Техник ижодкорлик ва дизайн фанининг назарий (лекция) машғулотлари мазмуни



Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/118
Sana23.06.2022
Hajmi9,47 Mb.
#697157
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   118
Bog'liq
Техник ижодкорлик ва дизайн фанининг назарий (лекция) маш улотла

 
11-MAVZU. BUYUMLARNI LOYIHALASHDA
TURLI KASB EGALARINING ISHTIROKI 
 
Buyumlarni loyihalashda materialshunos, muhandis,
konstruktor va dizaynerlarning hamkorligi 
Badiiy 
loyihalash 
sanoat 
ishlab 
chiqarish 
mahsulotlarini 
loyihalashtirishning yangi usullari, uni joriy etishda mahsulotning yuksak 
sifatini ta‘minlashi kerak. 
Yangi jamiyatda badiiy loyihalashning asosiy maqsadi inson atrofidagi 
muhitni faol o`zgartirish, mehnat va turmushning moddiy tomonini 
go`zallashtirish bo`lib hisoblanadi. 
Hozirgi vaqtda badiiy loyihalash sohasida ishlayotgan olim, rassom, 


~ 76 ~ 
muhandis, texnolog, shifokor, ruhshunos, psixofiziolog va boshqa 
mutaxassislar orasida bu atamalar va ularning mohiyatini aniqlashda 
qarama-qarshi fikrlar mavjud. 
Estetik tomondan sifati baland bo`lgan har qanday mahsulotni ishlab 
chiqarishda rassom-loyihachi (dizayner) ishtirok etishi lozim. 
Dizayner faoliyatida turli xil yo`nalishlar (mutaxassislashtirish) mavjud 
bo`lib, ulardan ko`proq quyidagilari keng tarqalgan: asbobsozlik, 
mashinasozlik, transport vositalari, yengil sanoat mahsulotlari, asboblar 
sanoati, chiziqlar bilan rasm solish va qadoqlash. 
Sanoat ishlab chiqarish mahsuloti va texnik tizimlarini badiiy 
loyihalash jarayoni yuksak darajada murakkabdir. 
Uslubiy jihatdan bu jarayon ko`pincha me‘moriy loyihalashtirishga 
teng keladi, ba‘zan esa undan ham murakkabroqdir. 
Mamlakatimiz oliy badiiy sanoat bilim yurtlarining olimlari sanoat 
san‘ati mohiyatini quyidagicha belgilaganlar: «Sanoat san‘ati inson 
faoliyatining o`ziga xos shaklini tashkil etadi, uning maqsadi inson 
atrofidagi mahsulot muhitini estetik tomondan tashkil etishdan, inson 
foydalanadigan va uning turmushining tarkibiy qismini tashkil qiladigan 
mehnat qurollari va buyumlarini estetik nuqtai nazaridan o`zgartirishdan 
iboratdir. 
Sanoat san‘ati doirasi keng va chigal, inson atrofidagi buyumlar muhiti 
murakkab, bunga mehnat qurollari, transport vositalari, ilmiy-tekshirish 
institutlarining xilma-xil asbob-anjomlari va uskunalari, yozuv mashinalari, 
sport anjomlari, musiqa asboblari, tibbiyot uskunalari va turmush anjomlari 
kiradi. 
Sanoat san‘ati atamasi bilan bir qatorda ingliz atamasi dizayn (inglizcha 
desing - niyat, mo`ljal, loyiha) keng tarqalgan, u rassom loyihalovchining 
(dizaynning - ijodiyotini, mehnatining usullari va natijalarini) ishlab 
chiqarishga tatbiq qilish shart-sharoitlarini o`z ichiga oladi. 
Dizaynning maqsadi jamoat manfaatlari, ishlatish qulayligi, go`zallik 
talablariga javob beradigan mahsulotning yangi turlari va xillarini 
yaratishdir. 
Yuqoridagilardan shu narsa ma‘lum bo`ladiki, sanoat san‘ati va dizayn 
atamalari ma‘lum darajada har xil ma‘noga ega bo`lib, ularning har ikkalasi 
ham to`la huquqlidir. 
Mamlakatimiz olimlari taklifi bilan 50 yillarda paydo bo`lgan 
texnikaviy estetika atamasi umumiy e‘tirofga sazovor bo`ldi. 
Texnikaviy estetika o`zining uslubiy asosiga, yangi jamiyat 


~ 77 ~ 
estetikasinining umumiy tamoyillariga tayanadi, shuningdek, texnika, 
ruhshunoslik, fizikaviy, tozalik ramzi va boshqa fanlarning yutuqlaridan 
ham foydalanadi. 
Dizayn va texnikaviy estetika uyg`un mahsulot muhitini shakllantirishi, 
ishlab chiqarish samaradorligi oshishiga ko`maklashishi, demak, estetika va 
mehnat faoliyati mustahkam aloqasi uchun xizmat qilishi kerak. «Mehnat 
estetikasi yangi jamiyat estetikasining maxsus qismi sifatida va texnikaviy 
estetika dizayn nazariyasi sifatida bir-birini inkor qilmaydi hamda bir-
birining vazifasini ham bajara olmaydi. Sanoat ishlab chiqarishi tizimida 
dizayn estetik faoliyatning tarixan aniq bir shakli bo`lib hisoblanadi. Uning 
o`tmishdoshi va amaliy san‘ati bo`lgan. 

Download 9,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish