BOSh ILMIY-METODIK MARKAZ
22
Kredit modul tizimi va o‘quv jarayonini tashkil etish
1-MAVZU: TA’LIM SOHASIGA OID QONUN, QONUNOSTI
HUJJATLARI VA ULARNING MAZMUNI (2 soat)
Reja:
1. Ta’lim sohasini boshqarishning huquqiy asoslari hamda sohaga oid qonun
hujjatlari.
2. Oliy ta’lim tizimining qonunosti hujjatlari va ularning mazmuni.
3. Davlat ta’lim standartlar, o‘quv rejalar, fan dasturlari va boshqa huquqiy
hujjatlar.
4. Ta’lim muassasalarida korrupsiyani oldini olish va unga qarshi
kurashishning huquqiy va ma’naviy-ma’rifiy asoslari.
Tayanch tushunchalar:
Normativ-huquqiy hujjat, qonun, qonunosti hujjatlar,
qonunosti hujjatlarining turlari, farmon, qaror, farmoyish, buyruq, yo‘riqnoma,
davlat ta’lim standartlari, ta’lim, yo‘nalishlari, va mutaxassisliklari klassifikatori,
malaka talablari, o‘qitishning me’yoriy muddati, o‘quv fanlari bloki, o‘quv rejasi,
o‘quv fani dasturi, malaka amaliyoti, yakuniy davlat attestatsiyasi, o‘qitish sifatini
nazorat qilish, ta’lim sifatini nazorat qilish, korrupsiya, huquqbuzarlik, manfaatlar
to‘qnashuvi, idoralararo komissiya, davlat dasturi.
1.1. Ta’lim sohasini boshqarishning huquqiy asoslari hamda sohaga oid
qonun hujjatlari.
Ta’lim sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, ta’lim tizimini isloh
qilishning muhim vositasi — ta’limga oid normativ-huquqiy hujjatlar bo‘lib, uni
qo‘llash, amaliyotga tadbiq qilish muhim hisoblanadi. Ta’lim tizimidagi
qonunchilikning holati, boshqa sohalarda bo‘lgani kabi yangi qonunlar qabul
qilinayotganligi va ularning amal qilayotganligidan guvohlik beradi. Ushbu
qonunlar yig‘indisi qonunchilikning yangi tarmog‘i — ta’lim qonunchiligini tashkil
etmoqda. Davlatimizning ta’lim sohasidagi amaliy faoliyati uning ko‘p qirrali
faoliyatida muhim va mustaqil funksiya sifatida namoyon etilmoqda.
Ta’limga oid normativ-hujjatlar fuqaroning ta’lim olishga oid konstitutsiyaviy
huquqini ta’minlash, ta’lim tizimini huquqiy tartibga solish, moliyaviy va moddiy-
texnik ta’minlash, ta’lim va kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini rivojlantirishga
yordam beradi.
1
Normativ-huquqiy hujjat tushunchasining ta’rifi shu haqda qabul qilingan
O‘zbekiston qonunida berilgan. 2012 yil 24 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston
Respublikasining O‘RQ-342-sonli Qonuni asosida amaldagi (2000 yil 14 dekabrda
1
Қаранг: Давлат ва ҳуқуқ назарияси: Дарслик / Х.Т.Одилқориев, И.Т.Тультеев ва бошқ.; проф. Х.Т.Одилқориев таҳрири остида. — Т.:
«Sharq», 2009. — 592 б.
Do'stlaringiz bilan baham: |