Teatr, xuddi biz biladiganimizdek, uzoq rivojlanish tarixini kechib o’tgan. Drama g’oyasining o’zi esa dindan kelib chiqqan. Xitoyliklarning ilk tomoshalari ularning ibodatxonalaridagi raqslar singari bo’lgan. Keyinchalik maxsus maydonchalardan foydalanila boshlandi.
ILK TEATRLAR QANAQA BO’LGAN?
Teatr, xuddi biz biladiganimizdek, uzoq rivojlanish tarixini kechib o’tgan. Drama g’oyasining o’zi esa dindan kelib chiqqan. Xitoyliklarning ilk tomoshalari ularning ibodatxonalaridagi raqslar singari bo’lgan. Keyinchalik maxsus maydonchalardan foydalanila boshlandi. Bular pardasiz, yoritilmaydigan oddiy sahnalar bo’lib, faqatgina xuddi ibodatxonalarning tomlari singari bezatilgan tomlarga ega edi.
Yaponlar ham qadim zamonlarda teatrga ega bo’lishgan. Tomoshalar turlaridan biri «No» deb atalardi va teatrning «Kabuki» shakli ham ommalashgan edi. Ular ham xuddi ibodatxonalarniki singari tomlari bo’lgan maydonchalarda o’tkazilar edi.
Qadimgi yunonlar teatr taraqqiyoti bobida haddan tashqari ko’p ishlar qilishgan. Tomoshabinlar tepalik nishabida o’tishardi. Pyesa voqealari maysazor gardishda bo’lib o’tar edi. «Skene» deb ataladigan maxsus binocha bo’lib, undan aktyorlarning chiqishi, libos almashtirishi va dekoratsiyani joylashtirish uchun foydalanishgan.

O’rta asrlarda nasroniy cherkovi teatrning barcha shakllarini qoraladi, biroq keyinchalik diniy tomoshalar cherkov hayotining muhim bo’lagiga aylandi. Dindorlar o’rta asarlarda Injildan olingan lavhalarni cherkov ibodati sifatida sahnalashtirganlar.
Yelizaveta I hukmronligi davrida teatr Angliyada ancha ilgarib ketadi. 1576 yilda aktyor Jeyms Berbij tomoshalar uchun dastlab maxsus binoni bunyod etadi. U shunchaki «teatr» deb yuritiladi.
Yelizaveta I hukmronligi davrida teatr Angliyada ancha ilgarib ketadi. 1576 yilda aktyor Jeyms Berbij tomoshalar uchun dastlab maxsus binoni bunyod etadi. U shunchaki «teatr» deb yuritiladi.
Tez orada boshqa teatrlar ham qurilgan, ularning orasida Shekspirning bir talay pyesalari — «Qizil ho’kiz» va «Qora rohiblar» sahnalashtirilgan «Globus» ham bor edi. Tomoshabinlar mag’okda sahna oldida yoki tevaragida turishar yoxud sahna tevaragidagi yoinki ustidagi kabinalarda o’tishardi. Bizning zamonaviy teatrimiz aynan shu dastlabki ingliz teatri bag’ridan o’sib chiqqan.