Teleeshittirish standartlari dvb-t, dvb-s, dvb-h o’rganish Masalaning qo‘yilishi



Download 0,93 Mb.
bet6/9
Sana09.03.2022
Hajmi0,93 Mb.
#486792
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Modulyasiya turi

Uzatish tezligi Msimv/s

Uzatish to‘liq tezligi

Foydali ma’lumotlarni uzatish tezligi Mbit/s

16-KAMn

6.89

27.56

25.2

32-KAMn

6.92

34.60

31.9

64-KAMn

6.84

41.04

38.9

DVB-C tizimning uzatuvchi qismining umumlashgan tashkiliy chizmasi 6.11 rasmda keltirilgan. Raqamli kabelli televideniya tizimining uzatish qismida DVB-T tizimida batafsil tasvirlangan operatsiyalarning asosiy qismi amalga oshiriladi.


DVB standartiga mos ravishda transport oqimini shakllantirishda, u bir necha televizion dasturlar elementar oqimini va turli ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Transport paketlari 8 tadan birlashadi. Xar bir 8 talikning birinchi paketida sinxrogurux invertorlanadi, ya’ni 0x47 16 lik soni o‘rniga 0xV8 uzatiladi. Bu qabul qilgichdagi siklli sinxronizatsiya uchun zarurdir.
Undan so‘ng aloqa kanali qatorining kengligi bo‘yicha quvvatini yanada teng taqsimlanishiga erishish uchun va uzatilayotgan dasturlarni ruxsat etilmagan kirishlardan ximoyalash uchun skremblirlash operatsiyasi amalga oshiriladi. Skremblirlash qabul qilgichda o‘qish oson bo‘lishi uchun transport oqimi sinxroguruxlariga tegmaydi.
So‘ngra Rid-Salamon kodlarini qo‘llagan xolda xalaqitbardoshlik kodlash amalga oshiriladi. Bunda transport paketlarining uzunligi 188 dan 204 gacha xamda paket xatoliklaridan ma’lumotlarni ximoyalash uchun baytlar siljishi o‘sadi.
Keyingi qadam bilan uzatuvchi baytlarning KAMn simvollariga almashinuvi amalga oshiriladi. Masalan, 64-pozitsion 64-KAMn dan foydalanilganda xar 3 bayt 4 oltibitli simvolga almashinadi va undan so‘ng xalaqitbardoshlikni oshirish uchun ularning ikki katta bitlarining differensial kodlashi amalga oshiriladi.

6.11.rasm. DVB-S tizimining uzatuvchi qismini umumlashtirilgan tashkiliy chizmasi.

DVB-S dagi keyingi operator bo‘lib, simvollarning keyinchalik kvadratura tashkil etuvchilari I va O modulyatoriga beriladigan qarshilik impulsiga aylanishi xisoblanadi. Modellashtirilgan signalni spektrini cheklash uchun, impulslarning frontlari va kesimlarini FNCH tekislanadi. Keyin oraliq chastotada kvadraturada modulyatorida ko‘pbosqichli amplitudaviy kvadratura modulyasiyasi amalga oshiriladi. Undan keyin signal spektirining chastotasi almashinuvi yordamida tanlangan TV-kanalga o‘tkaziladi va keyinchalik signallar taqsimlanuvchi kabel tarmog‘i chiqish kuchaytirgichlari orqali qabul qiluvchi qurilmalari kirishlariga kelib tushadi.


Qabul qilgichda mos teskari operatsiyalar bajarilishi shart. Kabelli raqamli televideniya qabul trakti tuzilmaviy sxemasi 6.12 rasmda keltirilgan. Kabel liniyalarining kirish signali oddiy televizordagi kabi tyunerga kelib tushadi, kerakli kanal tanlanadi va shu kanal signali oraliq chastotaga o‘tkaziladi. Keyin chastota o‘zgartirgichda qo‘shimcha chastota tushirishlari amalga oshiriladi. Buning uchun KAMn demodulyatorida yoki chastota almashtirgich blokida qayta tiklangan tashuvchi chastotalar ishlatiladi. Signal chastotalari qatori chastota kuchaytirilgandan so‘ng odatda 3....11 MGs ni tashkil etadi.
Keyinchalik signal kuchaytirgich koeffitsienti demodulyator ARQsi signali bilan aniqlanadigan boshqariluvchi kuchaytirgich orqali o‘tadi. Signal xarakati bunda ARO‘ kirish kuchlanishlari diapazoni bilan moslashadi.
16 KAMn, 32-KAMn va 64-KAMnni olish uchun 8 ta ikkilamchi razryadga ega ARAning o‘zi etarli, 256-KAMn olish uchun esa 9 ta ikkilamchi razryadga ega bo‘lish kerak. Diskretlash kanal simvollari chastotasi ya’ni 7MGs da amalga oshiriladi. Takt impulslari (TI) demodulyatorda shakllanadi.



6.12-rasm. Kabelli raqamli TV qabul qilish traktining tashkiliy chizmasi.


Demodulyator ish prinsipi 5.4§da tasvirlangan (5.6-rasm). Demodulyatorga kelib tushgan raqamli signal kvadratura tashkil etuvchilar I va Q signallariga aylanadi, bu signal bilan kanal simvollari qayta tiklanadi. Keyin ushbu simvollardan chiqish ma’lumotlar oqimining baytlari shakllanadi. Masalan: 64-KAMn xolatida 4 ta oltibitli kanal simvollaridan 3 ta chiqish baytlari shakllanadi. Demodulyatorda tashuvchi chastota (OCH diapazoniga o‘tgan) va demodulyatorning o‘zida ham etakchi blokda xam ishlatiladigan kanal simvollarining takt impulslari qayta tiklanadi.


Undan so‘ng ma’lumotlar oqimi xatolarni to‘g‘irlash blokiga (xatolar korrektori) kelib tushadi, unda Rid-Solomon kodining siljishi va dekodlashi amalga oshiriladi. Natijada transport paketlarining o‘lchami (188 baytdan) va paketdagi baytlarini ketma-ketligi boshlang‘ich tartibi qayta tiklanadi.
Keyinchalik ma’lumotlar oqimi diskremblerlangan transport oqimi demultipleksorga (DMP) keladigan joy, ya’ni deskremblerga kelib tushadi, bunda transport oqimidan tanlangan dasturga tegishli paketlar tanlab olinadi va video, ovozli kuzatish xamda ma’lumotlarning elementar oqimlari shakllanadi. Simvollarni qayta ishlash bo‘yicha keyingi operatsiyalar DVB-T tizimi qabul qiluvchi qurilmasiniki kabi bo‘ladi.



Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish