Teleeshittirish standartlari dvb-t, dvb-s, dvb-h o’rganish Masalaning qo‘yilishi


DVB-S raqamli su’niy yo‘ldoshli televizon uzatish standarti



Download 0,93 Mb.
bet7/9
Sana09.03.2022
Hajmi0,93 Mb.
#486792
1   2   3   4   5   6   7   8   9
6.4. DVB-S raqamli su’niy yo‘ldoshli televizon uzatish standarti.

Sun’iy yo‘ldoshli TV uzatish keng xududning xar qaysi nuqtasiga yuqori sifatli TV signallarini etkazishning eng tez, ishonchli va tejamkor usuli xisoblanadi. Sun’iy yo‘ldoshli uzatishning orbitaning berilgan nuqtasi Erning sun’iy yo‘ldoshini ushlab turish uchun energiyaning oz miqdorda sarf qilinishi kabi imkoniyatlari, Quyosh bort retranslyatori energiya ta’minoti uchun energiya uchun tabiiy manbadir, o‘zgacha geografik o‘ralgan muxitda signallar o‘tish chidamliligi va atmosferaga cheksiz ta’siri yo‘ldoshli uzatishni butun dunyo bo‘ylab keng rivojlanishiga imkon yaratdi. Xozirgi vaqtda eshittiruvchi su’niy yo‘ldoshlar odatda geostatsionar orbitada (GO) ekvator kengligidagi balandligi 35786 km bo‘lgan aylana orbitada joylashgan bo‘ladi. GO da joylashgan xolda sun’iy yo‘ldosh Er qatlamiga nisbatan xarakatsiz bo‘ladi, chunki Erning tezligi bilan bir xil tezlikda aylanadi. SHuning uchun Geostatsionar ISZ eshittirish qamrab olgan maydoni er maydoning 3 dan bir qismiga to‘g‘ri keladi. SHu vaqtni o‘zida zamonaviy texnik vositalar er maydonining katta bo‘lmagan qismini nisbatan “yorituvchi” elektromagnit yordam beradi. Er maydoni bilan ISZ antennalar uzatuvchi konussimon nuri kesishish chiziqlari er stansiyalari qabul qiluvchi antennalarining turli diametrlarida qamrab olingan zonaning chegaralarini belgilab beradi. Bunda antenna zona markazidan qancha uzoqda joylashgan bo‘lsa, uning diametri shuncha katta bo‘lishi kerak.


Televizion eshittirishning sun’iy yo‘ldoshli kanallari uchun sanoat xalaqit va boshqa uzatuvchilar shovqinining quyi bosqichi xarakterli, chunki bunday kanallarda o‘tkir yo‘naltirilgan antennalardan foydalaniladi. Raqamli signallarni qabul qilishda xatolarni keltirib chiqaradigan asosiy faktor bo‘lib uzatuvchigacha katta masofa bo‘lganda qabul qilgich kirishidagi signal/shovqinlarning quyi munosabati xisoblanadi. SHu vaqtning o‘zida sun’iy yo‘ldoshli aloqa kanallarning chastota etkazish kengligi er usti va kabel televideniyasi kanallarigan nisbatan sezilarli darajada keng (Poluchaemыe dlya kanalov svyazi s razlichnoy shirinoy polosы chastot skorosti peredachi kanalnыch simvolov i dvoichnыx simvolov predstavlenы v tablitse 6.4.) Bunda foydali ma’lumotlarni oxirgi ustun uzatish tezligi kanal kodlashi parametrlariga bog‘liq bo‘ladi, chunki qaytalanuvchi kod ortiqchaligi oshganda xalaqitbardoshlik oshadi lekin foydali ma’lumotlar uzatish tezligi kichrayadi.

6.4. jadval


Modulyasiyaning turli bosqichlarida ma’lumotlarni uzatish tezliklari

Kanal kengligi,
MGs

Uzatish tezligi
Msimv/s

To‘liq tuzatish tezligi
Mbit/s

Foydali ma’lumotlarni uzatish tezligi
Mbit/s

54

45

90

41.5... 72,6

36

30

60

27.7 ...48,4

33

27.5

55

25.3 ... 44.4

71

22.5

45

20.7... 36,3

DVB standarti 11...12 GGs chastota diapazonida 27 MGsli chastota kengligiga ega sun’iy yo‘ldoshli televideniyaning mavjud kanallaridan foydalanishni ko‘zda tutadi. Istiqbolda alohida kanallarning ancha keng chastota palosolari 20 .... 21 GGs diapazonlardan foydalanish nazarda tutiladi.

TV eshittirishning sun’iy yo‘ldoshli tizimi interferension xalaqit va shovqinlar ta’siriga yuqori ta’sirchanlik xamda uzatilgan signalning cheklangan quvvati xos xarakter xisoblanadi. SHuning uchun energetik samarador kvadratura fazali QPSK modulyasiyasi va qisqartirilgan RS kodi bazasidagi kanal uchun kaskadli kodlash va Viterbi kodlashi algoritmi bilan qaytalanuvchi kod xamoxangligi osonlik bilan retranslyator bort nochiziqligini va interferension xalaqitlar xamda shovqinlarning munosabati sharoitidagi tizim xalaqitbardoshligini ta’minlaydi. Ichki kodek uchun nurlanish quvvati va spektrdan foydalanish orasidagi samarali munosabatda erishish uchun 1/2-7/8 diapazondagi 5 ta diskret qiymat kodli tezligidan birini tanlash imkoni bor.


Birgalikdagi filtratsiya va xatolarni to‘g‘ri-to‘g‘ri to‘g‘rilashga ko‘ra, qabul qiluvchi signal bosqichi tashuvchi/interferension xalaqit va tashuvchi/shovqin munosabatlarining bo‘sag‘aviy qiymatlariga mos bo‘lgan ekstremal sharoitlarda xam yuqori sifatli qabulga erishish mumkin. Bunda bir soatda bitta xatodan oshmaslik kafolatlanadi, bu esa qabul qiluvchi dekoder MPEG-2 demultipleksori ko‘rishidagi 10-10…..10-11 atrofidagi xatolar extimolligiga ekvivalent bo‘ladi.
DVB-S tizimi sun’iy yo‘ldoshli kanal xarakteristikasiga ega transportli MPEG-2 multipleksor chiqishida TV – eshittirish dasturi raqamli signalini qarshiligini ta’minlovchi funksional blokga ega. DVB-S tizimining uzatuvchi va qabul qiluvchi qismi tuzilmaviy sxumasi 6.13-rasmda keltirilgan.

Uzatishda ma’lumotlar oqimining kanalga moslashishi uchun quyidagicha almashinishlar amalga oshiriladi:



  • Transportli multipleksorlash va signal energetik spektrini tekislash uchun randomizatsiyalash;

  • Rid-Solomon kodi yordamida tashqi kodlash;

  • qaytalangan oralatish;

  • CHiqarib olingan qaytalanuvchi koddan foydalangan xolda ichki kodlash;

  • CHastota asosiy polosasidagi signal-shakllantirish;

  • Modulyasiya.

Uzatishda transportli ma’lumotlar oqimi va uning taktlari tizimga fizik interfeys orqali kelib tushadi. Interfeys takt chastotasi va kod tezligini boshqaruvchi tashqi signal barcha zarur takt va sinxronlashtiruvchi chastotalarni generatsiyalash uchun foydalanadi. Takt signallarining uzatilishi va uzatuvchi sinxronizatsiyasi mos boshqaruv generatorlari yordamida amalga oshiriladi.

6.13-rasm. DVB-S tizimi tuzilmaviy sxemasi

Interfeys chiqishida transport paketlari sikl sinxrobaytini shakllantiruvchi qurilma orqali o‘tadi (buning uchun MPEG-2 standarti bo‘yicha xar bir 8 transport oqimining sinxrobayt inversiyasi amalga oshiriladi) va keyinchalik signal energetik spektirini tekislovchi randomizatorda qayta ishlanadi.


So‘ngra randomizatsiyalangan ma’lumotlar paketlari tashqi RS-koderda kodlanadi, tashqi qaytalanuvchi oralatish uchraydi va ichki kodlash xamda modulyasiya blokiga kelib tushadi. Tashqi RS- koder va ichki qaytalanuvchi keder randomizatori parametri va tuzilmaviy sxemasi DVB-T tizimidagi shunday qurilmalarga aynan mosdir.
Ichki kodlash va modulyasiya bloki tuzilmaviy sxemasi 6.14 rasmda keltirilgan, bunda kodlashdan keyin ichki qaytalanuvchi koderda R=1/2 bazaviy kodli tezlik bilan ma’lumotlar paketlari kod tezligini oshirish zarurati tug‘ilganda ortiqcha tekshiruvchi simvollarning qizdirilishi amalga oshiriladigan perforatorga kelib tushadi. Ichki oralatgich mavjud bo‘lmaydi, chunki kanal xatoliklarining statistik tarkibi uni qo‘llanishini talab etmaydi. Keyinchalik signal spektrining chastota asosiy palosasida shakllanishi va uni QPSK-modulyatorga uzatilishi amalga oshiriladi. Undan keyin 70/140 MGsli oraliq chastota bo‘yicha so‘nggi interfeys orqali yuqori chastotali uzatuvchi qurilma bilan sun’iy yo‘ldoshli radiokanal er stansiyasi qarshiligi ta’minlanadi.

6.14-rasm. DVB-S tizimida modulyasiya va tizim osti kodlashning tuzilmaviy sxemasi.



Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish