b) Kvadrat shaklidagi qog`ozdan «kuchukcha» o`yinchog`ini
yasash
O`quvchilar rangli qog`ozdan kvadrat tayyorlash usuli bilan
tanish bo`lganliklari sababli, qog`oz diagonali bo`ylab buklab
chiqarilganda buklash chiziqlari o`zaro kesishib, «о» markazini hosil
qiladi. So`ng 2 ta buklov tomoni buklanadi. So`ngra hozirgi
buklangan ikkala tomoni yana teng ikkiga buklanadi. Bunda
kuchukchaning qulog`i hosil bo`ladi. So`ng ochiq pastki qismi
buklanadi. Unda esa kuchukning tili hosil bo`ladi. Bu ishlarning
hammasini bosqichma-bosqich yopishtirib chiqish kerak.
2.2-chizma:
Kvadrat
shaklidagi
2.3-chizma:
Kvadrat shaklidagi
qog„ozni taxlash va buklash orqali
qog„ozni taxlash va buklash
«kuchukcha» o„yinchog„ini yasash
orqali «lola» gulini yasash
.
.
♦
~ 109 ~
c)
Qog`ozni
taxlash
vа
buklash orqali «baliqcha»
o`yinchog`ini yasash
O`quvchilar qog`ozdan kvadrat tayyorlash usuli bilan tanish
bo`lganliklari sababli, o`qituvchi yangicha buklash usullarini
tushuntirishga o`tadi. Kvadrat qog`oz diagonali bo`ylab buklanganda,
buklash chiziqlari o`zaro kesishib, «о» markazini hosil qiladi. So`ng
kvadratning to`rt tomoni shu nuqtagacha yetkazilib, buklab chiqiladi.
Keyin qog`ozning pastki ikki burchagida hosil bo`lgan «1» va «2»
kvadratchalarning diagonaliga ko`rsatkich barmoqlar qo`yiiib,
pastidan bosh va o`rta barmoqlar bilan ushlanadi (2.2-chizma).
Natijada «konfet» ko`rinishi hosil bo`ladi, uning taxi ochiladi va
bir burchagi pastga qarata buklanib, avvalgi buklanish holatiga
keltiriladi. So`ng, baliqning uchburchak ko`rinishdagi dumi buklanish
chizig`iga yetkazilib, o`rtasidan buklab qo`yiladi.
Hosil bolgan «baliqcha» o`yinchog`ining orqa tomoni parta ustiga
ag`darib qo`yiladi. Bunda baliqning chap tomonida kichik
o`lchamidagi kvadrat bo`laklari, suzgichlar va dumning hosil
bo`lganligini ko`rish mumkin bo`ladi. Navbatdagi ish baliqni
sidirg`asiga och havo rangda bo`yab, qulog`i, og`zi, ko`zlari,
suzgichlari, tangachalarini ishlab chiqishdan iborat.
Baliqni buklash yo`li bilan yasashdan tashqari tayyor andazasi
yordamida karton qog`ozidan c|irqib yasash ham mumkin. Bunda
o`qituvchi katta-kichik o`lchamdagi baliq andazasini o`quvchilarga
tarqatib chiqadi. Ular qog`ozdan shu andaza yordamida baliqning
yassi lasvirini qirqib oladilar. So`ng bo`yab, tepasiga ipdan ilgich
yopishtirib qo`yadilar. Undan bezak sifatida foydalanish mumkin.
Dars kvadrat shaklidagi qog`ozni oxirida barcha ishlar o`quvchilar
taxlash va buklash orqali bilan birgalikda tahlil qilinadi (2.3-chizma),
(2.4-chizma).
2.4-chizma. Kvadrat shaklidagi qog`ozni taxlash va buklash orqali
«baliqcha» о`yinchog`ini yasash
~ 110 ~
Do'stlaringiz bilan baham: |