Техник конструкциялаш ва моделлаш


Lobzik va uning yordamida arralash



Download 7,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/387
Sana26.09.2021
Hajmi7,73 Mb.
#185728
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   387
Bog'liq
Технология ва диз УУМ 20

Lobzik va uning yordamida arralash: 
a-lobzik: 1-rama; 2-qisqichlar; 3-quloqli gayka; 4-dasta; b-lobzik bilan 
arralashda ishlatiladigan stubsinali stanok; v-lobzik bilan arralash.
 


33 
 
a-sherxebel; b-taxta randa; v-mush randa: 1-pona; 2-kunda; 3-tig‘; 4-temir pushtak; g-pushtakli tig‘; d-japs 
randa; 1-tig‘; 2-pushtak; 3-pona; 4-dasta; 5-bolg‘alash tugmasi. 
 
 
Sherxebel  yog‘och  materiallarning  sirtini  tozalash  vaqalin  payraxa  olish  yo‘li  bilan  xomaki 
randalashmaqsadida ishlatiladi. 
 
Sherxebelning asosiy qismlari kunda, tig‘ va ponadan iborat bo‘lib, kundasining uzundigi 250-
260  mm,  eni  40-45  mm,  qalinligi  60  mm  bo‘ladi.  Tig‘ining  eni  30  mm  bo‘lib,  kesuvchi  qirrasi  yoy 
shakliga ega. Bu esa qalin payraxa olib oson randalash imkonini beradi. Qanday qalinlikdagi payraxa 
olinishiga  qarab  tig‘ni  kundadan  turlicha  chiqariladi.  Sherxebelda  sirtlarni  silliq  va  tekis  randalab 
bo‘lmaydi. 
 
Sirtlarni silliq randalash uchun taxta randa ishlatiladi. Taxta randa sherxebeldan kundasining 
enliligi va tig‘ining to‘g‘ri bo‘lishi bilan farq qiladi. Taxta randa kundasining eni 55-60 mm, tig‘ining 
eni  45-50  mm  bo‘ladi.  Bu  randa  yordamida  sirtlarni  silliq  randalash  uchun  tig‘ni  yupqa  payraxa 
oladigan qilib kundadan mumkin qadar oz chiqariladi. Payraxa qalin olinsa, sirtlar silliq chiqmaydi. 
 
Mushranda  tuzilish  jihatidan  taxta  randadan  farq  qilmaydi.  Mushranda  tig‘ida  qo‘shimcha 
temir pushtak bo‘lib, u payraxani sindirish vazifasini o‘taydi. Shuning uchun temir pushtakni tig‘ning 
kesuvchi qirrasiga  yaqin o‘rnatiladi. Shu tariqa o‘rnatilganda tig‘ chiqargan payraxani darhol qayirib 
sindiradi va randalashni engillashtiradi. Temir pushtak kesuvchi qirradan ortiqcha uzoqlashtirilmaydi. 
Aks holda uning taxta randadan farqi qolmaydi. 
 
Mushranda  yordamida  yog‘och materiallarning sirti  silliqlanadi,  shuningdek,  yig‘ilgan tayyor 
buyumlarga dastlabki pardoz beriladi, buyum sirtidagi notekisliklar randalab tekislanadi. 
 
Japs  randa.  Taxta  randa  va  mushranda  yordamida  uzun  va  enlik  taxtalarning  sirti  silliqlansa 
ham, ular bilan tekis randalab bo‘lmaydi. Bunday sirtlar japs randa bilan randalab tekislanadi. 
 
Japs  randa  kundasi  uzun  (700-800  mm),  enlik  (70-80  mm),  tig‘ining  eni  55-60  mm  bo‘ladi. 
Japs randaga, ko‘pincha, temir pushtakli tig‘ o‘rnatiladi. Bu randa yordamida randalashda sirtlar tekis 
chiqishi uchun payraxa yupqa olinadi, qalin payraxa olinsa, sirt tekis chiqmaydi. 
 
Sirtlarni  tekis  va  silliq  chiqishi  randalarning  ishga  sozlanishiga,  ularni  to‘g‘ri  tutib  erkin 
randalashga va randalash vaqtida randaga kuchlarning to‘g‘ri qo‘yilishiga bog‘liq. 
 
Randalarni  ishga  sozlash  tig‘lar  o‘tmaslanganda  ularni  kundadan  chiqarib  charxlash, 
charxlashda hosil bo‘lgan qirovini to‘kish va tig‘ni kundaga qaytadan to‘g‘ri o‘rnatishdan iborat. 
 
Tig‘lar elektr  yoki suvli charxlarda charxlanadi. Charxlash vaqtida charx toshlar hamma vaqt 
oldinga  qarab  (to‘g‘ri  yo‘nalishda)  aylantiriladi.  Teskari  yo‘nalishda  aylantirilganda  undan  uchib 
chiqadigan  kukun  kishining  ko‘ziga  tushadi  va  xavfsizlik  texnikasi  qoidalarining  buzilishiga  olib 
keladi.  Shuning  uchun  elektr  charxlardan  foydalanishda  charxdagi  himoya  oynasini  to‘sib  olish  yoki 
himoya ko‘zoynagi taqib olinadi. 
 
Charxlash  natijasida  tig‘larda  hosil  bo‘ladigan  qirovni  to‘kish  uchun  qumqayroq  yoki 
qayroqtosh, kerosin, suv bilan namlab turiladi. Kerosin qirovni tez to‘kishga yordam beradi. Qayrash 
vaqtida tig‘larning o‘tmaslanib qolmasligiga e’tibor beriladi. 
 
Qirovi to‘kilgan randa tig‘lari kundaga o‘rnatiladi. Bunda, tig‘ning kesuvchi qirrasi kundadan 
bir tekis chiqarib o‘rnatiladi. Notekis o‘rnatilgan tig‘ sirtni tekis randalamaydi. 
 
O‘quvchilarga  sirtning  silliq  va  tekis  chiqishiga  sabab  bo‘luvchi  omillarni  o‘rgatishbilan  bir 
qatorda ortiqcha mehnatsarflamasdan tez va sifatli randalashga o‘rgatiladi. Buning uchun randalardan 
foydalanish  ketma-ketligi,  randalash  tartibi  va  tekislikni  tekshirish  to‘g‘risida  tushuncha  berilib,  bu 
boradagi etarli ko‘nikma va malakalar hosil qilinadi. 
 
Taxta materiallar talab etilgan o‘lchamga keltirib randalangandan so‘ng, ularning qaysi usulda 
biriktirilishi,  tayyorlanadigan  buyumlarning  turi,qanday  maqsadda  ishlatilishiga  qarab  ularga 


34 
 
qo‘shimcha  ishlov  berish  yo‘li  bilan  zakrov,  chok,  konish  ochiladi,  gul  chiqariladi  va  hokazo.  Bu 
maqsadda maxsus randalardan foydalaniladi. 

Download 7,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   387




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish