tracert utilitasi, ayniqsa masofadagi xostga ulanib bo’lmaganda, pingga qaraganda ko’proq ma’lumotli va qulayroq bo’lishi mumkin. Marshrut qanchalik uzoqqacha nazorat qilinishiga qarib utilita aloqa muammolari hududini (internet-provayderdami, tayanch tarmoqdami, masofadagi xost joylashgan tarmoqdami) aniqlab berishi mumkin. – muammo yuzaga kelganda ekranga yulduzcha (*) belgilarini yoki «Destination net unreachable», «Destination host unreachable», «Request time out», «Time Exceeded» ga o’xshash xabar chqariladi.
Tracert dasturi quyidagi tarzda ishlaydi: masofadagi xostgacha qo’yilgan marshrut o’tadigan har bir xostga 3 tadan sinov exo-paketini yuboradi. Bunda ekranda har bir paket uchun ketagan kutish vaqti aks etadi (bu qiymatni -w parametri orqali o'zgartirish mumkin). Paketlar har xil mavjudlik vaqtlari (TTL) bilan yuboriladi. Paket o’tadigan har bir marshrutizator uni qayta yo’naltirishdan oldin TTL qiymatini 1 ga kamaytiradi. Shunday qilib, mavjudlik vaqti paketni yetkazish uchun o’tilgan oraliq nuqtalar (xoplar) hisoblagichi vazifasini ham bajaradi. Paketning mavjudlik vaqti nolga teng bo’lganda marshrutizator manba-kompyuterga “Time Exceeded” (Vaqt o'tdi) ICMP-xabarini yuboradi, deb hisoblanadi. Marshrut TTL=1 bo’lgan birinchi echo paketini yuborish orqali aniqlanadi. Keyin paket uzoq kompyuterga etib borguncha yoki maksimal maksimal TTLga yetguncha har bir keyingi paketda TTL 1 ga ko'paytiriladi (odatda sukut 30 ga teng bo’ladi, -h parametr yordamida o’zgartirilishi mumkin).
Marshrut oraliq marshrutizatorlar ortga yuborgan ICMP-xabarlarni o’rganish orqali aniqlanadi.
Izoh: ba’zi marshrutizatorlar TTL vaqti tugagan paketlarni javobsiz o’chirib yuborishadi, shuning uchun ularni tracert ko’rsata olmaydi.
Bu utilitaning sintaksisi quyidagicha:
tracert [-d] [-h maksimum_hops] [-j host-list] [-w timeout] target_name,
bunda: -d xostlar nomiga tegishli manzillarni ko’rsatish kerakmasligini bildiradi;
-h maksimum_hops manzilni topish uchun yuboriladigan eng ko’p hoplar soni ko’rsatiladi;
-j host-list berilgan xostlar ro’yxartiga mos qat’iy bo’lmagan statik marshrut ko’rsatiladi;
-w timeout har bir paket uchun javobni qancha vaqt (msek) kutish kerakligi ko’rsatiladi.
4. arp utilitasi
ARP protokolining asosiy vazifasi – IP-manzillarni mos lokal manzillarga o’girib berish. Buning uchun ARP-protokol ARP-jadvaldan (ARP-kesh) foydalanadi. Agar kerakli yozuv jadvalda topilmasa, u holda ARP IP-manzil egasini topush uchun local nimtarmoqda joylashgan barcha kompyuterlarga keng ko’lamli so’rov yuboradi. Kesh-xotirada ikki xil yozuv mavjud bo’lishi mumkin: statik va o’zgaruvchan (dinamik). Statik yozuvlar qo’lda kiritiladi va keshda doimo saqlanadi. O’zgaruvchan yozuvlar keshga keng ko’lamli so’rovlar natijasi asosida yoziladi. Bunday yozuvlarga nisbatan mavjudlik vaqti tushunchasi ishlatiladi. Agar ma’lum bir vaqt ichida (odatda 2 min) yozuvga ehtiyoj bo’lmasa, bu yozuv keshdan o’chirib yuboriladi.
Bu utilitaning Sintaksisi quyidagisha:
arp -s inet_addr eth_addr [if_addr] yoki
arp -d inet_addr [if_addr] yoki
arp -a [inet_addr] [-N if_addr] [-v]
bunda: -d xost nomlarining tarmoq manzillarini topish shart emasligini ko’rsatadi;
-s statik yozuvlarni kesh-xotiraga joylash;
-d ko’rsatilgan IP-manzilga tegishli kesh-yozuvni o’chirish;
-a lokal kompyuterning barcha tarmoq adapterlariga tegishli kesh-yozuvlarni ko’rsatish. Agar inet_addr berilgan bo’lsa, faqatgina shu kompyuterdagi IP- va MAC-manzillar ko’rsatiladi;
-v mavjud ARP yozuvlarini batafsil qayd etish holatida aks ettiradi отображает текущие ARP-записи в режиме подробного протоколирования;
inet_addr IP-manzil;
eth_addr MAC-manzil;
if_addr o’zgartirilayotgan manzillarni moslash jadvali joylashgan interfeys manzili.
5. route utilitasi
route utilitasi o’z marshrutlash jadvali bilan ishlash uchun mo’ljallangan va quyidagicha sintaksisga ega:
route [-f] [-p] [buyruq [tugun][MASK niqob][shlyuz][METRIC o’lchov][IF interfeys]]
Uning parametrlari:
-f marshrutlash jadvalini tozalash;
-p ADD buyrug’i bilan birga ishlatilganda kompyuter qayta yuklanganda saqlanib qoladigan doimiy yozuvni shakllantiradi. Odatda qayta yuklanganda marshrutlash jadvalidagi yozuvlar saqlanmaydi;
buyruq quyidagi to’rtta buyruqlardan biri:
PRINT – marshrut haqidagi ma’lumot chop etiladi;
ADD – marshrut qo’shiladi;
DELETE – marshrut o’chiriladi;
CHANGE – marshrut o’zgartiriladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |