Tcp/ip stekining utilitalari Ishdan maqsad: tcp/ip steki utilitalari bilan ishlashni amaliy o’rganish. Nazariy qism



Download 0,5 Mb.
bet2/7
Sana31.08.2021
Hajmi0,5 Mb.
#161502
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-amaliy mashg’ulot

Amaliy ish

1. ipconfig buyrug’i yordamida TCP/IP sozlamalarining holatini tekshirish


TCP/IP tarmog'idagi muammolar va nosozliklarni bartaraf etishda avvalo TCP/IP sozlamalari to'g'riligini tekshirish kerak. Buning uchun ipconfig utilitasi ishlatiladi.

Bu buyruq ko’proq DHCP (Dynamic Host Configuration Protocol) protokoli ishlatiladigan tarmoqqa ulangan kompyuterlar uchun muhim — foydalanuvchilarga TCP/IP tarmoq konfiguratsiyasi va DHCP tomonidan o'rnatilgan o’lchamlarni ko’rish imkonini beradi.

Bu xizmat utilitasidan foydalanish uchun quyidagi buyruqni yozish kerak:

ipconfig


Bu buyruq quyidagi qo’shimcha sozlanmalar bilan ishlatilishi mumkin:

/all barcha parametrlarni ko’rsatish. Bu parametr ishlatilmasa, faqatgina IP-manzil, niqob va shlyuz manzilini ko’rsatadi;

/renew [adapter] ko’rsatilgan tarmoq adapteri uchun ma’lumotlarni qayta ko’rsatadi;

/release [adapter] ko’rsatilgan tarmoq adapteri uchun DHCP ajratgan IP-manzilni olib tashlaydi;

Bu yerda adapter – tarmoq adapterining nomi.

Shunday qilib, ipconfig utilitasi quyidagi hollar uchun konfiguratsiya o’rnatilganligi va IP-manzillar takrorlanmayotganligini aniqlashga imkon beradi:



  • agar konfiguratsiya o’rnatilgan bo'lsa, u holda IP-manzil, niqob, shlyuz ko’rsatiladi;

  • agar IP-manzil takrorlangan bo'lsa, tarmoq niqobi 0.0.0.0 bo'ladi;

  • agar DHCP ishlayotgan tarmoqda kompyuter DHCPdan IP-manzil olmagan bo’lsa, u 0.0.0.0 ga teng bo'ladi.


2. ping utilitasini ishlatish orqali tarmoqni tekshirish


ping (Packet Internet Grouper) utilitasi TCP/IP sozlamalarini tekshirish va bog’lanish xatolarini aniqlash uchun ishlatiladi hamda aniq bir xostning tarmoqda mavjudligi va faoliyatdaligini ko’rsatib beradi. O’z kompyuteri va tarmoqdagi biror xost o’rtasida paketlar o’tadigan marshrut bor yoki yo’qligini aniqlashning eng yaxshi usuli – bu ping buyrug’idan foydalanishgir. Xost – bu boshqa tarmoq qurilmalari bilan TCP/IP orqali ma'lumot almashadigan har qanday tarmoq qurilmasi (kompyuter, marshrutizator).

ping buyrug'i masofadagi xost bilan aloqa borligini ushbu xostga ICMP exo (ing. echo – aks-sado) – nazorat paketlarini yuborish va aks javoblarni qabul qilish orqali tekshiradi. ping har bir yuborilgan paketni qaytishini kutadi va yuborilgan va qabul qilingan paketlar sonini chop etadi. Har bir qabul qilingan paket uzatilgan xabarga muvofiqligi tekshiriladi. Agar xostlar o'rtasidagi aloqa yomon bo'lsa, qancha paketlar yo'qolganligi ping xabarlaridan aniq bo'ladi.

Odatda uzunligi 32 bayt bo'lgan yuqori registrdagi alfavit belgilarining davriy ketma-ketligidan iborat 4 ta exo paketi yuboriladi (odatiy sozlama qilib boshqacha variantlar o’rnatilgan bo’lishi ham mumkin). ping paketlar o’lchamlari va sonini, foydalanilayotgan marshrutni saqlab turish kerak yoki yo’qligini, paketlarning mavjudlik vaqti – TTL (ing. Time To Live – yashash vaqti) qanchaligini, paketni bo’laklash mumkinligi yoki yo’qligini va boshqa o’lchamlarni o’zgartirish imkonini beradi. Javob olinganda yuborilgan paketning masofadagi xostga borib, qaytishiga ketgan vaqti time maydoniga millisekundlardа yozib qo’yiladi. Javob qaytib kelishi uchun ajratilgan odatdagi vaqt 1 sekund bo’lgani sababli ushbu maydonning barcha qiymatlari 1000 millisekunddan kam bo'ladi. Agar javob sifatida «Request time out» (kutish vaqti tugadi) xabari berilsa, u holda paketning masofadagi xostga borb-kelishi uchun ajratilgan vaqtini ko’paytirish kerak bo’lishi mumkin. Buni –w sozlama belgisi orqali amalga oshirish imkoni bor.



ping buyrug’idan xost nomi (DNS yoki NetBIOS) ni ham, uning IP-manzilini ham tekshirish uchun foydalanish mimkin. Agar ping IP-manzili uchun muvaffaqiyatli natija bersayu, xost nomida xatolik yuz bersa, demak, muammo tarmoq ulanishida emas, manzil va xost nomining mosligini aniqlashda bo’ladi.

ping utilitasi quyidagi shakllarda ishlatilishi mumkin:

  1. o’z kompyuterida TCP/IP o’rnatilganligi va to’g’ri sozlanganligini tekshirish uchun “ortga qaytib bog’lanish” manzili (loopback address) beriladi:

ping 127.0.0.1

Agar tekshiruv muvaffaqiyatli yakunlansa, quyidagi natijani ko’rish mumkin:





  1. Kompyuterning tarmoqqa to’g’ri qo’shilganini va IP-manzil takror ishlatilmaganiga ishonch hosil qilish uchun lokal kompyuterining IP-manzili ko’rsatiladi:

ping lokal_xost_IP-manzili

  1. Shlyuz faolligini va lokal tarmoqdagi ixtiyoriy lokal xost bilan aloqa o’rnatish mumkinligini tekshirish uchun shlyuzning IP-manzili ko’rsatiladi:

ping shlyuz_IP-manzili

  1. Marshrutizator orqali aloqa o’rnatish imkoniyatini tekshirish uchun masofadagi xost manzili ko’rsatiladi:

ping masofadagi_xost_IP-manzili

Ushbu utilitada quyidagi qo’shimcha sozlanmalarni qo’llanadi:

-t ping buyrug’i sun’iy uzilish yuz bermaguncha bajariladi:
- – statistikani ko’rish va davom ettirish;
- – buyruq bajarilishini to’xtatish;

-a masofadagi kompyuterning IP-manzili orqali uning domen nomini aniqlash imkonini beradi;

-n count count parametri orqali ko’rsatilgan marta exo paketlar jo’natadi;

-i TTL paketning mavjudlik vaqtini TTL parametri orqali belgilaydi (har bir marshrutizator TTL qiymatini 1 ga kamaytiradi);

-l length paket uzunligini baytlarda length parametri orqali belgilaydi (maksimal qiymat 8192 bayt);

ping utilitasini ishlatilishiga misol:

Xost bilan bo’g’lanishni tekshirish imkoni bo’lmagan holda xato xaqida ma’lumot ko’rsatiladi. Quyidagi misolda mavjud bo’lmagan xostga so’rov yuborishga urinishdan so’ng olingan javob ko’rsatilgan:



E’tibor bering, utilita xost mavjudmasligi emas, yuborilgan so’rovga ajratilgan vaqt ichida javob qaytib kelmagani haqida xabar beradi. Buning sababi har doim ham xostning mavjudmasligida emas. Muammo aloqadagi uzilishlarda, tarmoqning ortiqcha yuki yoki marsrutizatorning noto’g’ri sozlanganligi va hokazolarda ham bo’lishi mumkin. “Tarmoq mavjud emas” (network unreachable) xatosi marshrutizatsiyada muammo borligini ko’rsatadi.


3. tracert utilitasi yordamida tarmoq ulanishlari orasidagi marshrutlarni o'rganish.


tracert – marshrut yo’lini o’tish va yo'ldagi barcha hostlar haqida ma'lumot chiqarish utilitasi. Bu utilita bir xostdan ikkinchisiga xabar yuborish marshrutini IP-paketning TTL maydoni va ICMP xatolari haqidagi xabarlar asosida aniqlaydi.


Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish