28
Kitob saqlash bo„limi bosma nashrlar va boshqa materiallarning asosiy
fondini saqlash uchun, hamda o„quv zallarida foydalanish, kutubxonalararo
abonement bo„yicha berishni amalga oshiradi. Ba‟zan bo„lim qoshida adabiyotlarni
restavratsiya (ta‟mirlash), noyob kitoblar va qo„lyozmalar sektori tashkil qilinadi.
Xizmat ko„rsatish bo„limi o„quv zali, abonement, kutubxonalararo
abonement ishlarini tashkil qiladi. Bo„lim qoshida ommaviy ishlar sektori ishlab
turadi.Ba‟zi kutubxonalarida bunday yig„ma bo„lim yo„q. O„quv zali, abonement,
kutubxonalararo abonement uchta mustaqil bo„lim sifatida faoliyat ko„rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |