International scientific-online conference: INTELLECTUAL EDUCATION
TECHNOLOGICAL SOLUTIONS AND INNOVATIVE DIGITAL TOOLS
20
http://interonconf.com
o'tkazish va ularni odamlar ongida ularni xulq-atvor stereotiplari sifatida e'tirof etilgan va
hurmat qilinadigan taraqqiyot tarzida tarjima qilish. Huquqiy tarbiya insonning huquqiy ongi
va umuman jamiyatning huquqiy madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan.
O`zbekiston Respublikasida ta'lim sohasida katta islohotlar amalga oshirilmoqda.
Yuridik texnikumlarning barpo etilishi respublkamizda huquqiy-demokratik davlat qurish,
jamiyatni rivojlantirish hamda aholi orasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni
yuksaltirishda muhim ahamiyatga ega bo`lgan yangiliklardan biridir. Ta'limning bu
bosqichida yoshlar ham fan yutuqlarini o`rganishlari, bilim olishlari va shu bilan birga ma'lum
bir kasbga ega bo`lishlari nazarda tutiladi. Bo`lajak yosh mutaxassislarning huquqiy
madaniyati tarkibiga oila va maktabda shakllangan dunyoqarashdan tashqari kasbiy
tayyorgarlikning huquqiy belgilari ham kiradi. Bu belgilar har bir sohaga xos bo`lib, o`quv-
tarbiya, amaliy mashg`ulot jarayonida o`quvchi ongi va faoliyatiga singdiriladi. Yoshlarni o`rta
maxsus kasb-hunar ta'limi, texnikumlar, kollejlarda yoshlarni tarbiyalash ularning porloq
kelajagimizning poydevori ekanligi, xalqimiz katta umid bilan ularga qarayotganligini, davlat
esa o`z qonunlari orqali yoshlar mehnatini huquqiy kafolatlayotganligini ko`rishimiz mumkin.
Huquqiy kafolatlar ishga qabo’l qilishda, mehnatga haq to`lash, qisqartirilgan ish vaqti,
iqtisodiy imtiyozlar bilan ta'minlash, bilim olish, davlat tomonidan ijtimoiy himoyalash, og`ir
va zararli ishlarda yoshlar mehnatidan foydalanishni cheklash, dam olish, davolanish,
uzluksiz ta'lim olish va boshqa huquqlarida namoyon bo`ladi. O‘quvchilarning – yoshlarning
o`zaro munosabatlari, o`qishga e'tiqodlari, mulkka munosabatlari, xulq – atvorlari va hatti –
harakatlari barchasi oila va maktab tarbiyasida o`zlashtirilgan qoidalar asosida tartibga
solinadi. Texnikum muhiti ularga birinchi kunlardanoq ta'sir o`tkazmaydi. Muhitga
moslashish har bir talabada o`ziga xos tarzda kechadi. O‘quvchi – yoshlarga yangi muhit
salbiy ta'sir ko`rsatishining oldini olish uchun yuqori kursda o`qiyotganlarning hayot
tajribalariga tayanish yaxshi natija beradi.
Xulosa o‘rnida prezidentimizning quyidagi so‘zlarini keltirib o‘tmoqchiman:–
Texnikumlarga boʻlgan yondashuvlarni oʻzgartirish kerak. Ular “institutga kirishning oson
yoʻli” emas, murakkab kasb beradigan, mehnat bozorida raqobat qiladigan tizim boʻlishi
kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Mirziyoyev SH.M. Demokratik islohotlarni izchil davom ettirish xalqimiz uchun tinch
va osoyishta, munosib hayot darajasini yaratish – barqaror taraqqiyot kafolatidir // Xalq
so’zi. 2016 yil 2 noyabr.
2. Mirziyoyev SH.M. Aholini kasb-hunarga tayyorlash va monomarkazlar faoliyatini
takomillashtirish chora-tadbirlari // Xalq so’zi 15 iyu 2022 yil. O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining SHavkat Mirziyoyevning videoselektor yigʻilishidagi ma’ruzasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |