Tayanch iboralar:
To`garak
Tiplari
- tayyorlov texnik to`garagi;
- fan (ilmiy-texnik) to`garagi;
- sport-texnik to`garagi;
- ishlab-chiqarish texnik to`garagi;
- badiiy-amaliy to`garaklar.
Malaka
- takrorlash yo`li bilan shakllantiriladigan, yuqori
o`zlashtirilish darajasi hamda anglangan nazoratsiz
amalga oshirilishi bilan tavsiflanuvchi harakatlar
hisoblanib,
perseptiv,
intellektual
va
harakat
malakalari farqlanadi.
Ixtirochilik
- ilmiy g`oyalarning texnik yechimlarga ijodiy
tadbiqi,
ilmiy
texnika
taraqqiyoti
sur‘atlarini
belgilovchi asosiy ko`rsatgich, yangi texnika va
texnologiyalar yaratilishining mezoni hamda uning
yuqori ilmiy-texnik darajasini ta‘minlovchi omil
hisoblanadi.
~ 104 ~
II-BOB. LABORATORIYA MASHG`ULOTLARI
1-LABORATORIYA ISHI
QOG`OZ VA KARTON BILAN ISHLASH
Ishning maqsadi:
Qog`oz va karton bilan ishlashni o`rganish.
Kеrakli jihozlar:
qog`oz, karton, qaychi, qalam, chizg`ich,
applikatsiya uchun materiallar, tabiiy ashyolar va hokazo.
Qog`oz va karton bilan ishlash haqida nazariy ma'lumotlar
1. Qog`oz va karton xususiyatlari. Ularning turlari va navlari
Odamlar asrlar davomida o`z xotiralarini suyakka, toshga,
hayvonlar terisiga bitik qilib keldi. Fikrlarning ilk shakli muayyan
shartli belgilar bilan ifodalangandir. Dastlabki kitoblar - qoyalar
bo`lib, ibtidoiy odamlar unga ovchilik qurol-yarog`lari, o`rmon va
sahroda yashovchi hayvonlarning rasmlarini o`yib ishlaganlar.
Osuriya podshohi Ashurbanipal eramizdan oldingi 7 asrda o`z
poytaxtida sopol kitoblarning katta kutubxonasini tashkil etgan bo`lib,
bu kitob namunalari bizgacha yetib kelgan.
Qadim Hindistonda yozuvlar palma barglariga bitilgan. Palma
yaproqlarini quritib, ulardan eskiz plastinkalar qirqib olinib keyin tush
bilan yozilgan, bu plastinkalar so`ng bir-biriga mustahkamlanib, jildi
yaxshi silliqlangan taxtachalardan qilingan, ustiga bezak berilib kitob
holiga keltirilgan.
Novgorod ruslari qayin po`stlog`ida yozishgan.
Eramizdan V asr muqaddam Uzoq Sharq mamlakatlarida shoyiga
yozish rasm bo`lgan. Bu ham qimmatbaho material bo`lib, madaniyat
rivojlanib borgan sayin yozish uchun arzon materialga talab orta
borgan. Olimlar qog`ozni birinchi marta ipak namati tayyorlanayotgan
vaqtda paydo bo`lgan deb taxmin qiladilar.
Anchagina pishiq, arzon xom ashyodan tayyorlanadigan qog`oz
barcha mamlakatlarda keng qo`llana boshladi.
Biroq qog`ozni tayyorlashning bu jarayoni juda unumsiz edi,
qog`ozga talab esa borgan sari ortardi. Keyinchalik xom ashyoni
maydalashda o`g`ir o`rniga tegirmon toshidan foydalanila boshlandi.
Gazeta qog`ozi
eng arzon va ko`p tarqalgan qog`oz turidir.
Sifatiga ko`ra uncha pishiq emas, namlikni va yelimni yaxshi
singdiradi
.
~ 105 ~
Yozuv qog`ozi
– sathi silliq, yelim singdirilgan, namlikni kamroq
singdiradi. Narsalarni konstruksiyalash, muqovalash, kartondan
yasalgan narsalarni yelimlashda juda qulay.
Do'stlaringiz bilan baham: |