Техник ижодкорлик ва дизайн фанининг назарий (лекция) машғулотлари мазмуни


Buyumlarni loyihalashda dizaynerlarning ish mazmuni



Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/118
Sana23.06.2022
Hajmi9,47 Mb.
#697157
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   118
Bog'liq
Техник ижодкорлик ва дизайн фанининг назарий (лекция) маш улотла

 
Buyumlarni loyihalashda dizaynerlarning ish mazmuni
Sanoat ishlab chiqarish mahsulotlarini loyihalash jarayoni ketma-ket 
amalga oshiriladi va loyihalashning quyidagi qismlarini o`z ichiga oladi: 
a) badiiy loyihachining takliflari, mahsulot tuzilishi, muallif nazorati 
ostida loyihalashtirish ishlari; 


~ 84 ~ 
b) badiiy loyihachi takliflari mahsulot asosiy g`oyasining tuzilishi 
shakllarini umumlashtirishdan iboratdir; 
c) bu jarayon topshirig`i chuqur o`rganib badiiy-loyihachi va 
adabiyotlar tahlilidan foydalanib bo`lgandan so`ng boshlanadi. 
Loyihalashtirishning haqiqiy tarzda boshlanishini rassom fikrlari 
tasviriy chizma yoki bo`shliq hajmida o`z aksini topa boshlaganidan bilish 
mumkin. Biroq amalga oshirilgan birinchi niyatlar hali idrok qilingan, 
fahmlangan buyumdan yiroq bo`ladi. 
Ammo buyumlarning shunday guruhlari ham mavjudki, ularda hajm-
transport tuzilishi yoki oldindan qattiq belgilangan yoki shuncha sodda va 
oddiyki, dastlabki hajm-transport kayfiyati uchun muammo bo`lmaydi. 
Bu buyumlar turli xil miqyos va vazifada bo`lishlari mumkin. 
Taxminiy ko`rinishlar ustida ishlash qism va alohida detallarni maqsadga 
muvofiq tarzda joylashtirishni o`ylab topish, ularning o`zaro aloqalarini 
izlashni o`z ichiga oladi hamda mahsulotning mantiqan mazmun bilan 
bog`langan tashqi shakli ustida eng mas‘uliyatli ijodiy faoliyat bilan 
tugallanadi. Bu jarayonda dizayner muhandis-loyihachi bilan birga mavjud 
pardozlash buyumlarini, shuningdek, aniq sharoitda mahsulot tayyorlash 
uchun ishlab chiqariladigan buyumlarga ishlov berish imkoniyatlarini 
yaqqol tasavvur eta bilishi kerak. 
Xomaki nusxa yaratish jarayonida mavjud loyiha-tizim asosiy 
ko`rsatkichlari, o`lchamlari, iste‘mol qilinadigan quvvatlar kamayishi, yangi 
matolarni qo`llash; GOSTlar, tirajlarni hisobga olish, shuningdek, 
buyumlarga ishlov berishni bilish, iqtisodiy, estetik va boshqa talablar 
bularning hammasi birinchi xomaki nusxalarning o`zida mantiqiy aksini 
topishi kerak. Xuddi shunday jarayon xomaki nusxa yoki loyiha topshirig`i 
bosqichidan me‘moriy loyihalashda ham qo`llaniladi. 
Mahsulot tuzilishini belgilash badiiy loyihalash jarayonining eng 
mas‘uliyatli qismidir. Odatda, mahsulot tuzilishini belgilash bir vaqtda 
dizayner va muhandis-loyihachi tomonidan amalga oshiriladi. 
Loyihachi mahsulotning asosiy qismlari, ularning o`lchamlari va 
joylashtirilishini aniqlaydi. Tasviriy chizmadan xabardor va mavhum 
tasavvurga ega bo`lgan dizayner, mahsulot, buyum qismlarini 
joylashtirishning ko`rinishlarini izlaydi va turli ko`rinishlardan kelib 
chiqadigan xulosa qarorlarga tayanadi. Shundan keyin loyihachi tanlangan 
ko`rinishlar bilan ishlash imkoniga ega bo`ladi. 
Mahsulotning estetik jihatdan shakllanishiga muhitning shart-sharoitlari 
va shakl mazmuni ko`rinishi yoki tasviriy manzaraga qiyoslanganligiga 


~ 85 ~ 
katta ta‘sir etadi. Mahsulot va buyum shakliga turli omillar ham ta‘sir etmay 
qolmaydi: havo tozaligi, atrofni iflos qiladigan moddalar, mahsulotdan 
foydalanish joyi (ochiq havo, yopiq bino, suv), harorat tizimi, muhitning 
teskari ta‘siri, iqlim sharoiti (Uzoq Shimol, O`rta mintaqa, issiq iqlim, 
tropiklar). 
Demak, mahsulotning estetik sifatlari uning shakli va mazmunini 
belgilaydigan aniq shart-sharoitlar bilan bog`liq. 
Badiiy 
loyihalash 
jarayonida 
uyg`unlashtirish 
(moslashtirish, 
muvofiqlashtirish) vositalari - asosiy bosimlar va o`ylab chiqilgan 
o`lchamlarni bir-biriga to`g`ri bo`ysundirish, ko`lamdorlik, turg`unlik 
(jonsizlik) yoki jo`shqinlik, simmetriya yoki assimetriya, mahsulot butun 
tuzilishining marom yoki metr o`lchovi asosida tuzilishi - muqarrar va juda 
murakkab shart bo`lib hisoblanadi. 
Badiiy-loyihachi takliflar bosqichidagi ishlarni amalga oshirish 
natijasida asosiy tamoyillar tuzumiga yoki rejasiga javob bera oladigan 
loyihachilik va tizim yechimlarning ikki - uch varianti paydo bo`lishi kerak. 
Badiiy - loyihachi takliflarni tasdiqlashi, ikki hodisa orasidagi davrdir, 
unda taklif qilingan variantlarning eng yaxshisi tanlanadi. Bu variant badiiy-
loyihachi tahlil jarayonida rasmiylashtirilgan talablarga yuqori darajada 
javob bera olishi kerak. Ishlab chiqishning (tayyorlashning) shu bosqichida 
loyihalash hujjatlarining tarkibi har bir aniq holatda mahsulot murakkabligi 
va ishlab chiqarish sharoitlariga bog`liq hujjatlarning taxminiy tarkibi 
quyidagicha: 
1)
texnikaviy yangilanish va mahsulot shakllari rivojlanishi 
an‘analarining tavsifini o`z ichiga oladigan badiiy - loyihachilik takliflari 
mohiyatini bayon etuvchi qisqacha tasvir; 
2)
foydalanilgan axborotlar va ilmiy mavzular ro`yxati (jurnal va 
prospektlar, ishlar, ijodiy safarlar hisobotlari, rasmlar, fotosuratlar, suratlar, 
taqrizlar, o`xshashliklar va timsollar rasmlari); 
3)
badiiy-loyihachilik takliflari bosqichida bajarilgan namunalar va 
andaza-qoliplari; 
4)
mahsulot tuzilishiga oid rejalar, to`g`ri burchakli rasmlar, 
loyihalashtirilgan mahsulot ko`rinishlarining istiqbolli chizmalari. 
Mualliflar dalillar asosida, o`zining badiiy-loyihachilik takliflarini 
himoya qila bilishi kerak. 
Badiiy-loyihachilik loyihani ko`rib chiqish paytida qabul qilingan taklif 
va mulohazalar hisobga olinib, loyihalashning har tomonlama ishlab 


~ 86 ~ 
chiqilishi ko`zda tutiladigan loyihalash bosqichidir (murakkab buyumlar 
uchun texnik loyiha bosqichi). 
Bu bosqichning o`ziga xos xususiyati shundaki, muhandis-loyihachi 
ishining hajmi rassom-loyihachi ishi hajmidan ancha katta. 
Bu bosqichda vaqtning ko`p qismi mahsulotning hajmiy andazalarini 
(qoliplarini) va uning ayrim bo`limlarini tuzish, umumiy tuzilishini, 
munosiblikni chiziqlar bilan rasm solish bo`limlarini joy-joyiga joylashtirish 
va aniqlash bilan o`tadi. Namunalar, odatda, o`zining asl o`lchamida 
ommaviy ishlab chiqarish uchun esa tashqi ko`rinish andazasi shaklida 
bajariladi. 
Bu bosqichda dizayner umumiy ko`rinishdagi chizmalarni eng oxirida 
tasdiqlangan andazalar (qoliplar) asosida bajarishi, bo`yash tizimini, 
pardozlash buyumlari bo`yicha tavsiyanomalar berishi shart. 
Loyihani tasdiqlash jarayoni tadqiqot natijalarini o`zida aks ettirgan 
loyihalash topshirig`ini hisobga olib, butun loyiha hujjatlarini diqqat bilan 
tahlil etishni talab etadi. 
Badiiy loyihachining tasdiqlashga taqdim etilgan loyihasiga quyidagi 
hujjatlar kiradi: 
a) tushuntirish xati; 
b) badiiy-loyihachi taklifni tasdiqlash to`g`risida majlis bayonidan 
ko`chirma; 
c) umumiy ko`rinishlar va texnika qurilmalarning chizmalari, chizmada 
tasvirlash usullari, rasmlar; 
d) namunalar, andazalar, ish bosqichlari bo`yicha rasmlarning 
fotosuratlari; 
e) o`xshashliklar va (prototip) timsollarning fotosuratlari; 
f) tashqi ko`rinish andazasi yoki namunasi. 

Download 9,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish