T/R
|
Mazmuni
|
Ballar
|
1
|
Bunda berilgan chizma va qonun qoidalardan to’la qonli to’g’ri ishlansa va to’g’riligi isbotlansa.
|
5
|
2
|
Bunda berilgan chizma va qonun qoidalardan ishlashda 3 tagacha xatolikka yo’l qo’yilsa
|
4
|
3
|
Bunda berilgan chizma va qonun qoidalardan ishlashda 5-6 tagacha xatolikka yo’l qo’yilsa
|
3
|
4
|
Bunda berilgan chizma va qonun qoidalardan ishlashda 7 tadan ortiq xatolikka yo’l qo’yilsa
|
2
|
5
|
Bunda berilgan chizma va qonun qoidalardan to’g’ri ishlashda qo’pol xatolikka yo’l qo’yilsa
|
1
|
1.Og’zaki so’rov quyidagi mezonlar asosida baholanadi
T/R
|
Mazmuni
|
Ballar
|
1
|
Mavzu to’liq ,asosiy fikr va tushunchalar to’la qonli o’zlashtirilishiga erishilsa
|
5
|
2
|
Mavzu asosan,asosiy fikr va tushunchalar qisman o’zlashtirilishiga erishilsa
|
4
|
3
|
Mavzu qisman o’zlashtirilishiga erishilsa
|
3
|
4
|
Mavzuning ba’zi elementlarini o’zlashtirilishiga erishilsa
|
2
|
5
|
Mavzuning o’zlashtirilishi yuqoridagi talablar darajasida bo’lmasa
|
1
|
Mavzu : Bir va uch fazali o‘zgaruvchan tok elektr zanjirlari.
Reja:
1.Bir fazali o‘zgaruvchan tok zanjiri.
2.Uning aktiv, induktiv va sig‘im qarshiliklari.
3.Induktiv qarshilikli zanjir. Sig‘im qarshilikli zanjir.
Asosiy tushunchalar
Elektr yurituvchi kuchi (EYUK), kuchlanishi, tokning qiymati va yo‘nalishi sinusoidal qonun asosida davriy o‘zgaruvchi elektr zanjirlari o‘zgaruvchan tok zanjirlari deyiladi. Har qanday elektr zanjir qarshilik R ga, induktiv L ga va sig‘im S ga ega bo‘lishi mumkin. Sinusoidal EYUK, kuchlanish va tokli generator, motor, transformator va elektr uzatkichlarning foydali ish koeffitsientlari (FIK) nosinusoidalnikiga qaraganda yuqori (quvvat isrofi kam), ularni hisoblash esa ancha oson bo‘lgani uchun texnikada sinusoidal EYUK lardan keng foydalaniladi. O‘zgaruvchan tok manbalari sifatida sinxron generatorlar ishlatiladi. Ular o‘zgarmas tok generatorlariga nisbatan arzonroq, ishda ishonchliroq, katta quvvat va yuqori kuchlanishlarda ishlatilishi mumkin. Generator kuchlanishi transformator bilan kerakli qiymatgacha kuchaytirilishi va uning energiyasini uzoq masofalarga tejamli uzatilishi mumkin.
O‘zgaruvchan tokli qurilmalardagi asosiy kamchilik–ularning quvvat koeffitsienti ( ) ning pastligidir.
O‘zgaruvchan tokni hosil qilish
O‘zgaruvchan tok generatorining eng sodda ko‘rinishi 1-rasmda berilgan.
Starter qutblari o‘rtasiga sirti o‘ramga ega bo‘lgan silindrik yakor o‘rnatilgan. Starter va rotor o‘rtasidagi bo‘shliq ichidan o‘tuvchi magnit chiziqlari yakorga radial (radiusi bo‘yicha) yo‘nalgan.
Magnit qutblariga shunday shakl berilganki, havo bo‘shlig‘ida magnit induksiyasi sinus qonuni bo‘yicha o‘zgaradi:
bu erda Bm- qutb o‘rtasida maksimal magnit induksiyasi;
-yakor o‘qidan o‘tuvchi OO neytral tekislik bilan huddi o‘sha o‘q hamda yakor sirtidagi ixtiyoriy nuqtadan o‘tuvchi tekislik orasidagi burchak.
YAkor o‘zgarmas burchak tezlik bilan aylanganda o‘ramning har bir aktiv tomonida qo‘zg‘atilgan EYUK ning oniy qiymatlari:
Bunda - yakorning uzunligi (m); V – yakorning chiziqli tezligi (m/s).
O‘ramning aktiv tomonlari o‘zaro ketma-ket ulangan, shu sababli o‘ramda qo‘zg‘atilgan EYUK:
Agar yakorda bitta o‘ram o‘rniga o‘ramli g‘altak bo‘lsa:
bo‘lsa EYUK maksimal bo‘ladi.
SHunday qilib,yakor g‘altagidagi induksiyalangan EYUK:
Do'stlaringiz bilan baham: |