Tekshirdi: Toshkent 2016


ASOSIY QISM 2.3. Boshqaruv ishlarini avtomatlashtirish



Download 1,97 Mb.
bet3/13
Sana29.12.2021
Hajmi1,97 Mb.
#78774
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Xisobot

ASOSIY QISM
2.3. Boshqaruv ishlarini avtomatlashtirish.

Boshqaruv ishlarini avtomatlashtirish — korxonalar, idoralar, hududiy birlashmalar, shahar xoʻjaligi, tarmoq va tashkilotlar faoliyatini boshqarish masalalarini hal qilishda matematik usullar, avtomatik qurilmalar va hisoblash texnikasi vositalarini qoʻllash.

Har xil axborot jarayonlarini avtomatlashtirish imkoniyati B.i.a. tizimini yaratishda asosiy ilmiytexnik asos hisoblanadi. Ishlab chiqilgan texnik vositalar evaziga boshqarishdagi axborot jarayonlari texnologiyasini butunlay oʻzgartirish mumkin. Boshqacha aytganda, ishlab chiqarish va xoʻjalik faoliyatidagi holatni aks ettiruvchi maʼlumotlarning tezkorligi va ishonchliligini taʼminlash, maʼlumotlarni qayd qilishni sodda holatga keltirish, zarur xabarlarni izlash va guruhlash, ularning tezligini oshirish, axborot saqlashni mukammallash, hisobotlar tayyorlashda kishi mehnatini kamaytirish, xoʻjalik boʻgʻinlari orasidagi oʻzaro bogʻlanish va axborot oqimi sifatini koʻtarish, ikkinchi darajali maʼlumotlardan xoli boʻlib, boʻgʻinlararo axborot oqimini tartibga solish, boshqarish uchun olingan maʼlumotlarni saralab, murakkab tahlil ishlarini bajarish, bashoratlash, maqbullash, rejalashtirish va tashkillash masalalarini hal qilish. Bundam tizimlarni barpo etishdan asosiy maqsad ularning texnik asosi hisoblangan EHMni yaratish, axborot jarayonlarini avtomatlashtirishga qodir tizim maʼlumotlarini har tomonlama ishlab chiqish.



Axborot jarayonlarini avtomatlashtirish asosida eng mukammal matematik modellar qurish hamda maqbul rejalashtirish, loyihalash va boshqarish masalalarini yechish usullaridan foydalanishga imkon tugʻiladi. Axborot jarayonlarini qulda yoki mexanik ravishda bajarishga asoslangan anʼanaviy boshqarish tizimlaridan B.i.a.ning farqi shuki, bu tizimni yaratish va foydalanishni tashkil etishning asosiy yoʻlyoʻriqlari maxsus qoidalar koʻrinishida ifodalangan boʻladi. Boshqaruvning ayrim bosqichlaridagi jarayonlarni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash masalani yechishga doir maʼlumotlarni tayyorlashga ketadigan mehnatni kamaytirmaydi. Bu holatda axborotni kiritish va chiqarish, namunalar hamda dastur apparatini tayyorlashda parallellikning buzilishi dastur va axborotni qayta ishlovchi texnik vositalarni ishlatishda qiyinchilik tugʻdiradi. Bu qiyinchiliklar tezkor va haqiqiy maʼlumotlar asosida kelajakni uzoq muddatga bashoratlash masalasini hal qilishda, rejali topshiriqlarni tezkorlik bilan bajarishda, boshqarishda foydalaniladigan maʼlumotlarni takdim etishdagi kechikishlarga sabab boʻladi. B.i.a. shu jihatdan ham samaraliki, unda birinchidan hisobga olish va boshqarish masalalari yagona majmua ichida hal boʻladi, ikkinchidan, axborotning harakat yoʻli, yaʼni birlamchi axborotdan tortib to bir tizimga solingan boshqaruv maʼlumotlarigacha butunlay qamraladi. B.i.a. tizimining yagona matematik modeli, yaʼni har xil darajadagi oʻzaro bogʻlangan matematik modellar majmui boʻladi. Bu modellar majmui asosida tizimda avtomatik ravishda maqbullash (optimallash) va rejalashtirish masalasi qoʻyiladi va yechiladi. Bu tizimning unumdorligiga hamma amallarning avtomatik ravishda bajarilishi evaziga erishiladi. B.i.a. boshqaruvning tashkiliyiqtisodiy tizimi turiga kiradi. B.i.a. murakkab tizim boʻlib, oʻz tarkibida tub tizimlarni mujassamlashtiradi. Bu tizim maʼlum belgilarga asoslanib ajratilgan va boshqarishning aniq maksad hamda masalalariga javob beradigan tizimning bir qismidir. Shu masalalar doirasida uni alohida tizim deb qarash mumkin. Boshqaruv tizimining matematik taʼminoti yoki dasturlar toʻplami odatda ikki guruhga: tashqi va ichki guruhlarga boʻlinadi. Birinchi guruh dasturlar toʻplami tizimining yuqorida sanab oʻtilgan ayrim vazifalarini, yaʼni parametrlarning yoʻl qoʻyilgan oraliqdan chetlashish hollarini hisobga olish, i.ch. rejalarini tezkorlik bilan tekislash kabi bir qator vazifalarni bajarishga imkon yaratadi. Ichki matematik taʼminot guruhidagi dasturlar esa boshqarish tizimidagi hisoblash majmuining ishlashini taʼminlaydi. EHMlar uchun tuzilgan dasturlar oddiy amallarni bajaruvchi buyruqlar zanjiridan tashkil topadi. Buyruklar zanjiri ixtiyoriy boʻlmasdan, balki masalani yechishning biror matematik usulini amalga oshirishga moʻljallanadi. Bu usul koʻp hollarda oldindan formulalar yoki ifodalar orqali berilgan boʻladi. Agar matematik formulalar va mantiqiy shartlar asosida qoʻyilgan masalani yechish yuzasidan yuqorida keltirilgan shartlar bajarilsa, u holda bu ketmaketlik qoʻyilgan masalani yechish algoritmi deyiladi. Bunday algoritm jarayonni boshqaruvchi operatorga shu jarayon har xil sharoitlarda qanday qilib maqbul boshqarilishi mumkinligini koʻrsatib beradi.

Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini joriy etish muammolarini hal etishning uchta asosiy varianti mavjud:

Birinchi yo‘l — tizimni o‘z sa'y-harakatlari bilan ishlab chiqish. Aksariyat tashkilotlar shu yo‘lni tutishgan. Hisob-kitoblarni avtomatlashtirish uchun ko‘pincha ofis dasturlari vositalari bilan yozilgan tamoyillar qo‘llaniladi. Biroq, biznes murakkablashgan taqdirda, bunday vositalar kishini qanoatlantirmay qo‘yadi, chunki murakkab tarkibli ma'lumotlarni boshqarishni nazarda tutmaydi. To‘laqonli tizimni yaratish nafaqat katta miqdordagi mablag‘lar va vaqtni sarflashni talab qiladi, shuningdek, loyihaning rivojlanishini markazlashgan tarzda oqilona strategik boshqarish ham zarur. Buni esa faqat yirik tashkilot uddalay oladi. Rivojlanayotgan firmalar uchun unga uzoq vaqt mobaynida xizmat ko‘rsata oladigan tizimni o‘z kuchi bilan ishlab chiqish oson emas.

Ikkinchi yo‘l — universal tizimni yoki amaliy dasturlar paketini xarid qilish. Bunday xildagi tizimlarni tanlash, asosan, buxgalteriya dasturlari bilan cheklanadi, chunki buxgalteriya hisobi qat'iy va konservativ metodologiyaga ega. Qonun hujjatlari, hisobot hujjatlari shakllarining tez-tez o‘zgarib turishiga qaramay tamoyillar va ma'lumotlar tarkibi dearli o‘zgarmasdan qolmoqda.

Uchinchi yo‘l — axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish funksiyalari va vakolatlarini tashqi tashkilotlarga o‘tkazishdan iborat. Agar ijro etuvchi firma to‘g‘ri tanlansa, katta ustunliklarga erishiladi: asosiy qismi boshqa firmalarda muvaffaqiyatli joriy etilgan qarorlarni qo‘llash hisobidan mablag‘larni tejash; ijro mahorati; servisli qo‘llab-quvvatlash; biznesning murakkablashuviga mos ravishda tizimni rivojlantirish imkoniyati.

Shu munosabat bilan amaliy faoliyatda axborotlarga ishlov berishning zamonaviy, istiqbolli usullari va vositalaridan foydalanish muammolarini hal etish masalasi dolzarbdir. AKT ta'siri ostida ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarida tub o‘zgarishlar yuz bermoqda.

Boshqaruv tizimlari turli-tuman boshqaruv va texnik-iqtisodiy masalalarni hal etilish uchun mo'ljallangan. Odatda bu tizimlar korxonalar, tashkilotlar, tarmoqlar (masalan: kasalxonalar, avtomatlashgan omborlar, moddiy-texnika ta'minoti va zahira qismlarini boshqarish, kadrlarni hisobga olish va buxgalteriya hisobining axborot tizimlari) avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari (ABT) doirasida ishlaydi. Ko'pincha bu tizimlar ayrim sohalarga xizmat ko'rsatadi va mustaqil hisoblanadi, ya'ni o'zining axborot fondi, algoritmi va dasturiy ta'minotiga ega bo'ladi.

Boshqaruv tizimlari integratsiyalashgan, ma'lumotlar bazasi tamoyili bo'yicha qurilgan bo'lishi mumkin. Bunday tizimlar korxonadagi aylanib yuruvchi butun axborot oqimiga ishlov beradi va korxonaning resurslaridan oqilona foydalangan holda uning bir maromda va rejali ishlashini ta'minlashga yo'naltirilgan bo'ladi. Texnik vositalar yordamida faqat axborot operatsiyalarini avtomatlashtirishga erishiladi. Bevosita qarorlar qabul qilish funksiyalarini va boshqa boshqaruv operatsiyalarini odamning o’zi bajaradi.




Download 1,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish