Uning xarakterli xususiyati shundaki, davlatlarda vujudga keltirilgan katta iqtisodiy salohiyat aksariyat ko’pchilik aholining turmush tarzi nisbatan yuqori bo’lganligiga asoslanib, dastlab mamlakat siyosiy hayotida keskin o’zgarishlar amalga oshiriladi. Ya'ni, amaldagi hokimiyat shakli barbod bo’ladi va uning o’rniga yangi, demokratik jarayonlarni rivojlantirishga moyil bo’lgan hokimiyat shakli va uning infratuzilmasi vujudga keladi. Ular o’z navbatida iqtisodiy hayotda keskin islohotlar o’tkazishga imkoniyat yaratadi. Xususan, amaldagi milliy valyuta bekor qilinadi (sindiriladi). Bu esa iqtisodiy islohotlarni o’tkazish shart-sharoitlarining imkoniyatlarini izlashni taqozo qiladi. Buning oqibatida aholining qo’lidagi moddiy mablag’lar o’z qiymatini yo’qotadi va mamlakat siyosiy hayotida bo’lgani kabi, iqtisodiy hayotda ham demokratik jarayonlarning rivojlanishi sodir bo’ladi. Bu yo’l o’ta xavflidir.

Inqilobiy yo’l uchun zarur bo’lgan asosiy omillar qatorida:

a) sobiq tuzum sharoitida xususiy mulk kurtaklarining saqlanib qolganligi;
b) demokratik qadriyatlarning kurtaklari mavjudligi;
d) mamlakat hayotini demokratik tamoyillar asosida qayta qurishga qodir bo’lgan intellektual salohiyatning etarli bo’lishi;
e) aholining ma'lum bir qismi ana shu demokratik jarayonga hech bo’lmaganda «moyil» bo’lishi kabi jihatlar hal qiluvchi omildir. Ularning har biri inqilobiy yo’l uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Bu jarayonda aholi murakkab muammolarni hal qilishda faqat kuzatuvchi bo’lib, ularni hal qilishda faol ishtirok qilmas ekan, inqilobiy yo’l hech qanday samara bermaydi. Aksincha, inqilobiy yo’l mamlakatni taraqqiyotdan orqada qolib ketishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |