Moliyaviy tahlilda qo’llaniladigan an'anaviy va iqtisodiy matematik usullar.
Moliyaviy tahlilda eng ko’p qo’llaniladigan usullar bo’lib, an’anaviy usullar hisoblanadi. Bular iqtisodiy-statistik usullar deb ham ataladi. Shularning asosiylarining mazmuniga quyida to’xtalamiz.
Solishtirish usul. Har qanday jarayon tahlili ushbu usulni qo’llash bilan boshlanadi. Ushbu usul yordamida tahlil qilinadigan jarayon ko’rsatkichlari taqqoslanib, farqi aniqlanadi. Qolgan barcha usullar solishtirish natijasida aniqlangan farqning sabablarini topishga qaratilgan bo’ladi. Bu usulni to’g’ri qo’llash uchun tahlil qilinayotgan ko’rsatkichlar albatta quyidagi taqqoslama xususiyatga ega bo’lish kerak. Buni quyidagi shakldan ko’rish mumkin:
8- jadval
Farqlash usuli. Farqlash usuli o’rganilayotgan jarayonlar orasidagi bog’liqlik funksional bo’lgan taqdirda qo’llaniladi. Farqlash usulining mohiyati shundaki, natija ko’rsatkichiga omillar ta’sirini aniqlash uchun ta’siri aniqlanayotgan omillar orasidagi farqni qolgan omillarning joylashish tartibiga qarab asos yoki hisobot davridagi miqdoriga ko’paytiriladi.
O’rganilayotgan jarayonning o’zgarishiga ta’sir qiluvchi omillar miqdoriy va sifatiy omillarga bo’linadi.
Natijaning o’zgarishiga miqdoriy omilning ta’sirini aniqlash uchun hisobot va bazis davridagi miqdor omillari orasidagi farqni bazis davridagi sifat omiliga ko’paytiriladi.
Natijaning o’zgarishiga sifatiy omilning ta’sirini aniqlash uchun hisobot va bazis davridagi sifat omillari orasidagi farqni hisobot davridagi miqdor omiliga ko’paytiriladi.
Buni ish haqi fondining o’zgarishida ko’rib chiqamiz:
Bunda T0, T1 – mos holda bazis va hisobot yillaridagi xodimlar soni;
P0, P1- mos holda bazis va hisobot yillaridagi 1 xodimning o’rtacha ish haqi summasi;
- hisobot davridagi jami ish haqi fondi hajmi;
- bazis davridagi jami ish haqi fondi hajmi.
Ish haqi fondining o’zgarishi quyidagi ikki omil hisobiga sodir bo’lgan:
1.Xodimlar sonining o’zgarishi hisobiga, ya’ni miqdoriy omilning o’zgarishi hisobiga (T1-T0)
2.O’rtacha bir xodimning ish haqi darajasining o’zgarishi hisobiga, ya’ni sifatiy omilning o’zgarishi hisobiga (P1 - P0 )
Ish haqi fondining o’zgarishiga miqdoriy omilning ta’sirini aniqlash:
Ish haqi fondini o’zgarishiga sifatiy omilning ta’sirini aniqlash:
Ish haqi fondining o’zgarishiga bir necha miqdoriy va bir necha sifatiy omillar ta’sir qilgan taqdirda ham yuqoridagi qoidaga amal qilib, ularning ketma-ketlik joylashashi bo’yicha ta’siri aniqlanadi.
Qayta hisoblash usuli. Ushbu usul ham iqtisodiy jarayonlarni ifodalovchi ko’rsatkichlar orasidagi bog’liqlik funksional bo’lgan taqdirda qo’llaniladi.
Natija o’zgarishiga bevosita ikki omil ta’sir qilgan taqdirda, ularni ta’sirini aniqlashda uchun ushbu usul ishlatiladi.Ushbu usulning mohiyati, natijaviy ko’rsatkichni qayta hisoblab olib, uni bazis va hisobot davridagi natijaviy ko’rsatkichlar bilan solishtirish orqali omillar ta’sirini aniqlashdan iborat. Qayta hisoblangan natijaviy ko’rsatkich (shartli natijaviy ko’rsatkich) hajmi hisobot yilidagi miqdoriy omil bilan bazis davridagi (yoki rejadagi) sifatiy omil ko’paytmasining yig’indisiga teng bo’ladi. Shartli natijaviy ko’rsatkich bilan bazis davridagi natijaviy ko’rsatkich orasidagi farq miqdoriy omilning natijaviy ko’rsatkichning o’zgarishiga ta’sirini ko’rsatadi.
Hisobot davridagi natijaviy ko’rsatkich bilan shartli natijaviy ko’rsatkich orasidagi farq sifatiy omilning natijaviy ko’rsatkichning o’zgarishiga ta’sirini ko’rsatadi.
Ushbu usul bo’yicha tahlilni paxta yalpi hosilining o’zgarishi misolida ko’rib chiqamiz.
Paxta yalpi hosilining (natijaviy ko’rsatkichning) o’zgarishi:
Bunda, mos holda hisobot va bazis yillaridagi paxta maydoni.,
mos holda hisobot va bazis yillaridagi paxta hosildorligi darajasi.
Bu o’zgarish ikki omil hisobiga sodir bo’lgan:
1) Paxta maydonining (miqdoriy omilning) o’zgarishi hisobiga;
2) Paxta hosildorligining (sifatiy omilning) o’zgarishi hisobiga.
Omillar ta’sirini aniqlashdan oldin qayta hisoblangan (shartli) paxta yalpi hosilini hisoblab, olish zarur:
Shundan keyin yalpi hosil o’zgarishiga omillar ta’siri aniqlanadi:
1) Paxta maydoni o’zgarishining ta’siri:
2) Paxta hosildorligi o’zgarishining ta’siri:
Zanjirli bog’lanish usuli. Ushbu usul ham iqtisodiy jarayonlar orasidagi bog’liqlik funksional bo’lgan taqdirda qo’llaniladi. Bu usulda har bir ta’sir etuvchi omilning natijaga ta’sirini aniqlash yo’li uslubiy ketma – ketlikka ega. Buning uchun, birinchi navbatda, rejadagi yoki bazis yilidagi omilli ko’rsatkichlarni hisobot yilidagi omilli ko’rsatkichlar bilan navbatli almashtirish orqali natijaviy ko’rsatkichlarning qatorlari hisoblab olinadi. Ko’rsatkichlarni qatorlashda dastlab miqdoriy ko’rsatkichlar, so’ngra sifat ko’rsatkichlari joylashtiriladi. Bunda, 1-qator rejadagi (bazis yilidagi) dastlabki ko’rsatkichlarni oxirgi qator hisobot yilidagi ko’rsatkichlarni ifodalaydi. Oraliqdagi qatorlar “Shartli ko’rsatkichlar” bo’lib hisoblanadi. Yonma–yon turgan qatorlar orasidagi farq natijani o’zgarishiga ta’sir etuvchi bir omilni ta’sirini ko’rsatadi. Omillar ta’sirlarining yig’indisi natijaning umumiy o’zgarishiga teng kelish kerak. Buni ish haqi fondining tahlili misolida ko’rib chiqamiz).
Ish haqi fondi hajmining ifodalanishi:
Bunda T- ishchilarning o’rtacha yillik soni
S- Bir ishchining o’rtacha bir yilda ishlagan soatlari miqdori
P- o’rtacha 1 kishi- soat uchun hisoblangan ish haqi summasi
Ish haqi fondining o’zgarishi:
Demak, ish haqi fondining o’zgarishiga uch omil ta’sir qiladi. Bularning ta’sirini aniqlash uchun quyidagi ish haqi fondi ko’rsatkichlarini (ish haqi fondi qatorlarini) aniqlab olish kerak:
Bazis davridagi ish haqi fondi
Birinchi shartli ish haqi fondi
Ikkinchi shartli ish haqi fondi.
Hisobot davridagi ish haqi fondi.
Ish haqi fondining o’zgarishiga omillar ta’sirini aniqlash:
Ishchilar soni o’zgarishining ta’siri:
2) Bir ishlovchiningo’rtacha ishlagan soatlari soni o’zgarishining ta’siri:
3) Bir kishi- soat uchun hisoblangan ish haqi summasi o’zgarishining ta’siri:
Moliyaviy tahlilda matematik usullarni qo’llash tahlil natijalarini obyektiv baholashda, uning samarasini oshiradi. Uni qo’llash natijasida quyidagi samaralarga erishish mumkin:
1.Tahlilni bajarish muddati tezlashadi.,
2.Natijalarning o’zgarishiga omillarning ta’sirini aniq hisoblash mumkin bo’ladi;
3.Statistik usullar bilan hisoblab bo’lmaydigan murakkab omillar va ko’p omilli ko’rsatkichlarning ta’sirini to’liq aniqlash imkoniyati tug’iladi.
4.Natijaning o’zgarishiga har bir ta’sir etuvchi omilning miqdor va sifat jihatlarini aniq ko’rsatib berish imkoniyati to’g’iladi.
5.Elektron hisoblash mashinalaridan foydalanish osonlashadi va hakozo.
Staxostik bog’lanishdagi iqtisodiy ko’rsatkichlarni o’rganishda korrelyasion -regression tahlil usullarining qo’llanilishi
Jarayonlar orasidagi aloqa va bog’liqlik funksional va korrelyasion shaklda namoyon bo’ladi. Natijaning o’zgarishiga omillar ta’sirlarining yig’indisi to’liq mos kelishligini ifodalovchi bog’liqlik funksional bog’liqlik deb yuritiladi, agar mos kelmasa u korrelyasion bog’liqlik bo’lib hisoblanadi.
Funksional bog’liqlik har bir alohida sodir bo’lgan hodisa va jarayonda namoyon bo’ladi, korrelyasion bog’liqlik esa har bir sodir bo’lgan hodisada emas, balki u kuzatilayotgan ko’p sonli hodisaning o’rtacha ko’rsatkichida namoyon bo’ladi. Shuning uchun iqtisodiy jarayonlarni o’zaro bog’liqligini o’rganishda ko’p sonli hodisa va jarayonlarni qamrab olgan statistik to’plamdan foydalanib, korrelyasion tahlil usulini qo’llab, tahlilni amalga oshirish kerak.
Korrelyasiya tahlil usulining mohiyati shundan iboratki, natijaviy ko’rsatkich bilan omilli ko’rsatkichlar orasidagi miqdoriy bog’liqlikni aniqlashdan iborat.
Korrelyasion bog’liqlik bir omilli va ko’p omilli turlarga bo’linadi.
Natija bilan bir omil orasidagi bog’liqlik oddiy korrelyasiya, natija bilan bir necha omilli ko’rsatkichlar orasidagi bog’liqlik esa ko’p omilli korrelyasiya deyiladi.
Masalan, oddiy korrelyasiyaga misol qilib, tuproq sifati bilan paxta hosildorligi orasidagi bog’liqlikni olish mumkin. Bunda omil bo’lib, tuproq sifati, natija bo’lib, paxta hosildorligi hisoblanadi. Bu ikki ko’rsatkich orasida bevosita korrelyasion bog’liqlik mavjud, ya’ni tuproq sifati (bali) oshgan sayin, paxta hosildorligi ham oshib boradi. Ushbu qonuniyatni alohida olingan bir jarayon bo’yicha (bir uchastkada sodir bo’lgan jarayon bo’yicha) aniqlash mumkin emas, faqat ko’p sonli jarayonlarning (bir necha uchastkada, xo’jalikda sodir bo’lgan jarayonlarning) o’rtachasi bo’yicha aniqlanadi.
Natijaviy belgining o’rtacha darajasi ( ) bilan omil (x) o’rtasidagi korrelyasion bog’lanishni ifodalaydigan regressiyaning chiziqli tenglamasi quyidagicha aniqlanadi:
Yani natija bilan omil orasidagi bog’liqlik bevosita bo’lganda ushbu tenglamadan foydalanib, tahlilni amalga oshirish mumkin.
Bunda, - natijaning o’rtacha miqdori (o’rtacha hosildorlik darajasi);