Телекоммуникацияда бошқарув тизимларининг аппарат ва дастурий таъминоти” кафедраси


-Ma’ruza: Internet boshqaruvining pog’onali arxitekturasi. IEEE LAN/MAN standartlari arxitekturasi ta’rifi



Download 6,73 Mb.
bet22/82
Sana05.04.2023
Hajmi6,73 Mb.
#925010
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   82
Bog'liq
ТТБА маъруза

7-Ma’ruza: Internet boshqaruvining pog’onali arxitekturasi. IEEE LAN/MAN standartlari arxitekturasi ta’rifi.
Reja:
1. Internet tarmoq boshqaruvining bosqichli arxitekturasi.
2. IEEE LAN/MAN standartlar arxitekturasi. TMN modeli.

Internet tarmoq boshqaruvining bosqich arxitekturasi.
Boshqaruv tizimlarida funksiyalar na’munaviy guruhini ajratish, bu funksiyalarni bosqichlarga bo’lish, (tipovoy) boshqaruv tizimlari qanday holda qurilgan, qanday elementlardan tashkil topgan va bu elementlar aloqa arxitekturasidan amaliyotda qanday foydalaniladi degan savollarga javob berolmaydi.
Menedjer-agent sxemasi.
Har bir tarmoqlar boshqaruv tizimi asosida menedjerni agent bilan hamkor ishlash elementar sxemasi yotadi. Bu sxemaasosida turli murakkablikdagi ko’p sonli agentlar va turli tipdagi menedjerlar tizimini qurish mumkin. Menedjer-agent sxemasi 1-rasmda ko’rsatilgan.





1-rasm. Menejer, vakil va boshqariluvchi resursning o’zaro aloqasi
Agent boshqariluvchi resurs va asosiy boshqaruvchi dastur–menedjer orasidagi vositachidir. Bir menedjer turli real resurslarni boshqara olishi uchun, boshqariluvchi resursning nazorat va boshqaruvi uchun kerak bo’ladigan, faqat shu resurs xarakteristikalarini aks ettiradigan ayrim modeli yaratiladi. Masalan: marshrutizator modeli portlar soni, ularning turi, marshrutizatsiya jadvali, kadrlar vashu portlardan o’tgan kanal, tarmoq va transport bosqichlari kabi xarakteristikalarni o’z ichiga oladi.
Menedjer agentdan faqat resurs modelini ta’riflovchi ma’lumotlarni oladi. Agent esa menedjerni resursni amalga oshirishda detallar to’g’risidagi keraksiz axborotlardan ozod qiluvchi ekran hisoblanadi. Agent menedjerga ishlab chiqilgan va normallashtirilgan holda tasdiqlangan axborotni yetkazib beradi. Bu axborot asosida menedjer boshqaruv yuzasidan qaror qabul qiladi, hamda boshqariluvchi resurs holati to’g’risida ma’lumotlarni umumiylashtiradi. Masalan: port yuklamalarining vaqtga nisbatini-bog’liqligini tuzadi.
Obyektdan talab qilinayotgan ma’lumotlarni olish, ularga boshqariluvchi ta’sir berish uchun, agent real resurs bilan ba’zi nostandart usulda birga ishlaydi. Qachonki, agentlar kommunikatsion uskunalar ichiga o’rnatilganida, uskuna ishlab chiquvchisi, uskuna ichki uzellarini agent bilan birga ishlash nuqta va usullarini ko’zda tutadi. Operatsion tizim (OT) uchun agentni ishlab chiqishda, agent ishlab chiquvchi shu OT bor interfeyslardan foydalanadi. Masalan: yadro drayver va ilova interfeyslaridan. Agent axborot olish uchun maxsus datchiklar bilan ta’minlanishi mumkin, masalan, rele kontaktlari datchiklari yoki harorat datchiklari.
Menedjer va agent ixtiyoridagi boshqariluvchi bir xil modeli bo’lishi kerak, aks holda ular bir birlarini tushunmaydilar. Holbuki, bu modeldan menedjer va agent foydalanganda jiddiy tafovutlar mavjud. Agent boshqariluvchi resurs modelini ushbu resurs xarakteristikasining joriy raqamlari bilan to’ldiradi va shu hisobdan agent modelini boshqaruvchi axborot ma’lumotlar bazasi (management information Base MIB) deb ataladi.
Menedjer resurs nimalar bilan harakatlanadi, agentdan qanday xarakteristikalarni so’rashi va qaysi parametrlarni boshqarishni bilishi uchun modeldan foydalanadi.
Menedjer agentlar bilan standart protokollar bo’yicha birga ishlaydi. Bu protokol MIB bazasida saqlanuvchi mohiyat ko’rsatkichini menedjer chaqirishi (so’rashi) uchun imkon berishi kerak, hamda agentga boshqaruvchi axborot uzatadi u esa buni asosida qurilmalarni boshqarishi kerak. Boshqaruv inbard-ya’ni foydalanuvchi ma’lumotlari uzatilayotgan kanal bo’yicha va out-of-bard-ya’ni foydalanuvchi ma’lumotlari uzatilayotgan kanaldan tashqariga ajratiladi. Masalan: Menedjer agent bilan marshrutizatorga o’rnatilgan, SNMP protokoli bo’yicha foydalanuvchi ma’lumotlari uzatilayotgan o’sha lokal tarmoqlari orqali hamkorlikda ishlasa, bu inbard boshqaruv bo’ladi. Agarda FDM chastotali zichlash texnologiyasida alohida tarmoq yordamida menedjer birlamchi ishlovchi agent ulangan X25 nazorat qilsa, bu out-of-bard boshqaruv bo’ladi. Tarmoq ishlayotgan kanalda boshqaruv tejamli, chunki boshqaruvchi ma’lumotlarni uzatish uchun bo’lak infrastuktura yaratilishini talab qilmaydi. Lekin, out-of-bard usuli ishonchliroq, chunki qandaydir tarmoq elementlari ishdan chiqqan va asosiy kanalarda qurilmaga yo’l yo’qligida tarmoq qurilmalarini boshqaruviga imkon beradi. TMN boshqaruv tizimi ko’p bosqichli standarti o’z nomida “Network” so’zi out-of-bard rejimini ta’minlovchi telekommunikatsion tarmoqni boshqaruvi uchun alohida boshqaruvchi tarmoq borligini ta’kidlaydi.
Odatda menedjer bir nechta agentlar bilan ishlaydi ulardan olinayotgan ma’lumotlarga ishlov beradi va ularga boshqaruvchi ta’sir beradi. Agentlar boshqariluvchi qurilmalarga qo’shilishi mumkin, qaysidir interfeys bo’yicha boshqariluvchi qurilma bilan bog’langan alohida kompyuterda ham ishlashi mumkin. Menedjer odatda tizim operatori yoki adminstratori uchun boshqaruv konsoli rolini bajaruvchi alohida kompyuterda ishlaydi. Menedjer–agent modeli SNMP protokoli asosida ISO/OSI boshqaruv standartlari ommaviy boshqaruv standartlari asosida yotadi.
Agentlar har xil intellekt (idrok) darajasi bilan ajratilishi mumkin-ular qurilma orqali o’tadigan kadr va paketlarni hisoblash uchun zarur minimal intellektga avariyaviy holatlarda boshqaruvchi harakatlar bajarilishini ketma-ketligi, avariyaviy axborotlar filtratsiyasi, vaqtdan bog’lilikni tuzish va h.k. harakatlarni bajarish uchun yetarli intellektga ega bo’lishlari mumkin.
Boshqaruv taqsimlash tarkibi (strukturasi).
Yirik korporativ tarmoq yakka menedjer bazasida qurilgan bo’ladi, to’liq markazlashgan boshqaruv tizimi bir necha sababga ko’ra yaxshi ishlamasligi mumkin.Birinchidan bunday variant samaradorlik bo’yicha zarur masshtablashtirishni ta’minlay olmaydi, chunki yakka menedjer hamma agentlardan kelayotgan axborot oqimlariga ishlov berishga majbur, bu esa bir necha ming boshqariluvchi obyektlarda menedjer ishlashi uchun juda yuqori samaradorlik platformasini talab qiladi va menedjer joylashgan tarmoqqa ma’lumot uzatish kanallarini xizmatkor boshqaruvchi axborotlar bilan ortiqcha yuklashga olib keladi. Ikkinchidan bu yechim zarur ishlovlik darajasini ta’minlamaydi, ya’ni yakka menedjer ishdan chiqqanda tarmoqning boshqaruvi yo’qoladi. Uchinchidan, katta taqsimlovchi tarmoqqa har bir geografik punktda tarmoq o’zi boshqaruvchi qismiga ega alohida operator yoki adminstratorni joylashtirish maqsadga muvofiq, bu esa har bir operator uchun alohida menedjer yordamida amalga oshirishga qulayroq.
Menedjer - agent sxemasi taqsimlovchi boshqaruv tizimlarini tarkibiy jihatdan murakkablarini tuzishga imkon yaratadi.
Odatda taqsimlangan boshqaruv tizimi mendjerga ruxsat beruvchi tarmoq operatori ishchi stansiyalari bilan to’ldirilgan ko’p sonli menedjer - agent bog’lamini o’z ichiga oladi.(2-rasm).
Har bir agent ma’lumotlar yig’adi va tarmoqning ma’lum elementini boshqaradi. Menedjerlar ba’zida boshqaruv tizimi serverlari deb ataluvchilar, o’z agentlaridan ma’lumotlar yig’adilar, ularni umumiylashtiradilar va ma’lumotlar bazasida saqlaydilar. Ishchi stansiyalarda ishlayotgan operatorlar har bir menedjer bilan ulanishlari mumkin va grafik interfeys yordamida boshqariluvchi yoki uning elementlarini boshqarish yuzasidan ba’zi ko’rsatmalarni berishi mumkin.

2- rasm. Bir necha menedjer va ishchi stansiyalar asosida taqsimlangan boshqaruv tizimi.


Bir necha menedjerlarning mavjudligi ular orasida tizim masshtablanishini ta’minlab, boshqaruv ma’lumotlariga ishlov berish yuklamasini taqsimlashga imkon beradi.
Odatda, agentlar va menedjerlar orasidagi aloqa 2-rasmda ko’rsatilgandan tartibliroq xarakterga ega. Ko’pincha ular ulanishiga ikki yo’ldan foydalaniladi-bir darajali (bir rangli) (3-rasm) va ierarxiyali ( bosqichma-bosqichli) (4-rasm).



3- rasm. Bir rangli menedjerlar ulanish sxema (MB-ma’lumotlar bazasi, TE-tarmoq elementi)


Tarmoqni boshqarish tizimi


4 - rasm. Menedjerlar orasidagi bosqichma-bosqichli aloqa.


Bir rangli aloqalar holatida har bir menedjer quyi agentlardan oladigan ma’lumotlar asosida tarmoqdagi o’z qismini (bo’lagini) boshqaradi. Markaziy menedjer mavjud emas. Menedjerlar ishini muvofiqlashtirish (koordinatsiya) har bir menedjerning ma’lumotlar bazalari orasidagi ma’lumotlar almashish hisobiga yetishiladi.


Bir rangli boshqaruv tizimlari tuzilishi bugun unumsiz va eskirgan hisoblanadi. Odatda, bu birlamchi modulli tizimlarga mo’ljallanmagan, boshqaruv elementar tizimlari monolit tizim sifatida qurilganligi jihatidan kelib chiqqan (masalan, uskunalarni ishlab chiqaruvchilar tomonidan tayyorlangan ko’p boshqaruv tizimlari boshqa boshqaruv tizimlari bilan hamkorlikda ishlashi uchun standart interfeyslari qo’llanilmagan. Keyinchalik bu pastki bosqich menedjeri tarmoq boshqaruv tizimini integrallashni yaratish uchun birlasha boshlaydilar. Faqat bular orasidagi aloqalarni faqat ma’lumotlar bazalararo almashish bosqichida yaratishga imkon beradigan bo’ldi, bu esa juda sekin. Bundan tashqari bunday menedjerlar ma’lumot bazalarida tarmoqdagi boshqariluvchi elementlar to’g’risida ko’p tavsilotlar yig’ilib qoladi (chunki birlamchi bu menedjerlar quyi (pastki) daraja (bosqich) deb ishlab chiqilgan), oqibatda ishini muvofiqlashtirish axborot (informatsiya) barcha tarmoqli ishini muvofiqlashtirish uchun yaramaydi. Boshqaruv tizimining bu yo’li “Quyidan-yuqoriga” yo’li deb ataladi. Menedjerlar orasidagi aloqaning ierarx (bosqichma-bosqich) tuzilishi ancha egiluvchan hisoblanadi. Har bir quyi bosqich menedjeri yuqori bosqich menedjeri uchun agent funksiyasini ham bajaradi. Bunday agent tarmoqni o’z qismida yuqori bosqich menedjeriga tarmoq boshqaruvi uchun zarur bo’lgan (MIB)ni yiriklashtirilgan modelida yig’iladigan xuddi shu axborot bilan ishlaydi. Odatda har xil bosqichdagi tarmoq modelini ishlab chiqish uchun quyi bosqich menedjer-agentlardan talab qilinadigan axborotlar tarkibi asosida loyihalash yuqori bosqichdan boshlanadi, shuning uchun bu yondashish “yuqoridan-quyiga” yo’l deb ataladi.
Bu boshqaruv tizimi bosqichlari orasidagi aylanadigan axborotlar hajmini qisqartiradi va boshqaruv tizimini yanada unumdorligiga olib keladi.
TMN modeli ko’proq darajada menedjerlar orasidagi aloqaning ierarx (bosqichma-bosqich) arxitekturasiga mos keladi, holbuki, TMN prinsiplarini birrangli arxitekturada ham amalga oshirilganligi ma’lumdir.
Platformaga oid yondashish.
Yirik lokal va korporativ tarmoqlarni boshqaruv tizimi tuzilishida odatda, boshqaruv individual dasturlari “noldan” boshlanmagan, aksincha bu maqsadlar uchun maxsus ishlab chiqilgan dasturiy mahsul platforma taqdim etgan xizmat va primitivdan foydalaniladi (sodda). Boshqaruv tizimi uchun quyidagi platforma mahsullaridan foydalaniladi: HP Open View, Sun Net Manager va Sun Soltice, Cabletron Spectrum, IMB/Tivoli TMN10 kabi. Bu platformalar xuddi Unix yoki WindovsNT kabi universal operatsion tizimlar singari boshqaruv tizimi ilovalariga umumiy operatsion muhitni yaratadi. MS Word, Oracle va boshqalar kabi ilovalar turli tipiga operatsion muhitni yaratadi. Platforma odatda SNMP va kamroq CMIP menedjer bilan agentni hamkorlikda ishlash protokollarini, menedjer va agentlarni tuzilishi uchun bazaviy vositalar to’plamini hamda boshqaruv konsolini yaratish uchun grafik interfeys vositalarini qo’llab quvvatlaydi. Bazaviy vositalar to’plamiga odatda tarmoq kartasini tuzish uchun zarur funksiyalar, agentlardan keladigan axborotlarni filtrlash vositalari, ma’lumot bazalarini yuritish vositalari kiradi. Platformaning interfeys funksiyalar to’plami boshqaruv tizimini amaliy dasturlashini (API) tashkil qiladi. Bu APIdan foydalanib, uchlamchi firma ishlab chiqaruvchilari funksiyaning beshta asosiy guruhlariga moslikda o’ziga xos uskunalarni boshqarish mumkin bo’lgan tugallangan boshqaruv tizimlarini yaratadilar. Odatda boshqaruv platformasi ba’zi boshqaruv bazaviy funksiyalarni dasturlashsiz bajarishi mumkin bo’lgan qaysidir universal menedjerlar bilan yetkazib beriladi. Ko’pincha bu funksiyalarga (Configuration Management) tarmoq kartasini tuzish funksiyasi hamda boshqariluvchi uskunalar holatini aks ettiruvchi funksiyalar va xatolar to’g’risidagi axborotlarni filtrlash funksiyalariga taalluqli (Failt Management) guruhi kiradi. Masalan; eng ommabop platformalardan biri HP Open View yuqorida aytilgan funksiyalarni bajaruvchi Network Node Manager mendjeri bilan yetkazib beriladi. Platforma qancha ko’p funksiyalarni bajarsa, shuncha yaxshi. Shu qatorda boshqaruv spetsifikasi bilan to’g’ri bog’lanmagan ilovalar chiqishga zarurligi, o’xshaganlarni oxir oqibatda boshqaruv tizimi ilovasi bu avvalo ilova, undan keyin boshqaruv tizimi ilovasidir. Shuning uchun ilovalar taqsimotini tezlashtiruvchi platforma taqdim etgan har qanday vositalar foydalidir.
Kommunikatsion uskunalarni ishlab chiqaradigan kompaniyalar ushbu ishlab chiqaruvchi uskunalarni boshqaruvini to’laroq bajaruvchi ommabop platformalar uchun qo’shimcha menedjerlarni ishlab chiqadi. Misol; qilib bunday menedjerlarga HP Open View va SunNet Manager platformalari davrasida ishlashi mumkin bo’lgan Bay Network kompaniyasi 3Com tizim menedjerlarini ko’rsatish mumkin.
Xulosa: har xil turdagi obyektlarni boshqaruv tizimlari uchun ISO/ITU-T standartlari bilan aniqlangan funksiyaning barcha besh guruhi bajarishi maqsadga muvofiqdir.
Katta tarmoqni boshqaruv tizimi tarqoq holdagi tarmoq elementlari boshqaruv tizimini bir integrallashgan tizimga birlashtirishga imkon beruvchi Telecommunication Management Network (TMN) standartlariga mos ko’p bosqichli ierarx tarkibga ega bo’lishi kerak. Barcha tarmoqlarda boshqaruv tizimlari asosida “agent-menedjer” sxemasi yotadi. Bu sxema boshqaruvchi axborot bazasi deb ataluvchi boshqariluvchi resursning abstract modelini ishlatadi - Management Information Base, MIB. Boshqariluvchi resurs bilan agent nostandart interfeysi bo’yicha, menedjer bilan esa tarmoq orqali standart protokol bo’yicha hamkorlikda ishlaydi. Katta boshqaruv tizimlarida ierarx va bir rangli ikki sxemaning biri bo’yicha bir-biri bilan hamkorlikda ishlaydigan bir necha menedjerlardan foydalaniladi. Menedjerlar hamkorligining ierarx sxemasi TMN standartlariga mos keladi va istiqbolli (perspektiv) hisoblanadi. Boshqaruv tizimlari qurilishida platformali yondashishdan faol foydalaniladi. Boshqaruv tizimi platformasi menedjerlarga oddiy ilovalar uchun operatsion tizimlar rolini bajaradi, chunki menedjer ishlab chiqaruvchilarni belgilangan turli boshqaruv tizimi uchun umumiy foydali chaqiruvlar to’plami bilan ta’minlaydi.

Download 6,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish