O’quv materialini mustaxkamlash
Yangi o’quv materialini o’zlashtirish darajasini tekshiriladi. O’quv ko’rgazmali materiallar.
Mavzuni mustahkamlash uchun kichik guruhlarda ishlash.
O’quvchilar kayfiyatini ko’tarish uchun qiziqarli ma’lumotlar berish.
|
Talabalar berilgan savollarga javob beradilar va yozib oladilar
O’z mustaqil fikirlarini yozishadi
O’z mustaqil fikirlarini bildirishadi
|
3-bosqich. Yakuniy qism.
(10 daqiqa)
|
Uyga vazifa beriladi. O`tilgan mavzuni o`qib kelish, mavzuga oid savollarga javob topish
|
Tinglaydilar va savollar beradi
Berilgan vazifani yozib olishadi.
|
Baxolash mezonlari
1.Bajargan har-bir ishi uchun quyidagi mezonlar asosida baxolanadi.
T/R
|
Mazmuni
|
Ballar
|
1
|
Bunda berilgan chizma va qonun qoidalardan to’la qonli to’g’ri ishlansa va to’g’riligi isbotlansa.
|
5
|
2
|
Bunda berilgan chizma va qonun qoidalardan ishlashda 3 tagacha xatolikka yo’l qo’yilsa
|
4
|
3
|
Bunda berilgan chizma va qonun qoidalardan ishlashda 5-6 tagacha xatolikka yo’l qo’yilsa
|
3
|
4
|
Bunda berilgan chizma va qonun qoidalardan ishlashda 7 tadan ortiq xatolikka yo’l qo’yilsa
|
2
|
5
|
Bunda berilgan chizma va qonun qoidalardan to’g’ri ishlashda qo’pol xatolikka yo’l qo’yilsa
|
1
|
1.Og’zaki so’rov quyidagi mezonlar asosida baholanadi
T/R
|
Mazmuni
|
Ballar
|
1
|
Mavzu to’liq ,asosiy fikr va tushunchalar to’la qonli o’zlashtirilishiga erishilsa
|
5
|
2
|
Mavzu asosan,asosiy fikr va tushunchalar qisman o’zlashtirilishiga erishilsa
|
4
|
3
|
Mavzu qisman o’zlashtirilishiga erishilsa
|
3
|
4
|
Mavzuning ba’zi elementlarini o’zlashtirilishiga erishilsa
|
2
|
5
|
Mavzuning o’zlashtirilishi yuqoridagi talablar darajasida bo’lmasa
|
1
|
1-Mavzu : Kirish. Elektromagnit maydon haqida umumiy tushuncha
Reja:
Elektr maydoni haqida ma’lumot.
Elektr maydoni asosiy qonuni.
3 Elektr maydoni kuch chiziqlari
Elektromagnit maydon — elektr zaryadlarning o`zaro ta`siri bevosita amalga oshadigan fizik reallik; materiyaning alohida shakli. Elektr va magnit maydonlarning kuchlanganligi (induksiyasi) bilan ifodalanadi. J. Maksvell Elektromagnit maydon nazariyasini elektromagnit hodisalarning barcha asosiy qonuniyatlarini ifodalovchi bir necha tenglamalar sistemasi ko`rinishida ifodalagan (1860). J. Maksvell nazariyasining asosida elektr va magnit maydonlarning o`zaro uzviy bog`lanishda ekanligini ifodalovchi ushbu 2 g`oya yotadi: 1) vaqt davomida o`zgaruvchi har qanday magnit maydon elektr maydonni yuzaga keltiradi va 2) vaqt davomida o`zgaruvchi har qanday elektr maydon magnit maydonni yuzaga keltiradi. J. Maksvellning birinchi g`oyasi to`g`riligini elektromagnit induksiya hodisasi tasdiqlaydi, ikkinchisini esa G. Gers elektromagnit to`lqinlarni kashf qilishi bilan isbotladi. Maxsus shartsharoitlarda Elektromagnit maydon elektr maydon yoki magnit maydon ko`rinishida mavjud bo`lishi mumkin. Moddiy jismlar tarkib topgan atomlar teng miqdordagi musbat va manfiy elektr zaryadlarga ega. Atomdagi bu zaryadlarning Elektromagnit maydon orqali o`zaro ta`sir qilishi har qanday holatdagi jism (gaz, suyuqlik, qattiq jism, plazma)ning xususiyatlarini belgilaydi. Elektromagnit o`zaro ta`sir tabiatda mavjud uch xil fizik o`zaro ta`sirlarning biri hisoblanadi.
Zaryadlarning fazoda qanday taqsimlanganligi va qanday harakat qilishi ma`lum bo`lsa, bu zaryadlar hosil qilgan Elektromagnit maydon kattaliklarini aniqlash mumkin.
Magnit maydon — harakatlanayotgan elektr zaryadlarga va magnit momenpish jismlarga ta`sir qiladigan kuch maydoni. M. Faradey birinchi marta 1845-yilda fanga kiritgan. U elektr o`zaro ta`sirlar ham, magnit o`zaro ta`sirlar ham yagona moddiy maydon yordamida amalga oshadi, deb hisoblagan. Elektromagnit maydonning klassik nazariyasini J. Maksvell yaratgan (1873). O`zgaruvchi Magnit maydon o`zgaruvchi elektr maydon bilan uzviy bog`langan. Magnit maydon harakatdagi elektrlangan jismlar, elektr tokli o`tkazgichlar va magnitlangan jismlar atrofida hosil bo`ladi (rayemga q.). Elektr toki hosil qiladigan Magnit maydon Bio— Savar — Laplas qonuniga, Magnit maydon ning elektr tokiga ta`siri esa Amper qonuniga asosan aniqlanadi.
Magnit maydon mikrodunyo hodisalarida, kosmik ob`yektlarda ham kuzatiladi. Mikrodunyo hodisalaridagi Magnit maydon, asosan, barcha zarralarning magnit momentga ega bo`lishligiga, harakatlanuvchi elektr zaryadiga Magnit maydon ko`rsatadigan ta`sirga bog`liq. Bular esa moddalardagi paramagnetizm, diamagnetizm, ferromagnetizm, antiferromagnetizm, magnit rezonans, magnitooptika hodisalari, Faradey effekti kabi hodisalarni yuzaga keltiradi.
Harakatlanuvchi elektr zaryadi Magnit maydon da tekis aylanma (vint chizig`i bo`yicha) harakat qiladi. Magnit maydonning ayrim joylarida elektr zaryadlarning harakat yo`nalishi qarama-qarshisiga o`zgarishi mumkin. Magnit maydonning bunday joylari magnit ko`zgular deyiladi. Magnit maydon ta`sirida atom ichidagi elektronlar qo`shimcha harakat qiladi. Atomning nurlanishi Magnit maydon ta`sirida o`zgaradi (qarang Zeyeman effekti). Jismda tarqaluvchi yorug`likning qutblanish tekisligi Magnit maydon ta`sirida ma`lum burchakka buriladi (Faradey effekti). Yer, Quyosh singari ko`pgina moddiy sistemalar Magnit maydon ga ega. Quyosh dog`lari kuchli Magnit maydon bilan bog`langan. Quyoshdagi o`zgarishlar natijasida Yer Magnit maydonning kuchli g`alayonlanishi — magnit bo`ronlari hosil buladi. Kosmosni o`zlashtirish, yadrolarni sintez qilish, plazma fizikasi va boshqa sohalardagi fan va texnika masalalari Magnit maydon ni o`rganish bilan bog`liq. Magnit maydon, asosan, kucheiz (500 Gs), o`rtacha (500 Gs dan 40 kGs gacha), kuchli (40 kGs dan 1 MGs gacha) va o`ta kuchli (1 MGs dan yuqori) xillarga bo`linadi. Kuchsiz va o`rtacha Magnit maydondan elektronika, elektrotexnika radiotexnikada, shuningdek, 500 Gs dan 40 kGs gacha bo`lgan Magnit maydondan zaryadli zarralar tezlatkichlari, Vilson kamerasi, pufakli kamera, mass-spektrometr kabi kurilmalarda foydalaniladi. Kuchli va o`ta kuchli Magnit maydon, asosan, qattiqjismlar fizikasida, ferromagnetizm va antiferromagnetizm xossalarini o`rganishda, magnitogidrodinamik generator va boshqalarda ishlatiladi. Kucheiz va o`rtacha Magnit maydon doimiy magnitlar, elektr magnitlar, o`ta o`tkazuvchi magnitlar, solenoidlar (elektr toki utkazgichi) yordamida, kuchli Magnit maydon yo`naltirilgan portlatish usulida olinadi (oxirgi usulda mis quvur ichida oldindan kuchli impulyeli Magnit maydon hosil qilinadi va u kuchli portlashning radial bosimiga duchor qilinadi).
Nazorat savollari
Elektr maydon qanday hosil bo‘ladi?
Elektr zaryadlarini tushintirib bering?
Elektr maydonlarining qanday qonunlarini o‘rgandingiz?
Foydalanilgan adabiyotlar
M. T. Turdiev “Elektrotexnika va elektronika asoslari” . O‘quv qo‘llanma. Toshkent 2020y.
I. B. Xaliqulov, M. M. Nishonova, “Elektrotexnika materiallari” O‘quv qo‘llanma 2006y.
M. S. Yakubov, N. F. Jabborov, S. F. Аmirov “Elektrotexnikaning nazariy asoslari va elektr o‘lchashlar” Toshkent . O‘quv qo‘llanma 2002y.
Do'stlaringiz bilan baham: |