QIYOSIY PEDAGOGIKA
BAJARDI:Turdiyeva Lobar
TEKSHIRDI:______________
Mavzu : Oliy ta’lim tizimining tipologik- tasnifiy mezonlari va ta’lim muassasalari nufuzi
Reja:
1.Oliy ta’lim tizimining
A) tarixiy rivojlanishiga ko‘ra,
B) ixtisoslik kesimiga ko‘ra,
V) tanlov tamoyillariga ko‘ra,
G) ta’lim oluvchilar tarkibiga ko‘ra,
D) ta’lim shaklining ustunligiga ko‘ra tipologik mezonlari.
2.Ta’limning an’anaviy va noan’anaviy shakllari.
Tayanch tushunchalar: mezon, tarixiy rivojlanish, ixtisoslik kesimi, tanlov tamoyili, ta’lim shakli, tarixiy sharm, tipologik mezon.
Oliy ta’lim muassasasining byudjetdan tashqari faoliyatini boshqarish
Oliy ta’lim muassasasining byudjetdan tashqari faoliyatini boshqarishning muhim usuli bo’lib, resurs usuli, xususan, moliyaviy usul hisoblanadi.
Davlat oliy ta’lim muassasasida resurslar tuzilishi mehnat va moddiy resurslardan tashkil topadi. Masalaga ancha keng yondoshilsa, ya’ni axborot to’plovchi resurslar imkoni va resurslar boshqa turlarini aytish mumkin. Bular muayyan ma’noda ikkilamchilar, chunki, oqibatda, bari bir xodimlar mehnati yoki ular faoliyatining moddiy shartlari atributi sifatida namoyon bo’ladi, shu munosabat bilan moddiymas aktivlarni ajratib ko’rsatish zarur, shuningdek, uning tarkibidagi intellektual mulkni ham ta’kidlash joizdir. Xususan ishlab chiqarish omili sifatidagi oliy ta’lim muassasasi xodimlari tadbirkorlik qobiliyatini hisobga olish talab etiladi.
1
2
3
O’quv-ilmiy-ishlab chiqarish majmui sifatidagi oliy ta’lim muassasalarining resurs(aktiv)lari o’ziga xosligi quyidagilar:
- nomoddiy aktivlar ahamiyati sezilarli va tobora oshib bormoqda;
- laboratoriya-eksperiment jihozlaridan sanoatdagidek jadal foydalanila olmasligi; uning nodirligi, yuqori kiymati va likvidligi, bu oliy ta’lim muassasasi mahsulotning raqobatbardoshligini pasaytiradi;
- inson kapitalining nodirligi va yuqori malakasi, ya’ni ilmiy-pedagog xodimlar;
- ularni, bir tomondan, mehnat resursi sifatida garchi oliy ta’lim muassasasida qimmat turishi, ikkinchi tomondan, talabalardek arzon ish kuchi mavjud bo’ladi;
- oliy ta’lim muassasasi barcha tur resurslari (ham mehnat, ham moddiy) cheklanganligi, bular byudjetdan tashqari faoliyatga jalb etilishi mumkin. Mazkur resurslar faqat mutlaqgina emas, balki nisbiy ham. Chunki ulardan asosan byudjetdan moliyalashtiriladigan ta’lim va ilmiy jarayonda foydalanish ustuvor hamda majburiy hisoblanadi, bunda byudjetdan tashqari faoliyatni tashkil etish qiyinlashadi.
Zamonaviy iqtisod resurs(aktiv)lariga oid quyidagi
tushunchalardan foydalaniladi: asosiy, aylanma, nomoddiy.
Moddiymas aktivlar, bular uzoq muddat foydalaniladigan va daromad keltiradigan xo’jalik faoliyatida foydalaniladigan moddiy bo’lmagan ob’ektlardir. Mohiyati, bu – tadqiqot va ishlanmalar oldindan keladigan natijalar. Xujalik oborotiga jalb etilib, narx qiymatiga ega bo’lib, ular moddiymas aktivga aylanadi.
Amaldagi buxgalteriya hisobi haqidagi qoidaga muvofiq moddiymas aktivlar tarkibida er maydonidan,patent, listenziya, tovar belgisi, nou-xau, programmaviy mahsulot, monopol huquq va imtiyoz, xususiy faoliyatning listenziyaviy turi va h.k.dan foydalanish huquqi bo’ladi. Moddiymas aktivlar ta’lim iqtisodida muhim jihatlaridan biri bo’lib qoladi. Nomoddiy aktivlarni boshqarish asosiy fondlarini boshqarish bilan chambarchas bog’lanib ketadi. Intellektual mulk va uning muhofazasi, patentlar va nou-xau bilan savdo qilishni kengaytirish haqidagi qonunchilik rivojlangan sari axamiyat kasb eta boshlaydi. Shuni ta’kidlash muhimki davlat OTM tizimida intellektual mulk huquqining sub’ekti bo’lib, OTMning o’zigina emas, balki, ilmiy-pedagogik xodimlarning bir qismi ham hisoblanadi. Bu OTMdagi byudjetdan tashqari faoliyat jarayonidagi iqtisodiy munosabatni murakkablashtiriladi.
Moliyaviy resurslar aylanma aktivlarning bir qismi hisoblanadi va bir ttmondan OTMni saqlash va rivojlantirishni, ikkinchi tomondan, byudjetdan tashqari sohadagi ishlab chiqarish jarayoni uzluksizligini ta’minlaydi. OTM moliyaviy resurslarni shakllantirish manbai, umumiy tarzda, quyidagilardir:
byudjet mablag’lari, ya’ni turli darajadagi byudjet mablag’lari davlat ta’lim standartlarini ta’minlashga ajratilgan mablag’ va ta’sischi (davlat) pul badallari;
- turli xil byudjetdan tashqari faoliyatini amalga oshirishdan olingan mablag’lar;
ta’lim uchun to’lov;
Do'stlaringiz bilan baham: |