Telekommunikatsiya tarmoqlarining holati va rivojlanish istiqbollari
Telekommunikatsiya tarmoqlarining tadrijiy rivojlanishini mamlakatimizda aloqa tarmoqlarini raqamlashgan tizimga o‘tkazish bo‘yicha bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli loyihalar bilan chambarchas bog‘lash mumkin.
Mamlakatda ma’lumotlar olish va tarqatishning raqamli bazasi asosiga telekommunikatsiya tizimini yaratish va takomillashtirish, telekommunikatsiyalar va ma’lumot uzatish milliy tarmog‘ini rivojlantirish, davlat boshqaruvida elektron texnologiyalarni joriy etish, 2010 yilgacha bo‘lgan davrda elektron tijoratni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish, raqamli kommutatsiya texnologiyalarini, yagona ilmiy-texnikaviy va investitsiya siyosatini yurgizish, barqaror va samarali telekommunikatsiya sektorini yaratish, iqtisodiyotning barcha jabhalariga telekommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida strategik ustuvorliklarni amalga oshirishga doir amaliy chora-tadbirlarni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2002 yilning 6 iyunida qabul qilingan “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №200 – sonli qarori qabul qilingan.
O‘tgan o‘n yildan ziyod vaqt ichida telekommunikatsiya sohasiga doir 2,5 mlrd. AQSh dollari qiymatiga teng bo‘lgan 40 ortiq loyihalar amalga oshirilishi, pirovard natijada mamlakatdagi barcha shaharlararo va xalqaro telefon aloqa stansiyalarini raqamlashtirishga erishildi va ular zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish imkoniga ega bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha markaziy shaharlardagi shaharlararo avtomatlashtirilgan analogli telefon stansiyalari raqamli formatga o‘tkazildi.
O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmog‘i to‘g‘ridan-to‘g‘ri 28 yo‘nalishdagi xalqaro kanallar orqali dunyoning 180 mamlakatiga chiqish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Magistral, zonaichi va mahalliy tarmoqlarni zaxiralash va kengaytirish, shuningdek abonent tarmoqlarini FTTx arxitekturasi asosida modernizatsiya qilish maqsadida optik aloqa liniyalari qurildi. Keng polosali ma’lumotlar uzatish tarmog‘ini kengaytirish maqsadida, bir vaqtning o‘zida keng polosali ulanishlarni amalga oshirish imkoniga ega qurilma o‘rnatildi.
Ko‘p foydalaniladigan ma’lumotlarni saqlash maqsadida 2013 yilda quvvati 4 Gbit/s ma’lumotni saqlash va qayta ishlash imkoniga ega Keshlash markazi o‘rnatildi va ishga tushirildi. Keshlash samaradorligi 35% - 42% tashkil etadi va hozirgi kunda umumiy internet kanalni 500 Mbit/s gacha tejash imkonini bermoqda.
Mamlakatda 2004 yildan boshlab xDSL texnologiyasi, 2009 yildan boshlab FTTx texnologiyasi asosida keng polosali internet xizmatlarini joriy qilish boshlangan.
Texnologik rivojlanish
Telekommunikatsiya taraqqiyoti sohaga oid xalqaro ilg‘or texnologiyalarni to‘g‘ri tanlash va ularni rivojlantirish bilan chambarchas bog‘liq. Telekommunikatsiya tarmog‘ining barcha segmentlarini IP platformaga bosqichma-bosqich o‘tkazish orqali sohada samaradorlik va barqarorlikka erishish ko‘zda tutilgan.
Texnologik strategiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- Xalqaro, zona ichi, shaharlararo tarmoqlar uchun zarur samardorlik va tamroqlarni kengaytirish(keng miqyosda hajm, portlar, o‘tkazish imkoniyatlarni kengytirish)ga erishish;
- Tarmoqlar bilan ishlashda xalqaro talablarga mos yuqori darajali sifatga erishish;
- Yuqori darajadagi axborot xavfsizligini ta’minlash.
Aloqa xizmatlari
Zona ichi, shaharlararo va xalqaro aloqa xizmatlari
Hududlar miqyosida telefon aloqasi xizmatlari
Telefon aloqasi kodlari: O‘zbekiston, Xalqaro, mobil aloqa
Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi “Yagona oyna” markazlari manzillari
Mamlakatimizda telekommunikatsiya tarmoqlarini yanada yuksaltirish va modernizatsiya qilish borasida qator istiqbolli loyihalar amaliyotga tatbiq etilmoqda. Natijada aloqa infratuzilmasi jadal suratlarda taraqqiy topmoqda. Respublikaning tuman markazlari darajasigacha analog rusumdagi ma’nan eskirgan telefon stansiyalari zamonaviy, raqamli telefon stansiyalariga almashtirildi. Optik tolali aloqa liniyalari asosida yuqori tezlikdagi raqamli kanallar tashkil etilgan bo‘lib, tarmoqni kengaytirish va ishonchliligini yanada oshirish bo‘yicha ishlar olib borilapti. Yaratilgan infratuzilma simsiz texnologiyalar, jumladan, mobil aloqaning keskin rivojlanishiga asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Bugungi kunda mahalliy telekommunikatsiya tarmog‘i 2,0 mln. dan ortiq raqamlar sig‘imi bilan 2 mingdan ortiq ATSga ega, ularning 93,9 foizi raqamlashtirilgan.
Mahalliy telekommunikatsiya tarmog‘ini raqamlashtirish elektraloqa tarmoqlari faoliyati sifatini oshirib, tarmoq abonentlariga yangi xizmat turlarini taqdim etishni ta’minladi hamda keng foydalanuvchilar doirasiga internet tarmog‘iga yuqori tezlikda kommutatsiyali ulanishni tashkil etishga imkon berdi.
Joriy yilning 2 iyulidan provayderlar uchun internet-xizmatlari tariflari 1 Mbit/s. uchun 688 AQSh dollarigacha pasaytirildi va kelgusida yana pasaytirib borilishi belgilangan.
Xalqaro internet tarmoqlariga chiqish tezligini 4 barobarga, ya’ni 10 Gbit/s. gacha oshirish imkoniyati yaratildi. Bugungi kunda internet kanallarining umumiy sig‘imi 12,3 foizga, qo‘shimcha 465 Mbit/s.ga oshirilib, 2 975 Mbit/s.ni tashkil etmoqda. Rejaga muvofiq, avgust oyida tezlik 3750 Mbit/c.ga yetkaziladi.
Bugungi kunga kelib mamlakatimizda internetdan foydalanuvchilar soni 7,7 mln.ga yetdi. Shu jumladan, mobil aloqa operatorlari orqali internet xizmatlaridan 4,27 mln. nafar abonent foydalanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yilda mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yakunlariga va 2011 yilga mo‘ljallangan eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan majlisida Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan zamonaviy keng formatli va optik texnologiyalarni tatbiq etish asosida telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish va modernizatsiyalash yuzasidan qo‘yilgan vazifalarni bajarish doirasida 2011 yilda qurilishi belgilangan 950 km uzunlikdagi optik aloqa liniyalaridan shu kunga qadar 432,45 kilometri qurib bitkazildi.
2011 yili «Elektron ta’lim» milliy tarmog‘ini qurishning birinchi bosqichini tugallash va respublikaning 79ta oliy ta’lim muassasasini va keyinchalik barcha oliy ta’lim muassasalari hamda akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarini yagona komputer axborot tarmog‘iga ulashni ta’minlash rejalashtirilgan. Brifing ishtirokchilarining ta’kidlashlaricha, ushbu loyihaning birinchi bosqichi yangi o‘quv yili boshlanishi bilan ishga tushiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma yilligi munosabati bilan «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi 2011 yilning oxirigacha butun mamlakat bo‘ylab «yagona oyna» tamoyili bo‘yicha 50ta brendlashtirilgan abonent punktlarini jihozlashni amalga oshiradi. Ushbu punktlarda kompaniya abonentlari telefon aloqasi, internet-xizmatlaridan tortib, to CDMA-450 standartida mobil aloqa xizmatlarigacha butun xizmatlar to‘plamini olishlari mumkin bo‘ladi. 1 sentabrga qadar Toshkent shahri va viloyatlar markazlarida «yagona oyna» tamoyili bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi 26ta abonent punktlari ochiladi.
Yaqin vaqtda «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasining UZONLINE loyihasi asosida mijozlar va kichik biznes subyektlariga internet tarmog‘iga keng formatli ulanish bo‘yicha yanada arzon tariflar taklif etilishi ko‘zda tutilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |