Telegram kanalida bepul tarqatdi



Download 1,87 Mb.
bet15/73
Sana09.04.2022
Hajmi1,87 Mb.
#539981
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   73
Bog'liq
5-adabiyot 1500 test GOLDEN BOOKS

9-§. JONATAN SVIFT


«GULLIVERNING SAYOHATLARI»
(Darslikda 94–112 betlar)

1. J. Sviftning «Gulliverning sayohatlari» romanida Gulliver kimning qiziga uylanadi va qancha sep oladi?


A) Jems Betsning qiziga, 400 funt
B) Edmund Bertonning qiziga, 300 funt
C) Jems Betsning qiziga, 300 funt
D) Edmund Bertonning qiziga, 400 funt#

2. «Gulliverning sayohatlari» asarida Gulliver qaysi mamlakatda Buyuk akademiya bilan tanishadi?


A) Liliputiyada B) Blefuskuda
C) Brobdingnegda # D) Laputada

3. Jonatan Svift dunyoqarashining kengayishida muhim omil bo‘lib xizmat qilgan narsa nima?


A) tabiatan tirishqoq, ilmga tashna Jonatanning o‘n to‘rt yoshida maktabni bitirishi
B) qirollikning sobiq ministri Vilyam Templning boy kutubxona-sidan foydalanishi#
C) Dublin universitetining diniy bilimlar fakultetiga o‘qishga kirishi
D) dissertatsiya yoqlab, magistrlik unvonini qo‘lga kiritishi

4. J. Sviftning «Gulliverning sayohatlari» romanida Gulliver kema halokatidan so‘ng qaysi mamlakat qirg‘oqlariga borib qoladi?


A) Laputaga B) Brobdingnegga
C) Liliputiyaga # D) Guigngnmlar mamlakatiga

5. «Gulliverning sayohatlari» romanida Gulliver baland va past poshnalilar deb ataluvchi partiyalarni qayerda uchratadi?


A) Brobdingnegda B) Laputada
C) Liliputiyada # D) Nottingempshirda

6. Jonatan Svift «Gulliverning sayohatlari» asari orqali qaysi davlatning tartib-qoidalari, urf-odatlari ustidan kuladi?


A) Fransiya B) Angliya#
C) Ispaniya D) Yaponiya
7. J. Sviftning «Gulliverning sayohatlari» romanida «Ohu» kemasi nima sababdan halokatga uchraydi?
A) qor yog‘ishi tufayli B) kuchli yomg‘ir va qor tufayli
C) kuchli yomg‘ir sabab D) dovul sabab#

8. Jonatan Sviftning hajviy kitoblarini toping


1) «Kitoblar jangi»; 2) «Bochka cho‘pchagi»;
3) «Movutfurush xatlari»; 4) «Suv parisi»;
5) «Kumush tangacha»; 6) «Gulliverning sayohatlari».
A) 1, 2, 3 # B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 2, 3, 6 D) 3, 4, 5, 6

9. «Gulliverning sayohatlari» asarining ikkinchi qismi nima haqida?


A) olimlar mamlakati haqida
B) ulkan odamlar yurti haqida#
C) mitti odamlar mamlakati haqida
D) inson qiyofasidagi ikki oyoqli maxluqlar mamlakati haqida

10. «Gulliverning sayohatlari» asarining birinchi qismi nima haqida?


A) olimlar mamlakati haqida
B) ulkan odamlar yurti haqida
C) mitti odamlar mamlakati haqida#
D) inson qiyofasidagi ikki oyoqli maxluqlar mamlakati haqida

11. «Gulliverning sayohatlari» asarining uchinchi qismi nima haqida?


A) olimlar mamlakati haqida #
B) ulkan odamlar yurti haqida
C) mitti odamlar mamlakati haqida
D) inson qiyofasidagi ikki oyoqli maxluqlar mamlakati haqida

12. «Gulliverning sayohatlari» asarining to‘rtinchi qismi nima haqida?


A) olimlar mamlakati haqida
B) ulkan odamlar yurti haqida
C) mitti odamlar mamlakati haqida
D) inson qiyofasidagi ikki oyoqli maxluqlar mamlakati haqida#

13. «Gulliverning sayohatlari» asaridagi Gulliver sayohat qilgan mamlakatlarni ketma-ketlikda ko‘rsating.


A) mitti odamlar mamlakati, inson qiyofasidagi ikki oyoqli maxluqlar mamlakati, olimlar mamlakati, ulkan odamlar yurti
B) mitti odamlar mamlakati, ulkan odamlar yurti, inson qiyofa-sidagi ikki oyoqli maxluqlar mamlakati, olimlar mamlakati
C) mitti odamlar mamlakati, ulkan odamlar yurti, olimlar mamla-kati, inson qiyofasidagi ikki oyoqli maxluqlar mamlakati#
D) mitti odamlar mamlakati, olimlar mamlakati, ulkan odamlar yurti, inson qiyofasidagi ikki oyoqli maxluqlar mamlakati

14. «Gulliverning sayohatlari» asari bo‘yicha mos javoblarni tanlang.


1) birinchi qism; 2) ikkinchi qism;
3) uchinchi qism; 4) to‘rtinchi qism.
a) guigngnmlar mamlakatiga sayohat; b) Laputadaga sayohat;
s) Liliputiyaga sayohat; d) Brobdingnegga sayohat.
A) 1-s, 2-b, 3-d, 4-a B) 1-s, 2-d, 3-b, 4-a#
C) 1-s, 2-d, 3-a, 4-b D) 1-s, 2-a, 3-b, 4-d

15. «Gulliverning sayohatlari» asari bo‘yicha mos javoblarni tanlang.


1) olimlar mamlakati;
2) inson qiyofasidagi ikki oyoqli maxluqlar va otlar mamlakati;
3) mitti odamlar mamlakati;
4) ulkan odamlar mamlakati.
a) guigngnmlar mamlakati; b) Laputa;
s) Liliputiya; d) Brobdingneg.
A) 1-a, 2-b, 3-s, 4-d B) 1-s, 2-a, 3-b, 4-d
C) 1-b, 2-d, 3-s, 4-a D) 1-b, 2-a, 3-s, 4-d#

16. «Gulliverning sayohatlari» asaridagi obrazlarni sifatlari bilan juftlab ko‘rsating.


1) olimlar;
2) inson qiyofasidagi ikki oyoqli maxluqlar;
3) mitti odamlar;
4) ulkan odamlar;
5) otlar.
a) tanti, oliyjanob, ma’rifatparvar;
b) real hayotdan ajralgan;
s) umrini behuda sarflovchi;
d) foydasiz ixtirolar qiluvchi;
e) aqlli, dono, halol mehnat bilan kun ko‘ruvchi;
f) jirkanch, hazar qiladigan darajada tuban;
g) o‘z manfaatlarini o‘ylab janjallashuvchi.
A) 1- d; 2-s; 3-f, g; 4-a; 5-e B) 1-b, d; 2-f; 3-f, g, s; 4-e; 5-a
C) 1-b, s, d; 2-f; 3-g; 4-a; 5-e# D) 1-s, d; 2-f; 3-g, b; 4-a; 5-e

17. «Gulliverning sayohatlari» romanida «yexu» nima?


A) jirkanch, hazar qiladigan darajada tuban kimsalar
B) inson qiyofasidagi ikki oyoqli maxluqlar
C) real hayotdan ajrab, foydasiz ixtirolar bilan band olimlar
D) A va B#
18. «Gulliverning sayohatlari» romanida Gulliver qaysi mamlakat odamlarining tanti, oliyjanob, ma’rifatparvarligiga qoyil qoladi?
A) Liliputiya B) Blefusku
C) Brobdingneg # D) Laputa

19. «Gulliverning sayohatlari» asarida Vilyam Prichardi kim?


A) Londondagi mashhur vrach, Gulliverning ustozi
B) «Qaldirg‘och» kemasining kapitani
C) «Ohu» kemasining kapitani#
D) Nyugetstritda yashovchi paypoqfurush

20. Jonatan Svift kimning saroyida kotib bo‘lib ishlaydi?


A) Lemyuelning B) Vilyam Templning#
C) Jems Betsning D) Jeyms Vattning

21. «Gulliverning sayohatlari» asari nechanchi shaxs tilidan bayon qilinadi?


A) birinchi shaxs tilidan # B) ikkinchi shaxs tilidan
C) uchinchi shaxs tilidan D) muallif tilidan

22. «Gulliverning sayohatlari» asarida lilliputlar tomonidan Gulliverga yetkazilgan ovqatlar nimadan tayyorlangan edi?


A) dukkakli o‘simliklardan B) ko‘katlardan
C) jonivorlar go‘shtidan# D) sabzavotlardan

23. «Gulliverning sayohatlari» asari qahramoni Gulliverning tog‘asi kim?


A) Bets B) Jems
C) Jons # D) Eybregem

24. «Gulliverning sayohatlari» asarida Gulliver ustozi mister Betsning yordamida qaysi kemaga jarroh bo‘lib ishga kiradi?


A) «Qaldirg‘och»# B) «Ohu»
C) «Vandimen» D) «Oqqush»

25. «Gulliverning sayohatlari» asaridagi Eybregem Pannell kim?


A) Lilliputlar qiroli B) Gulliverning ustozi
C) «Ohu» kemasi kapitani D) «Qaldirg‘och» kemasi kapitani#
26. «Gulliverning sayohatlari» asaridagi Vilyam Prichardi kim?
A) «Oqqush» kemasi kapitani B) Gulliverning ustozi
C) «Ohu» kemasi kapitani# D) «Qaldirg‘och» kemasi kapitani

27. «Gulliverning sayohatlari»da Gulliver qaysi kemada falokatga uchraydi?


A) «Oqqush» B) «Leyden»
C) «Ohu»# D) «Qaldirg‘och»
28. «Gulliverning sayohatlari» asarida ekipajdagi 12 kishi nima sababdan halok bo‘ladi?
A) o‘ta charchash va dovul sabab
B) oqimga qarshi suzish va o‘ta charchashdan
C) o‘ta charchash va maza-matrasiz ovqatdan#
D) qattiq shamol va kemaning qoyaga urilishidan

29. «Gulliverning sayohatlari» asarida Gulliver lilliputlarning bo‘yini qanday tasvirlaydi?


A) ikki yarim qarich ham kelar-kelmas
B) bir qarich ham kelar-kelmas#
C) bir yarim quloch ham kelar-kelmas
D) ikki quloch ham kelar-kelmas

30. «Gulliverning sayohatlari» asarida mitti odamlar amaldorni qanday nom bilan atashadi?


A) gekina degul B) gurgo#
C) tollgo fonak D) langro

31. «Gulliverning sayohatlari» asarida mitti odamlar bilimlarning mashhur homiysi imperatorning qo‘llab-quvvatlashi va rag‘batlantirishi tufayli qaysi sohada ulkan kamolotga erishishgandi?


A) qurilish B) mexanika# C) duradgorlik D) harbiy

32. «Gulliverning sayohatlari» asarida Lilliputiyada nimalarni qurish odat tusiga kirgan edi?


A) eng yirik harbiy kemalarni#
B) baliqchilik fermalarini
C) uzunligi to‘qqiz flit keladigan eng yirik yog‘och platformalarni
D) xodalar va boshqa og‘ir narsalarni tashiydigan g‘ildirakli mashinalarni

33. «Gulliverning sayohatlari» asarida Gulliver joylashtirilgan ibodatxonaga mitti odamlar nima uchun kirmay qo‘yishgan edi?


A) Blefusku davlati bilan bo‘lgan urushda vayron bo‘lgan edi.
B) Ibodatxonaning rohibi judayam johil odam edi.
C) Ibodatxonada dahshatli qotillik yuz bergan edi. #
D) Ibodatxonada dahshatli o‘g‘irlik sodir bo‘lib but va sanamlari o‘g‘irlab ketilgan edi.

34. «Gulliverning sayohatlari» asarida «zarbof va kumushrang ip bilan tikilgan yubkaning yerga yozib qo‘yilishini eslatardi»,– o‘xshatishi nimaga nisbatan ishlatilgan?


A) rang-barang kiyingan olomonga#B) imperator saroyiga
C) imperator saroyidagi gilamga D) oltinrang kuz yaproqlariga

35. «Gulliverning sayohatlari» asarida Gulliver liliputlar bilan qaysi tillarda gaplashib ko‘radi?


1) nemischa; 2) gollandcha; 3) lotincha; 4) fransuzcha;
5) ispancha; 6) italyancha; 7) inglizcha.
A) 1, 2, 4, 5 B) 3, 4, 5, 6, 7
C) 1, 2, 3, 4, 5, 6# D) 1, 2, 3, 4, 5, 6 ,7

36. «Gulliverning sayohatlari» asarida Lilliputyaning oliy hazratlarini ham, davlat kengashi a’zolarini ham juda ta’sirlanib ketishiga sabab bo‘lgan narsa nima edi?


A) Gulliver uchun bir yuz ellikta ko‘rpani bitta qilib tikilishi
B) Gulliverning olti nafar to‘palonchini qo‘yib yuborishi#
C) Gulliverning kuchli bo‘lsa-da, lilliputlar imperatoriga bo‘ysunishi
D) Gulliverning Lilliputiyani vayron qilish qo‘lidan kelsa-da, bu ishni qilmagani

37. «Gulliverning sayohatlari» asarida Gulliver nimani har kuni impera­tor oldida tiz cho‘kib takrorlayveradi?


A) qorni to‘yib ovqat berishlarini
B) o‘zining ozod etilishini#
C) qo‘shni Blefusku davlati bilan urushmaslikni
D) o‘ziga yaqinlashganlarni qatl ettirmaslikni

38. «Gulliverning sayohatlari» asarida liliputlar «odam bo‘yi keladigan ichi kovak ustun» deganda nimani nazarda tutadilar?


A) qilichning qinini B) to‘pponchani#
C) o‘q-dori solingan xaltachani D) tamakidonni

39. «Gulliverning sayohatlari» asarida Gulliver tintuv qiluvchi amaldorlarga ko‘rsatmagan narsalarini toping.


1) kumush soat; 2) oltin tanga solingan hamyon;
3) qilich; 4) to‘pponcha;
5) qilichning qini; 6) o‘q-dori solingan xaltacha; 7) soat.
A) 1, 2# B) 3, 4, 5 C) 5, 6 D) 1

40. «Gulliverning sayohatlari» romanida Gulliver qayerda ajoyib matematiklar va mexanika sohasida ulkan kamolotga erishgan odamlarni uchratadi?


A) Brobdingnegda B) Liliputiyada#
C) Guigngnmlar mamlakatida D) Laputada

41. «Gulliverning sayohatlari» asarida imperatorning buyrug‘i bilan Gulliverning nimalari olib qo‘yiladi?


1) kumush soat; 2) oltin tanga solingan hamyon;
3) qilich; 4) to‘pponcha;
5) qilichning qini; 6) o‘q-dori solingan xaltacha; 7) soat.
A) 1, 2, 3, 4 B) 3, 4, 5, 6, 7#
C) 1, 4, 5, 6, 7 D) 4, 5, 6, 7

42. Jonatan Sviftni mashhur qilgan asari qaysi?


A) «Gulliverning sayohatlari»# B) «Kitoblar jangi»
C) «Bochka cho‘pchagi» D) «Movutfurush xatlari»

43. «Gulliverning sayohatlari» romanida Gulliver mahalliy aholi tilini o‘rgangach, oliy hazratlaridan dastlab nimani iltimos qiladi?


A) zanjirlarini yechishni B) o‘ziga soqchi qo‘yilmasligini
C) ozod etilishini # D) o‘lim jazosini bekor qilishni

44. «Gulliverning sayohatlari» asarida kim Nottingempshirda tug‘ilib, o‘n to‘rt yoshida Kembrij shahridagi Imanuel kollejiga o‘qishga kirgan edi?


A) Gulliver # B) Laputadagi olim
C) Lilliputiyadagi qirol D) Lilliputiyadagi olim

45. «Gulliverning sayohatlari» asaridagi «flit» va «funt» so‘zlari qaysi o‘lchov birliklarini anglatadi?


A) pul birligi va uzunlik o‘lchov birligi
B) pul birligi va og‘irlik o‘lchov birligi
C) uzunlik o‘lchovi birligi va og‘irlik o‘lchov birligi
D) uzunlik o‘lchovi birligi va pul birligi#

46. «Gulliverning sayohatlari» asarida Gulliverning mitti odamlardan eshitgan birinchi gapi nima edi?


A) «Langro degul san» B) «Peplon selai»
C) «Tollgo fonak» D) «Gekina degul»#

47. Liliputiyada Gulliver kimlar ko‘magida mitti odamlar tilini o‘rganadi?


A) imperator tomonidan biriktirilgan tarjimonlar ko‘magida
B) imperator tomonidan biriktirilgan olimlar ko‘magida#
C) Gulliverni tinch qo‘ymaydigan mahalliy xalq ko‘magida
D) A va B

48. «Gulliverning sayohatlari» asarida mitti odamlarning qaysi gapidan keyin yuzlarcha yoy o‘qlari Gulliverning chap qo‘liga kelib sanchiladi?


A) «Peplon selai» B) «Langro degul san»
C) «Tollgo fonak»# D) «Gekina degul»

49. «Gulliverning sayohatlari» asarida mitti odamlar «Langro de­gul san!» buyrug‘idan so‘ng nima qilishadi?


A) Gulliverning sochiga bog‘langan arqonlarni kesib tashlashadi. #
B) Gulliverning chap qo‘liga yuzlarcha yoy o‘qlarini otishadi.
C) Gulliverning qo‘lidagi ar­qonlarni kesib tashlashadi.
D) Gulliverga yangidan yana o‘q uzishadi.

50. «Gulliverning sayohatlari» asarida Gulliver mitti odamlar shahrini nimaga o‘xshatadi?


A) zarbof ip bilan tikilgan yubkaning yerga yozib qo‘yilishiga
B) Angliyadagi pivo solingan bochkalar saqlanadigan omborga
C) teatr dekoratsiyasiga #
D) savdogarlar do‘koniga

51. «Gulliverning sayohatlari» asarida Gulliver 1699-yil 4-mayda qayerdan sayo­hatga chiqadi?


A) Bristoldan# B) Old-Juridan C) Leydendan D) Vandimendan

52. «Gulliverning sayohatlari» asarida Gulliver sayohatda bo‘sh vaqtlarini nimaga bag‘ishlardi?


A) qadimiy hamda yangi eng yaxshi yozuvchilarning kitoblarini o‘qishga#
B) navigatsiya hamda matematikaning boshqa sohalarini o‘rganishga
C) meditsinaning yangi yutuqlarini o‘rganishga
D) B va C

53. «Gulliverning sayohatlari» asarida Gulliver necha yoshida Kembrij shahridagi Imanuel kollejiga o‘qishga boradi?


A) 14 yoshida# B) 16 yoshida C) 17 yoshida D) 18 yoshida

54. «Gulliverning sayohatlari» romanida qaysi davlatlar tuxumni qaysi tomonidan chaqishda kelisha olmay jangga kirishadilar?


A) Liliputiya va Vandimen B) Guigngnmlar mamlakati va Liliputiya
C) Liliputiya va Laputa D) Blefusku va Liliputiya#

55. «Gulliverning sayohatlari» asarida Gulliver otasi va tog‘asining yordami bilan qancha mablag‘ to‘plashga muvaffaq bo‘ladi?


A) 30 funt B) 40 funt# C) 400 funt D) 300 funt
56. «Gulliverning sayohatlari» romanining to‘liq nomi?
A) «Lemyuel Gulliverning jahondagi bir necha olis mamlakatlarga, avvalo, jarroh, keyinchalik esa sayyoh sifatida qilgan sayohatlari»
B) «Lemyuel Gulliverning jahondagi bir necha olis mamlakat-larga, avvalo, sayyoh, keyinchalik esa bir necha kemalar shifokori sifatida qilgan sayohatlari»
C) «Lemyuel Gulliverning jahondagi bir necha olis mamlakat-larga, avvalo, sayyoh, keyinchalik esa bir necha kemalar kapitani sifatida qilgan sayohatlari»
D) «Lemyuel Gulliverning jahondagi bir necha olis mamlakat-larga, avvalo, jarroh, keyinchalik esa bir necha kemalar kapitani sifatida qilgan sayohatlari»#

57. «Gulliverning sayohatlari» romani necha qismdan tashkil topgan?


A) 2 B) 3 C) 4# D) 5

58. «Gulliverning sayohatlari» asarida Gulliver Imanuel kollejida necha yil o‘qiydi?


A) 2 B) 3# C) 4 D) 5

59. «Gulliverning sayohatlari» asari qahramoni Gulliver kollejdan nima sababdan ketadi?


A) Londondagi mashhur vrach Jems Betsga shogirdlikka boradi.
B) O‘qishi uchun mablag‘ yetkazib berishga otasining qudrati yetmay qoladi. #
C) Pullarining hammasini navigatsiya hamda matematikaning boshqa sohalarini o‘rganishga sarflaydi.
D) O‘qishi uchun mablag‘ yetkazib berishga qarindoshlarining qudrati yetmay qoladi.

60. «Gulliverning sayohatlari» asari qahramoni Gulliver London-dagi mashhur vrach Jems Betsdan necha yil ta’lim oladi?


A) ikki yil B) uch yil C) to‘rt yil # D) besh yil

61. «Gulliverning sayohatlari» asari qahramoni Gulliver otasi har zamonda yuborgan pullarning hammasini qaysi sohalarni o‘rganishga sarflaydi?


A) energetika va matematika B) navigatsiya va matematika#
C) matematika va meditsina D) navigatsiya va energetika

62. «Gulliverning sayohatlari» asarida poytaxtga keltirilgan Gulli-verni ko‘rish uchun ibodatxona yoniga qancha shaharlik to‘plangan edi?


A) ming B) o‘n ming C) yuz ming# D) uch yuz ming
63. «Gulliverning sayohatlari» romanida muallif Gulliverning qayerga qilgan sayohatini o‘tkir zaharxanda, nafratli kulgi bilan tasvirlaydi?
A) Brobdingnegga B) Liliputiyaga
C) Guigngnmlar mamlakatiga# D) Laputaga

64. «Gulliverning sayohatlari» asarida imperator Gulliverdan qilichini ko‘rsatishni so‘raganda qancha saralangan askarga yoylarni shay tutgan holda uni qurshashni buyuradi?


A) ming B) ikki ming
C) uch ming# D) to‘rt ming

65. «Gulliverning sayohatlari» asarida Liliputiyadagi amaldor gapini boshlashdan oldin qaysi jumlani uch marta takrorlaydi?


A) «Langro degul san»# B) «Tollgo fonak»
C) «Gekina degul» D) «lyumoz kelmin pesso»

66. «Gulliverning sayohatlari» asarida Gulliver qayerda uch yarim yil qanday faoliyat bilan mashg‘ul bo‘ladi?


A) Leydenda meditsinani o‘rganadi.
B) Londonda mashhur vrach Jems Betsdan ta’lim oladi.
C) «Qaldirg‘och» kemasida jarroh bo‘lib ishlaydi. #
D) Kembrij shahrida Imanuel kollejida o‘qiydi.

67. «Gulliverning sayohatlari» asarida Gulliver qaysi mamlakatga sayohat qiladi, qayerdagi uyning bir qismini ijaraga oladi va qayerda yashovchi paypoqfurushning qiziga uylanadi?


Joy nomlarini ketma-ketlikda ko‘rsating.
A) Levant, Nyugetstrit, Old-Juri
B) Old-Juri, Levant, Nyugetstrit
C) Nyugetstrit, Levant, Old-Juri
D) Levant, Old-Juri, Nyugetstrit#

68. «Gulliverning sayohatlari» asarida Gulliver necha yil mobay-nida kema jarrohi bo‘lib ishlaydi, Ost hamda Vest-Indiyaga bir necha marta sayohat qiladi?


A) uch yil B) uch yarim yil #
C) to‘rt yil D) olti yil

69. «Gulliverning sayohatlari» asarida Gulliver sayohat qilgan qaysi mamlakatda Sviftning vatanidagi kabi qirol, ministrlar, harbiylar, dengiz floti va turli-tuman qonunlar mavjud edi?


A) Liliputiyada# B) Blefuskuda
C) Brobdingnegda D) Laputada
70. «Gulliverning sayohatlari» asarida Liliputiyadagi baland poshnalilar va past poshnalilar partiyalarining bir-biridan farqi nimada edi?
A) poshnalarining nimadan yasalganligida
B) kiyimlarining ranggida
C) poshnalarining baland yoki past ekanligida#
D) Bir-biridan farqi yo‘q edi

71. «Gulliverning sayohatlari» asarida Gulliverga chirmashganlarga qanday jazo berilishi haqidagi buyruq chiqariladi?


A) uch kunlik qamoq jazosi B) yuz darra urish jazosi
C) o‘lim jazosi # D) uch kunlik ochlik jazosi

72. «Gulliverning sayohatlari» asarida qanday farmoyish ba’zi ministrlar uchun yirik daromad manbayiga aylanadi?


A) saroyning alohida ruxsatisiz Gulliver bilan suhbatlashish qat’iy man etilganligi haqidagi farmoyish
B) saroyning alohida ruxsatisiz Gulliverning uyiga ellik yard masofagacha yaqinlashish qat’iy man etilganligi haqidagi farmoyish#
C) gurgolarning alohida ruxsatisiz Gulliverga ovqat berish va suhbatlashish qat’iy man etilganligi haqidagi farmoyish
D) gurgolarning alohida ruxsatisiz Gulliverning uyiga yuz ellik yard masofagacha yaqinlashish qat’iy man etilganligi haqidagi farmoyish

Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish