International scientific-online conference: INTELLECTUAL EDUCATION
TECHNOLOGICAL SOLUTIONS AND INNOVATIVE DIGITAL TOOLS
89
http://interonconf.com
o‘ylagan? Javob:10 soni 4.Sakkiz tup olma daraxti bir qatorda joylashgan. Yonma-yon
joylashgan daraxtlardagi mevalar soni 1 taga farq qiladi. Barcha tuplardagi olma mevalari
soni 2007 ta bo‘lishi mumkin-mi? Javob: Mumkin emas. Toq sondagi mevasi bor daraxtlar
soni 4 ta.Ko‘pgina masala va mashqlarda o‘quvchilarni mustaqil izlanishga da‘vat etadigan
«savol tuzing», «teskari masala tuzing», «taqqoslang», «xulosa yasang» kabi ko‘rsatmalari
berilgan. Biroq tajribadan ma‘lumki bunday ko‘rsatmalar umumiy xarakatlarda bo‘lgani
sababli bolalar mustaqilligini va dars samaradorligini oshirishi uchun yetarli emas. Shuning
uchun matematik masalalar yechishda o‘quvchilar fikrlashini yo‘naltirib ularga yo‘l-yo‘riq
ko‘rsatib masalada misollarni yechish usullaridan foydalanish muvofiq bo‘ladi. Zotan,
boshlang‘ich sinflarda bolalar mantiqiy amallar: taqqoslash, tasniflash, umumlashtirish, tahlil
qilish elementlarini o‘zlashtirishlari lozim. Shuning uchun boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
oldida turgan eng muhim vazifalardan biri – bolalarni bir-biriga mantiqan bog‘liq bo‘lgan
xulosa chiqarishi, dalil bayonotlar keltirishi kabi faoliyatlarga yo‘naltirish. Mantiqiy mashqlar
bolalarga hayot tajribasiga asoslangan holda mavjud bo‘lgan matematik materialdan
foydalanish, mantiq qonunlari va qoidalarini oldindan nazariy ishlab chiqmasdan to‘g‘ri
xulosalar chiqarish imkonini beradi. Aksariyat tadqiqotchilarning fikricha, o‘quv jarayonida
mantiqiy fikrlashni rivojlantirish bu: -O‘quvchilarga o‘tilayotgan fanlarning umumiy
xususiyatlarini
solishtirish
va
farqlashni
o‘rgatish.
-Fanlarning muhim xossalarini aniqlash va ularning nomutanosibliklarini farqlash
qobiliyatlarini shakllantirish. -O‘quvchilarni
har
bir
tarkibiy
qismni
va
ajratilgan
fanlarni
tahlil
qilishga
o‘rgatish.
-O‘quvchilarning o‘z fikrlarin to‘g‘ri ekanligini isbotlash va yolg‘on xulosalarni rad etish
ko‘nikmasini rivojlantirish. -O‘quvchilarning
fikrlarini aniq, izchil va oqilona bayon etilganligiga ishonch hosil qilish.Boshlang‘ich sinflarda
bolalarning tafakkurini rivojlantirishning muhim vazifalaridan biri-bu davrda yosh o‘quvchi
uchun asosiy bo‘lgan ko‘rgazmali tafakkurdan og‘zaki mantiqiy, konseptual tafakkurga
o‘tishga ko‘maklashishdir. O‘quvchi masalalar yechish jarayonida mustaqil fikrlash
ko‘nikmalarini egalay olsa, unda matematika faniga qiziqish uyg‘onadi. Bu boradi darslarni
integratsiyalash dars samaradorligini oshiradi va o‘quvchilar birinchidan matematika faniga
qiziqishi ortadi, ikkinchidan dunyoqarashi rivojlanadi, hamda hayotiy kompetensiyalarga ega
bo‘lib boradilar. Dars jarayonida mantiqiy masalalar yechishga oid topshiriqlar berilganda
bilimlar o‘quvchilarga tayyor holda uzatilmaydi, balki avval o‘rganilgan bilimlar asosida
o‘quvchilarga savol va topshiriqlar beriladi ularga javob topish izlanish natijasida ularning
o‘zlari yangi tushunchalar hosil qiladilar va mantiqiy masalalarni hayotiy tajribasi, olgan
bilimlari asosida masalalarni yechishga kirishadilar.Natijada o‘quvchilar mustaqil fikrlash
malaka va ko‘nikmasiga ega bo‘ladi. Xulosa qilib aytganimizda, mantiqiy masalalar
o‘quvchilarning hayotiy tajribalarini ortib borishiga, hamda tevarak-atrofga sinchkovlik bilan
nazar tashlashni o‘rgatish bilan birga aqliy faoliyatini ortishiga zamin bo‘la oladi.
Donishmandlar fikri bilan aytganda bugun niholni qanday asrab avaylab o’tirish erta uning
Do'stlaringiz bilan baham: |