Eλ=Aλελ (6)
E = Aε (7)
bu yerda:E va A-harqanday jismning nur chiqarish va nur yutish qobiliyati
ε-absolut qora jismning nur chiqarish qobiliyati.
2. Berilgan temperaturada har qanday jismning nur chiqarish qobiliyati shu tem- peraturada absolut qora jismning nur chiqarish qobiliyatidan kichik (E = A e, lekin A<1, shuning uchun E=e).
3. Agar jism qandaydir biror to‘lqin uzunlikdagi nurni yutmasa, shu to‘lqin uzunlikdagi nurmi chiqarmaydi ham (Eλ=Aλeλ shuning uchun A λ = 0 bo‘!ganda Eλ= 0 boladi). [1],[2]
2.2.Issiqlik nurlanishining qonunlari
Absolut qora jism issiqlik nurlanishi energiyasining spektrda taqsimlanishini o'rganish borasida XIX asr oxirlarida bir qator olimlar tajribalar o‘tkazdilar. O'tkazilgan tajribalar, izlanishlar asosida kashf qilingan asosiy qonunlar quyidagilar.[1]
Stefan-Bolsman qonuni. Absolut qora jism ning to‘la nur chiqarish qobiliyatining temperaturaga bog‘liqligi Stefan Bolsman qonuni bilan ifodalanadi. Qonun quyidagicha ta'riflanadi: absolut qora jismning to ‘la nur chiqarish qobiliyati uning absolut temperaturasining to‘rtinchi darajasiga proporsional:
E= =σT4 (8)
bu formulada σ —Stefan-Bolsman doimiyligi bo‘lib, uning tajribada aniqlangan son qiymati quyidagicha:
σ=5,67•10-8Vt•m-2K-4, yoki σ=5,67•10-8J•m-2s-1K-4,
bu yerda a-nurlanayotgan jism ning xossalariga bog‘ljq emas. σ-berilgan temperaturada nurlanayotgan jismning 1 m2 sirtidan bir sekundda chiqarilgan issiqlik miqdorini bildiradi. (7) formula bilan ifodalangan Stefan-Bolsman qonuni 1879-yilda avstriyalik fizik Stefan tomonidan tajribada aniqlangan, 1884-yil Bolsman tomonidan nazariy asoslangan. Stefan-Bolsman qonuni ko‘rsatadiki, absolut qora jismning to‘la nur chiqarish qobiliyati faqat uning temperaturasiga bog‘liq bo‘lib, nurlanayotgan sirtning fizik xossalariga bogliq emas. Yuqorida absolut qora jism modeli sifatida qaralgan kovak idish tirqishi sirtidan chiqayotgan nurlanish energiyasini tajribada tekshirishlar Stefan-Bolsman qonunini to ‘liq
ravishda tasdiqladi.Absolut qora jismning to‘la nur chiqarish qobiliyatining to’lqin
uzunlikka bog‘liqligi turli tem peraturalar (Ttuchun 3-rasmda keltirilgan Rasmdagi egri chiziqlar turli temperaturalarda tajribada aniqlangan bo‘lib, ulardan quyidagi xulosalar chiqadi.[2]
3-rasm. Absolut qora jism modeli
1.Absolut qora jism issiqlik nurlanishining spektri uzluksizdir.
2.Temperatura ortishi bilan absolut qora jismning to‘la nur chiqarish qobiliyati ortadi, nur chiqarish qobiliyatining maksimumiga to‘g‘ri keladigan to‘lqin uzunligi qisqa to’lqinlar tomonga (chap tomonga) siljiydi.
3.Graflkdagi egri chiziqlar turli temperaturalarda absolut qora jism nurlanish energiyasining to'lqin uzunliklar bo‘yicha taqsimlanishini ifodalaydi. Egri chiziqlarda maksimum mavjud bo‘lib,bu maksimum nur chiqarish qobiliyatining maksimumiga to'g'rikeladi.
4. Har bir temperaturada taqsimlanish egri chizig‘i va absissa o‘qi orasidagi yuza, shu temperaturada absolut qora jismning nur chiqarish qobiliyatini bildiradi.[2]
Vin qanuni. Muvozanatli issiqlik nurlanishi energiyasining to‘lqin uzunliklar bo‘yicha taqsimlanishini nemis fizigi V.Vin 1893-yilda nazariy jihatdan o’rgandi. Vin o‘z izlanishlari natijalari asosida quyidagi xulosaga keldi: absolut qora jism issiqlik nurlanishi energiyasining to‘lqin uzunliklar bo‘yicha taqsimlanishi zichligida maksimum mavjud bo‘lib, bu maksimum to‘lqin uzunligiga to‘g‘ri keladi va quyidagi munosabat orqali aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |