘rnatish yo‘li bilan 702ta ta’lim maktablarigacha aloqa liniyalari kanallarini tashkil etish loyihasi. Ta’lim obyektlariga jami 585dan ortiq optik-tolali aloqa liniyalari yotqizildi. Mazkur loyiha ta’limga AKTni faol joriy etishga imkon beradi.
«Elektron ta’lim» milliy tarmog‘iga ulanish maqsadida OTALni yotqizish va faol uskunalarni o‘rnatish yo‘li bilan 200ta kasb-hunar kollejigacha aloqa kanallarini tashkil etish loyihasi. Jami 200ta kasb-hunar kollejigacha 796 km.dan ortiq optik-tolali aloqa liniyalari yotqizildi. Mazkur loyiha AKTni ta’lim tizimiga faol joriy etish imkonini beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1989, PQ-2313, PQ-2126 va 2014-yil 2-dekabrdagi PQ-2267 sonli «O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarini Xitoy Davlat taraqqiyot banki ishtirokida rivojlantirish va modernizatsiya qilish investitsiya loyihalarini amalga oshirish choralari to‘g‘risida»gi Qarorlarining bajarilishi maqsadida quyidagi loyihalar amalga oshirildi:
«O‘zbekiston Respublikasi tuman markazlarigacha «O‘zbektelekom» AK magistral tarmoqlarini kengaytirish va ishonchliligini oshirish» loyihasida ko‘zda tutilgan qo‘shimcha 503 komplekt uskunalar 9ta respublika, 72ta mintaqaviy va 422ta mahalliy ma’lumotlaar uzatish bog‘lamalariga o‘rnatildi. Aloqa kanallarining ma’lumotlar uzatish tezligi imkoniyatini Xalqaro darajada 100Gbit/s., shahrlararo darajada 40Gbit/s.gacha va 1 Gbit/s.gacha bog‘lamalarda ulanish tashkil etish loyihasi. Mazkur loyiha magistral aloqa liniyalarini va ma’lumotlar uzatish tarmog‘ining o‘tkazish qobiliyatini bir necha bor kengaytirishga mo‘ljallangan bo‘lib, mamlakatimiz Internet-xizmatlari foydalanuvchilarini ishonchli va yuqori tezlikdagi ulanish sharoitlarini yaratishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |