Kommutatsiya paketlari tarmoqlarida resurslarining dinamik boshqaruvi.
Ma’lumot jo’natish prinsipiga binoan, abonent-manbaadan abonent-adresatga PK jo’natishning bir nechta usullari mavjud bo’lib, bulardan asosiylari virtual ulanishlar tartibi (PK-V) va datagram tartib (PK-D).virtual ulanishlar tartibida abonent-manbaa, abonent-adresatga ma’lumotlar jo’natishdan avval, butun ma’lumotlar paketini qabul qilish uchun, abonent-adresat resurslarini (xotira) zaxiralash maqsadida, abonent-adresatga jo’natilayotgan ma’lumotlar kattaligi haqida axborotga ega bo’lgan maxsus virtual paket jo’natadi. Virtual chaqiruv paketi bir vaqtning o’zida bitta ma’lumotning jo’natish paketi marshrutini aniqlayda va KB resurslarini shu ma’lumotning keyingi paketlari ketma-ket qabul qilinishi uchun zaxiralaydi. Aloqa seansi tugashida, virtual ulanish buziladi.Shuni aytish mumkinki, PK virtual ulanish tartibida, aloqani tashkil qilishda KK usuliga juda yaqin.
Paket jo’natishning datagram usulida, abonent-manbaa abonent-adresatga ma’lumotlarni birlamchi ogohlantirishsiz jo’natadi; bunda bir xil ma’lumot paketlari turli xil marshrutlarda jo’natilishi mumkin.
Tarmoq arxitekturasiga muvofiq, marshrutizatsiya uchinchi (tarmoqli) darajada amalga oshiriladi. Bunda o’z navbatida, marshrutizatsiya jarayonlarini uch bosqichda ko’rsatish mumkin:paketlarni tanlangan marshrut (yo’l) bo’yicha jo’natish; jo’natish yo’llarini marshrut jadvallari bo’yicha tanlash; marshrutlar matritsasini to’g’rilash (коррекция). Adaptiv marshrutizatsiya uchinchi bosqich jarayoni bilan tavsiflanadi.
Birinchi va ikkinchi bosqish jarayonlari PK tarmoqlarida belgilangan marshrutizatsiya uchun taaluqli. PK tarmoqlaridagi ma’lum ishlarda marshrutizatsiya optimizatsiyasining asosiy kriteriysi bo’lib, tarmoqda paketning o’rtacha kechiktirilish vaqti hisoblanadi, shuning uchun adaptive marshrutizatsiyadagi asosiy muammo, bu turli marshrutlar bo’yicha paketlarni jo’natishdagi kechiktirish vaqtini baholash hisoblanadi.
PK tarmoqlarida virtual ulanishlar tartibida, har bir KBda paketlar marshrutizatsiyasi, virtual kanallar yo’l raqamlari jadvali yordamida amalga oshiriladi.Ko’rsatilgan jadval, berilgan KB bilan bog’liq liniya raqamlari bilan virtual kanal raqamlarini ushbu liniyalar yordamida logik kanallari raqami bilan qiyoslaydi.Ushbu jadval yordamida KBga paketlarni jo’natish yo’llari tanlanadi.
O’rnatilayotga virtual kanal marshruti, markazlashgan holda yoki taqsimlangan holda tanlanishi mumkin. Markazlashgan usulda, tarmoq holati haqidagi axborot TBMga yoki maxsus marshrutizatsiya markaziga kelib tushadi (yuklanish haqidagi ma’lumot, aloqa liniyalaridagi bo’sh logik kanallar mavjudligi, KBdagi navbatning uzunligi va b. haqidagi ma’lumotlar).TBMning ushbu ma’lumoti asosida tarmoqda tanlangan kriteriy bo’yicha eng qisqa yo’l tanlash algoritmlaridan foydalangan holda, abonent-manbaadan kelib tushgan so’rovga muvofiq, virtual kanal o’tish marshrutini belgilaydi. Marshrut haqidagi boshqaruv axboroti ko’rinishidagi ma’lumotlar, tashkil qilingan virtual kanaldan o’tadigan KBga jo’natiladi.Mana shu axborotlar asosida, KBda ko’rsatilgan yo’l raqamlari jadvallari to’ldiriladi.
Virtual kanalni o’rnatish imkoni bo’lmasa, TBM abonent-manbaaga kanalni o’rnatish bo’yicha e’tiroz bildiradi yoki uning so’rovini kutish navbatiga qo’yadi.Seans tugallangandan so’ng, TBM virtual kanalni o’chiradi. Shu bilan, virtual ulanishlar tartibi PK tarmoqlarida markazlashgan boshqaruv vaqtida optimal marshrut tanlovi, TBMda eng qisqa yo’l topish usuli asosida, qisman matritsa usullarida amalga oshiriladi. Har bir liniyaga liniya qiymati, uzunligi, signal jo’natish vaqtidagi kechiktirish, liniyadagi bandlik, xatolar soni va boshqa bog’liq bo’lgan ma’lum yuklama belgilanadi.
Virtual kanallarga marshrutlar tanlashning taqsimlangan usulida, har bir KBda aloqa uchun chiqish liniyalarini tanlash tartibini belgilovchi, abonent-adresat ulangan, yuqorida ko’rsatilgan turning marshrutlar matritsasi mavjud.
Sarlavhasida KB-adresat ko’rsatilgan biror KBga chaqiruv paketi kelib tushganda, marshrutlar matritsasida chiqish liniyalarida bo’sh logik kanallar izlanadi, bunda liniya raqami va logik kanal raqami yo’l raqamlari jadvaliga kiritiladi. Shu yo’l bilan, KB yo’l raqamlari jadvali, har bir virtual kanal o’rnatish so’rovida, liniyalardagi ma’lum logik kanallar bandligini hisobga olgan holda va marshrutlar matritsasiga muvofiq to’ldiriladi.
Datagram tartibda PK tarmoqlarida birlamchi virtual kanallar o’rnatish talab etilmaydi, shuning uchun KBda yo’l raqamlari jadvali mavjud emas.KBga keladigan ma’lumotlar paketlari, bevosita, paket sarlavhasida ko’rsatilgan borish uzeli manziliga muvofiq, marshrutlar matritsasi bo’yicha jo’natiladi.
PK tarmoqlarida bundan tashqari, marshrutizatsiyaning aralash usuli mavjud, bu usulda marshrutizatsiyaning taqsimlangan va markazlashganusullari elementlari jamlangan.
Shuni aytish joizki, ulanishni o’rnatishda, virtual kanal o’tkazish mumkinligini tekshirish maqsadida, aloqa yo’nalishini o’zgartirish yoki o’rnatish fazasida harakatlar yig’indisi tushuniluvchi boshqaruv amalga oshiriladi. Boshqaruv natijasi, ulanish o’rnatilishi yoki xizmat ko’rsatishni rad etish arizasi hisoblanadi. Ariza xizmat ko’rsatishning talab etiladigan sifati sinfi va manbaa trafigi ko’rsatkichlarini o’z ichiga olish kerak, mavjud bo’lgan va qabul qilinadigan ulanishlarga xizmat ko’rsatishning zaruriy sifati ta’minlanganidagina qabul qilinishi mumkin. Ruxsat boshqaruvi bog’lamalar asosida yoki markazlashgan usulda bajarilishi mumkin. Qabul qilingan arizalar uchun ulanish marshruti, tarmoq vafoydalanuvchi ko’rsatkichlarini nazorat qilish shartlari belgilanishi kerak va resurslar taqsimlanishi zarur.
Resurslarni taqsimlash, kommutatorning ichki resurslari va buffer qurilamlari hajmini, o’tkazish polosasini ajratishni o’z ichiga oladi. Tarmoqqa ruxsat boshqaruvi, kommutatsiyaning yuqori tezligini hisobga olgan holda, tez va oddiy bo’lishi kerak. Ruxsat boshqaruvi murakkabligi, ko’pincha trafik ko’rsatkichlarining qabul qilingan ko’rinishi bilan belgilanadi.Yuqori tezlik bo’yicha taqsimlashda tarmoqqa ruxsat boshqaruvi algoritmi osonroq hisoblanadi. Arizaning yuqori tezligi va o’rnatilgan ulanishlar miqdori, raqamli trakt o’tkazish chizig’idan yuqori bo’lsa, ulanish uchun berilgan ariza rad etiladi. Manbaalarning paketlanishi hisobidan raqamli traktlarning o’tkazuvchanligi yanada samaraliroq ishlatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |