Boshqaruv tizimida axborot almashish prinsiplari. Umumiy holda telekommunikatsiyalar boshqaruvini rejalashtirish, tashkil etish, monitoring, xizmatlar uchun hisob-kitob va tarmoq resurslari va ishlarini boshqarishni o’z ichiga oladi. OSI va internet boshqaruv arxitekturasi oxirgi uch vazifani bajaradi, ya’ni tarmoqni rejalashtirish va tashkil etish ularning sxemasiga kiritilmagan. Ilgari har bir tarmoq uskunalari bilan ta’minlovchilar ma’muriy tarmoq boshqaruvi bo’yicha o’z ixtiyoridagi paketlarni rivojlantirgan va sotganlar. Ba’zi bir hollardan mustasno “firma mahsulotlari” o’ziga xos apparatli va dasturiy ta’minotni o’zaro birga ishlashi uchun tarmoq uskuna maxsulotlarni o’zga ta’minot usknalari bilan ishlashi qiyinroq yoki mumkin emas bo’lgan. Ushbu holat ma’lum darajada hozirgi paytgacha saqlanmoqda.
Boshqaruvning standart arxitekturalarining asosiy vazifasi:
Turli ta’minotchilar tarmoq uskunalari uchun yagona tarmoq boshqaruvi paketini yaratish, OSI arxitekturasida bosh soha va har bir sohada beshta boshqaruv bosqichi ajratishgan. Boshqaruv sohalari- quyidagicha (ISO 7498-4, X.700);
Nosozliklar (Fault);
Shakl (Configuration);
Hisob-kitoblar (Accounting);
Ishchi xarakteristikalar (samaradorlik) (Performance);
Axborot xavfsizligi (Security);
Boshqaruv bosqichi quyidagicha (TMN-model ITU, ETSI);
Tarmoq elementlari;
Tarmoq elementlarini boshqarish;
Tarmoqni boshqarish;
Xizmatlarni boshqarish;
Biznesni boshqarish. Har soha va bosqich, masalalar yig’imi va boshqaruv ta’sir doirasini o’z ichiga oladi, ya’ni boshqaruv bo’yicha 25 muayyan sohalarda masalalar paydo bo’ladi. Internetda bosqichli tasavvur qo’llanilmaydi.
Tarmoq boshqaruvining informatsion arxitekturasi quyidagi tushunchalarga asoslanadi:
Agent (Agent process)-boshqaruvchi obyektdagi dastur ta’minoti bo’lagi bo’lib, boshqaruvchi tizimga boshqaruvchi obyektning hisobotlarining jo’natilishiga javob beradi va obyektda bajariladigan harakatlarga taalluqli ko’rsatmalar oladi.
Menedjer (administrator) (Managing process) – agentga bevosita ta’sir etuvchi amaliy jarayon;
Boshqaruv axboroti bazasi (managing information base, MIB) yoki obyekt kutubxonasi (Object library) – aniq tarkib va mazmun boshqaruv axboroti. Agent va boshqaruvchi (ma’mur) tomonidan foydalaniladi. Bu konseptual modeli axborot saqlashni jismoniy va logik usullar bilan aloqasi yo’q, MIBda saqlanayotgan axborot sintaksisini va axborot almashish ma’nosini belgilaydi.
MT sifatida apparat ta’minot (kommutatorlar, ishchi stansiyalar, port platalari, va boshqalar) chiqishi mumkin. DT(yo’nalish algoritmlari, buferlarni navbatma navbat boshqarish va boshqalar) hamda tarmoqning boshqa resurslari.
OSIda N-bosqichli tushunchasi kiritilgan. Agar MT individual bosqichda tavsiflangan bo’lsa, Unda u MTning N-bosqichi deb ataladi. Agarda u birdan ortiq bosqichga ega bo’lsa, u tizimli(sistemali) bosqich deyiladi.
MTning boshqa e’tiborli tomonlariga quyidagilar kiradi:
MTda ishlatilishi mumkin bo’lgan boshqaruv operatsiyalari uning belgilaridan bir qismi bo’lishi kerak;
- MT ta’rifi MTda boshqaruv operatsiyasining ta’sirida tarmoqda kuzatilishi mumkin bo’lgan effektni o’z ichiga oladi;
- MTning holati yoki xususiyati MTda ko’rilgan operatsiyalar turi bilan aniqlanishimumkin.
OSIda aniqlanadigan MTquyidagi xarakteristikalarga ega:
Interfeysida ma’lum bo’lgan atributlar (Attributes), ular MTning joriy holat va ishlash sharoitlari (shartlar) xarateristikasida foydalaniladi. Har bir atributga alohida tur va bir yoki ko’proq ma’nolar mos keladi (3.4-rasm). Atribut turidan indentifikator (tenglashtiruvchi) sifatida foydalanish mumkin.(Attribute id).Masalan integral turni tarmoq resursi “ishchi holati” deb atash mumkin.Bu tur ma’nolari “to’silgan”, “to’siq olib tashlangan”, “faol-joriy”, “band” va boshqalar.
MTda ishlanadigan operatsiyalar. OSI boshqaruvida sakkiz operatsiya aniqlangan:
Greate (yaratish): yangi MT yaratish;
Delete (chiqarib tashlash) MTni yo’qotish;
Action(ta’sir qilish) MTga ta’sir qilish operatsiyasi;
GET Value (ma’nosini o’qish) MT ma’lum ma’nosini olish;
Add Value (ma’nosini oshirish) MT ma’lum ma’nosini oshirish;
Remove Value (ma’nosini o’chirish) MT atributlarida ko’p sonli ma’nolaridan birini o’chirish;
Replace Value (ma’nosini o’zgartirish) MT atributlarida bir yoki ko’p ma’nolarni almashtirish;
Set Value (ko’p ma’no) MT atributlari uchun ko’p ma’nolar sukuti;
MT ishlatishga ruxsat etilgan xabarnoma, hisobot (Reports);
Muomala MT unga ta’sir qilinganiga javob;
OSI kabi internet. Faqat unda “obyektlar turlar” va o’zgaruvchan” terminlari ishlatiladi. Masalan: obyekt turi xuddi interfeys jadvali, jadvalda obyektlar turi esa o’zgaruvchan bo’ladi;
MT internet quyidagi xarakteristikalarga ega:
Suntax (tur) obyekt modeli tasavvur shakli;
Access (ijozat) – obyekt ruxsat etilgan darajasi;
Status(status)- obyektni amalga oshirish shartlari (talablar)
Name (nomi)- obyektning yagona nomi. Internetda sintaksis modeli ma’lumotlar turini belgilaydi. OSIdan o’zgacha internetda model turi to’liq chegaralangan. Ular Abstact Syntax Notation 1(ASN.1) INTEGER, OCTET CTRING va boshqa turlari bilan aniqlanadi. MTdan yuqoriroq darajadagi ruxsat etilgan va ta’minlovchi axborot ruxsatini belgilaydi.
MT internetda quyidagilarga ruxsat etilgan:
Read only- (faqat o’qish uchun) obyekt bosqichi o’qilishi mumkin, lekin barpo qilish mumkin emas.
Read write (o’qish-yozish) MT bosqichi o’qilishi va barpo qilinishi mumkin.
Write only(faqat yozish)MT bosqichi ko’rsatmaga ega bo’lishi mumkin lekin o’qilmaydi;
Not accessible(ruxsat yo’q) MT bosqichi o’qilmaydi, ko’rsatma ham yo’q.
Obyekt holati vaqt oralig’ida xuddi “majburiy” (mandatory) aniqlanadi-MTda har “bir boshqaruvchi resursni “nomajburiy” (optional) omalga oshirish kerak” MTda ixtiyoriy resurslar amalga oshiriladi, “eskirgan” (obsolete)MTda resurs amalga oshirilishini talab qilmaydi.
Nomini aniqlash obyekt identifikatoriga ASN.I (ASN.I object identifier) muvofiq bajarladi.
Internet modeli atribut va obyektlarni ajratmaydi. Demak, boshqa MTlarda atributlarni qayta ishlatishga ruxsat etilmaydi. Masalan: OSI modelidagi “tizimni yopish” “masalani yakunlash”, harakatdagi va boshqalar kabi umumiy atributlar har qanday MTga qo’llash mumkin bo’ladi. Internet modelda bu mavjud emas.