Kabel uchini tekis qilib kesib oling. Simlar o‘ramini yeching va ajrating, ularni bir qator qilib tekislang. Simlarning rang bo‘yicha joylashtir-ish quyidagicha bo‘ladi:
Simlarni bir santimetrdan ozgina uzunroq qilib kesing. Simlarni RJ-45 raz’yomiga qo‘ying va simlarni to‘g‘ri joylashtirgan-ligingizni tekshiring. Simlar raz’yomga to‘la kirganligini va uning old devoriga tiralganligiga ishonch hosil qiling. Juftlik sim o‘rnatilgan konnektorni qisqichga joylashtiring, konnektor to‘g‘ri joylashganligini tekshiring, so‘ng tekis, ammo qattiq kuch bilan siqing.