14.2OSI da ishlatiladigan protokollar turlari va tavsifi. 1980-yillar
boshida Xalqaro standartlashtirish tashkilotlari - ISO, ITU-T tomonidan
tarmoq rivojlanishida muhim o‘rin tutgan model ishlab chiqdilar. Ushbu
model ochiq tizimlarning o‘zaro ishlashi modeli (Open System
Interconnection, OSI) yoki OSI deb ataldi.
OSI modeli tizimlarning turli sathlarda o‘zaro ishlashini, ularga standart
nom berish va qaysi sath qanday vazifalarni bajarishini aniqlaydi. Har bir
sath tarmoq qurilmalari o‘zaro ishlashining malum bir jihati bilan bog‘liq
bo‘ladi
OSI - Open System Interconnection
“Ochiq tizimlar o‘zaro bog‘lanishi” atamasi tizimlar orasidagi ma’lumot
uzatish jarayonlariga tegishlidir, ya’ni hamkorlikda foydalaniladigan
standartlarni ishlatishlari tufayli bir – birlari uchun tizimlar ochiqdir.
Bir qator funksiyalarni bajarib, u yoki bu pog‘ona tarkibiga kiruvchi ochiq
tizimning bir qismi ob’ekt deb ataladi.
Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) jahonning ko‘p
mamlakatlarida axborot tarmog‘i va kompyuter tizimlarini
tashkil qilish tajribasini taщlil qilib, hisoblash tarmoqlarini tashkil qilish
konsepsiyasini ishlab chiqdi va uni ochiq tizimlar arxitekturasi deb nomladi.
Bu konsepsiyaga muvofiq ochiq tizimlar o‘zaro bog‘lanish etalon modeli
(Open System Interconnection basic reference model,OSI RM) ishlab
chiqildi va 1983 yilda tasdiqlandi.
Mazkur model bunday tizim va tarmoqlarni ishlab chiqishni aniqlovchi
va tartibga soluvchi halqaro standartlarni kiritishga imkoniyat beradi.
Model xalqaro standartlar tashkiloti (ISO-International Standard
Organization) tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, butun dunyoda axborot
tarmoqlari konsepsiyasining va ular turlarining asosi sifatida foydalaniladi.
OSI modelida o‘zaro bog‘lanish vositalari 7 ta:
Qo‘llanish
Taqdim etish
Seans
Transport
Tarmoq,
Kanal
Fizikaviy
pog‘onalarga bo‘linadi.
Har bir pog‘ona tarmoq qurilmalari o‘zaro bog‘lanishining ma’lum bir
aspekti bilan ish olib boradi.
Ochiq tizimlarning tavsiflari va vositalarini aniqlaydigan
konseptual asosi sifatida OSI (Open System Interconnection) etalon modeli
ishlatiladi. U ochiq tizimlarning turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan
tavsiya etilgan tizimlarning bir tarmoqda ishlashini ta’minlovchi o‘zaro
bog‘lanishini aniqlaydi va quyidagilarni muvofiqlashtiradi:
qo‘llanish jarayonlarning o‘zaro bog‘lanishini;
ma’lumotlarni taqdim etish shakllarini;
ma’lumotlar saqlanishi bir xilligini;
tarmoq resurslarini boshqarishni;
ma’lumotlar xavfsizligi va axborot himoyasini
dasturlar va texnik vositalarning diagnostikasini.
Ochiq tizimlarning standart holatdagi o‘zaro bog‘lanishi
quyidagicha:
1.
O‘zaro ochiq tizimning etalon modeli;
2.
Etalon modelini qanoatlantiradigan xizmatlarning aniq
to‘plami;
3.
Xizmatlar bajarilishini ta’minlovchi va ularni amalga
oshirish uchun ishlab chiqilgan protokollar to‘plami.
Xizmat - yuqori daraja komponentlari ixtiyoriga beriladigan
joriy darajaga tegishli funksional imkoniyatlar to‘plamidir.
Protokol - har-xil texnik qurilmalarda ishlatiladigan, bir xil
jarayonlar orasidagi mantiqiy va protsedurali bog‘lanishni
ta’minlovchi qoidalar to‘plami
— Interfeys - ikkita qurilma yoki tizimlar chegarasida
ularning to‘liq birga ishlashini ta’minlovchi qurilmalar va
protseduralar to‘plami.