Техник ижодкорлик ва дизайн фанининг назарий (лекция) машғулотлари мазмуни



Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/118
Sana23.06.2022
Hajmi9,47 Mb.
#697157
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   118
Bog'liq
Техник ижодкорлик ва дизайн фанининг назарий (лекция) маш улотла

Qonun bo`yicha, O`zbekiston Respublikasining muhofaza hujjatini 
olish uchun talabnoma berilgandan so`ng, uch oy o`tgach, intellektual 
mulk ob‟yektlarini boshqa davlatlarda patentlashni boshlash mumkin. 
Bunday cheklash va albatta dastlab Respublika Patent idorasiga 
talabnoma berishning shart qilib qo`yilishi milliy xavfsizlikni 
ta‘minlash talablari bilan bog`liq. Chunki talabnomada davlat siri 
bo`lgan va O`zbekiston xavfsizligiga tahdid soladigan ma‘lumotlar 
bo`lishi mumkin. Lekin intellektual mulk ob‘yektlarini xorijda 
patentlashni boshlash uchun hech qanday maxsus ruxsatnoma olish 
talab etilmaydi. Agar Patent idorasiga talabnoma berilgan sanadan 
so`ng uch oy o`tgach Patent idorasi talabnoma beruvchini ixtirosi 
maxfiy ekanligi to`g`risida ogohlantirmagan bo`lsa, u o`z ob‘yektini 
xorijda patentlash ishlarini bemalol boshlash huquqiga ega bo`ladi. 
 
Sanoat mulki sub‟yektining muallifi 
Sanoat mulki ob‘yektini shaxsiy ijodiy mehnati bilan yaratgan 
jismoniy shaxs bu ob‘yektning muallifi deb e‘tirof etiladi. 
Basharti, sanoat mulkining ob‘yekti bir necha jismoniy shaxsning 
birgalikda ijodiy mehnati asosida yaratilgan bo`lib, ular o`rtasida 
tuzilgan shartnomada o`zgacha qoida nazarda tutilmagan bo`lsa, 
ularning barchasi bu ob‘yektning teng huquqli muallifi deb e‘tirof 
etiladi. 
Mualliflik huquqiy begonalashtirilmaydigan shaxsiy huquq 
bo`lib, qonun bilan muhofaza qilinadi. 
Patent egasi. 
Sanoat mulkining ob‘yektiga patent va dastlabki 
patent yoki guvohnoma quyidagilarga beriladi: 

sanoat mulki ob‘yektining muallifiga yoki uning merosxo`riga; 


~ 31 ~ 

muallif yoki uning huquqiy vorisi tomonidan patent, dastlabki 
patent yoki guvohnomaga oid talabnomada yoki sanoat mulki ob‘yekti 
Patent idorasida ro`yxatdan o`tkazilgunga qadar topshirilgan arizada 
ko`rsatilgan jismoniy va yuridik shaxslarga (ular roziligi sharti bilan); 

mazkur modda nazarda tutilgan hollarda ish beruvchiga. 
Xizmatchi o`z xizmat vazifasini, ish beruvchidan olgan aniq bir 
topshiriqni bajarish bilan bog`liq tarzda yoki korxonaning ixtisosiga 
doir texnik bilimlar yordamida yaratgan sanoat mulki huquqiga ish 
beruvchiga ega bo`ladi. Sanoat mulki ob‘yektiga bo`lgan huquqni 
o`zgacha o`tkazish muallif va ish beruvchi o`rtasida tuzilgan 
shartnomaga asosan rasmiylashtiriladi. 
Basharti, ish beruvchi sanoat mulki ob‘yekti yaratilganligi haqida 
muallif ma‘lum qilgan sanadan e‘tiboran to`rt oy mobaynida Patent 
idorasiga talabnoma topshirmasa, talabnoma topshirish huquqini o`zga 
shaxsga o`tkazmasa, muallif talabnoma topshirish va patent, dastlabki 
patent yoki guvohnomani o`z nomiga olish huquqiga ega bo`ladi. 
Bunda ish beruvchi sanoat mulkining tegishli ob‘yektidan o`z 
korxonasida patent egasiga shartnomada belgilanadigan tovon pulini 
to`lagan holda foydalanish huquqiga ega bo`ladi. 
Ish beruvchi tomonidan sanoat mulki ob‘yekti maxfiy 
saqlanadigan bo`lsa, u muallifga mutanosib miqdorda haq to`lash 
shart, haq miqdori shartnoma asosida belgilanib, mutlaq litsenziyaning 
bozor narxidan kam bo`lmasligi lozim. 
Patent egasi patent, dastlabki patent yoki guvohnoma bilan 
muhofaza qilinadigan sanoat mulki ob‘yektidan foydalanib huquqini 
har qanday jismoniy yoki yuridik shaxsga berishi mumkin. 
Sanoat mulki ob‘yektiga oid patent, dastlabki patent yoki 
guvohnoma, shuningdek, uni olish huquqi meros bo`yicha o`tadi. 

Download 9,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish