Тармоқ абонентлари — тармоқда ахборотларни юзага келтирувчи ёки истеъмол қилувчи объектлар.
Alohida SHKlar, EHM komplekslari, terminallar, sanoat ishlari, raqamli dastur orqali boshqariladigan stanoklar va hokazo abonent bo‘lishi mumkin. Har qanday abonent tarmog‘i stansiyaga ulangan.
Станция — ахборотлар узатиш ва қабул қилиш билан боғлиқ вазифаларни бажарувчи аппаратурадир.
Abonent va stansiya majmuini abonent tizimi deb atash qabul qilingan. Abonentlarning o‘zaro aloqasini tashkil etish uchun uzatuvchi moddiy vosita kerak.
Uzatuvchi moddiy muhit — bu aloqa tarmog‘i yoki elektr signallari tarqatiladigan kenglik va ma’lumotlarni uzatish apparaturasidir.
Bunday yondashuv har qanday SHK tarmog‘ini abonentlar tizimi va kommunikatsiya tarmog‘ining majmui sifatida ko‘rib chiqishga imkon beradi. Kompyuter tarmog‘ining umumlashtirilgan tuzilmasi 9.8-rasmda ko‘rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |