E=E(ν)∆N/N=E(v)e-E/kT.(14)
Vin um um iy term odinam ik m ulohazalardan shunday xulosaga keldiki, har bir moda energiyasi chastotaga proporsional bo'ladi:
E(v) = hv (15)
(15) formulada h — proporsionallik koeffitsienti bo'lib, hali u davrda Plank doimiysi ekanligi aniqlanmagan edi. U vaqtda (14) formulani hisobga olgan holda (1) formulani quyidagicha yozishmumkin bo‘ladi:
ρv(T) = e -E/kT (16)
(16) formula Vin formulasi deyiladi. p v ning Vin formulasi asosida hisoblangan qiymatlari issiqlik nurlanishi spektrining yuqori chastotalar sohasida tajribadan olingan natijalar bilan mos keladi (4-rasmda tutash chiziq). Kichik chastotalar sohasida Vin formulasi asosida hisoblangan pv ning qiymatlari tajribadan olingan qiymatlardan kichikroq qiymatlarni beradi. Shunday qilib, Vin formulasi issiqlik nurlanishi spektrining yuqori chastotalar sohasida tajriba natijalari bilan mos keladigan to‘g‘ri natijalarni beradi. Reley-Jins formulasi esa spektming kichik chastotalar sohasida tajriba natijalari bilan mos keladigan to‘g‘ri natijalarni beradi. Lekin har ikkala formula ham spektming o'rta qismini yoki to‘liq spektrni tushuntira olmadi. Bunday hol issiqlik nurlanishi nazariyasini klassik fizika qonunlari asosida tushuntirib bo'lmasligini ko'rsatadi. [1],[3]
2.3. Plank formulasi Klassik fizika nazariy tushunchalari asosida absolut qora jism issiqlik nurlanishining to'liq spektrini tushuntirishga bo‘lgan urinishlar muvaffaqiyatsiz chiqdi. Bunday urinishlardagi qiyinchiliklami bartaraf etish uchun Maks Plank 1900-yili issiqlik nurlanishining toMiq spektrida energiyaning taqsimlanishini izohlash maqsadida o'zining quyidagi gipotezasini ilgari surdi: [1]
1. Absolut qora jism ossillyatorlari uzluksiz ravishda energiya nurtamaydi. Nurlanish faqat ossillyatorlar tebranishi amplitudasining o ‘zgarganida sodir bo'ladi, ya’ni ossillyator yuqori amplitudali tebranishdan kichik amplitudali tebranishga o‘tganda nurlanish chiqaradi yoki aksincha, past amplitudali tebranishdan yuqori amplitudali tebranishga o‘tganda ossillyator energiya yutadi. Tebranish amplitudasi yuqori holatdan kichik holatga o‘tganda ossillyator energiya nurlaydi, amptituda kichik holatdan yuqori holatga o‘tganda ossillyator energiya yutadi.
2. Ossillyator istalgan energiya qiymatiga ega bo'la olmaydi, balki faqat diskret energiyalar to‘plamiga ega boMadi. Ossillyator energiyani alohida-alohida ulushlar (kvantlar) sifatida chiqaradi yoki yutadi. Bu ulushlaming (kvantlaming) har birining energiyasi diskret bo‘lib:[3],[1]
E = hν (17)
kattalikka teng. U vaqtda ossillyator nurlanishining energiyasi bu kattalikka karrali bolishi kerak, ya’ni ossillyator energiyasi energiyaning diskret to‘plamiga teng: