Tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy


TINGLOVCHINING MALAKA OSHIRISH DAVRIDA O„Z-O„ZINI



Download 1,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/19
Sana29.12.2021
Hajmi1,41 Mb.
#77839
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
namuna uchun malaka ishi

TINGLOVCHINING MALAKA OSHIRISH DAVRIDA O„Z-O„ZINI 

RIVOJLANTIRISHI VA MUSTAQIL BILIM ORTTIRISHI BO„YICHA 

BAJARILGAN ISHLARI 

ABDULLA QODIRIYNING “O‟TGAN KUNLAR” ROMANI HAQIDA 

―O‘tgan  kunlar‖  ma‘no  mundarija  doirasi  nihoyatda  keng.  Unda  xilma-xil 

insoniy  taqdirlar,  ijtimoiy-siyosiy,  ma‘naviy-ahloqiy,  oilaviy-ishqiy  muammolar 

qalamga  olingan.  Binobarin  el-yurtning  mustaqilligi  birligi  masalasi  romanning 

pafosini  tashkil  etadi.  Asarning  bosh  qahramonlari  Otabek  va  Yusufbek  xojilar  

shu  yurt  istiqboli,  farovonligi,  osoyishtaligi  yo‘liga  hayotni,  jonni  tikkan  fidoiy 

kishilardir.  ―O‘tgan  kunlar‖  bamisoli  ulkan  va  tiniq  ko‘zgu,  unda  o‘zbek 

millatining  muayyan  tarixiy  sharoit,  vaziyatdagi  turmushi  ,  urf-odatlari,  ruhiy-

ma‘naviy  dunyosi,  bo‘y-basti,  qiyofasi  keng  kolamda  aniq  ravshan 

gavdalantirilgan.  ―O‘tgan  kunlar‖  bir  qarashda,  an‘anaviy  ishq  dostonlarini  ham 

eslatadi.  Unda  Otabek  bilan  Kumushning  ishqiy  sarguzashtlari,  fojeasi  juda  katta 

maxorat  bilan  tasvir  etilgan.  Asardagi  ishqiy  sarguzashtlar  kitobxonni  xayajonga 

soladi,  Otabek  bilan  Kumushning  go‘zal  baxtini  barbod  etganomillar  kishini 

chuqur  o‘yga  to‘ldiradi.  Muallif  oshiqlarning  ishqiy  sarguzashtlari  bahonasida 

muayyan  tarixiy  davrni  –  Turkiston  rus  bosqini  arafasidagi  ahvoli, qora  kunlarini 

ko‘z oldimizda gavdalantiradi.  

Qodiriy ishqiy sarguzashtlar ko‘rinishida o‘lkaning tutqinlikka tushishiniing 

bosh  sababi  jaholat,  qoloqlik  va  o‘zaro  ichki  nizolar  degan  fikrni  g‘oyat  ustunlik 

bilan  aytadi.  Garchi  romanda  adib  shaxs  xarakteri  va  qismatini  muxit,  sharoit, 

ijtimoiy muammolar bilan chambarchas aloqadorlikda tasvir va tahlil etsada, inson 

shaxsining  muxit  va  sharoitga  bog‘liq  bo‘lmagan  tug‘ma,  sirli-sehrli  g‘aroyib 

shevalariga ham e‘tiborni tortadi. Bu jixat bir oila, bir xil sharoitda tug‘ilib voyaga 

yetgan saviya-xarakter, surat va siymo vajidan ikki olam – egachi-singil Zaynab va 

Xushro‘ybibi  obrazlarining  talqini  g‘oyat  ibratlidir.  Biri  mute,  itoatkor,  nuqul 

o‘zgalar izni bilan ish ko‘radi; Ikkinchisi esa dadil, mustaqil, o‘z baxti va taqdiri 

uchun  faol  kurash  olib  boradi.  Yozuvchi  bu  ikki  shaxs  xarakteriga  xos  tug‘ma 




Abdullaeva F.I.

 

38 



hususiyatlarni  sharxlash  bilangina  cheklanmaydi,  bunday  xislatlarning  o‘sha 

kimsalar, qolaversa o‘zgalar taqdiriga ko‘rsatgan ta‘siri, fojiyaviy oqibatlarni ham 

ifoda  etadi.  O‘zini  boshqalar  ixtiyoriga  topshirib  qo‘ygan  Zaynab  shu  ojizligi 

tufayli  o‘z  baxtiga  zomin  bo‘libgina  qolmay,  yana  o‘sha  ojizligi  tufayli  o‘zgalar 

qutqusi  orqasida  beixtiyor  jinoyatga  qo‘l  uradi  –  Kumushga  zaxar  beradi. 

Mustaqillik,  dadillik  –  yaxshi  xislat,  biroq  unga  xudbinlik  aralashsa  baloi  azimga 

aylanishi  mumkin.  Xushro‘ybibi  o‘z  baxti  uchun  kurashadi,  shaxsiy  manfaatlari 

yo‘lida hech narsadan qaytmaydi, birovlarning ko‘z yoshlarihisobiga, o‘zgalarning 

baxti qaroligi evaziga oz baxtini tiklaydi.  

Romandagi  O‘zbek  oyim  obrazi  nihoyatda  tabiiy  va  go‘zal  siymolardan 

biridir. Dumbul tabiat bu ayol o‘g‘li Otabek, qolaversa kelinlari – Kumush, Zaynab 

taqdirlarining  chigallashib  ketishi, oxiri  fojiaga  yuz  tutishida bosh  sababchi  ekani 

ayon.  Biroq  har  qancha  gunohkor  bo‘lmasin,  o‘ta  andishali  adib  uni  keskin 

qoralashga tili bormaydi. Nima bo‘lganda ham, O‘zbek oyim  baribir ona… Ayni 

paytda rostgo‘y, realist yozuvchi onaning pala-partish, dovdir xatti-harakatlaridan, 

tabiatdagi  ayrim  kamchiliklaridan  ko‘z  yumib  o‘tolmaydi.  Bu  borada  adibga 

xalqona  yumor  qo‘l  keladi.  Bu  obraz  tasviri  boshdan-oyoq  adib  serjilo  –  ham 

kinoya  kesatiqlarga,  ham  ardoq  mehrga  to‘la  yumor  bilan  yo‘g‘rilgan.  Xullas, 

―O‘tgan  kunlar‖  romani  to‘qima  qahramonlarning  hayotiy  kasb  etishi  va  tarixiy 

voqealarga  uyg‘unligi  jihatidan  ham,  mujassam  butunligi  va  tilidagi  nafosati 

jihatidan ham o‘zbek adabiyoti xazinasidagi durdonalar qatoridan o‘rin olgandir.  

―O‘tgan kular‖  o‘zbek adabiyotida ilk roman bo‘lishining o‘zi bilanoq ilgari 

bosilgan  katta  qadam  edi.  Unda  realizmning  asosiy  tamoyillari  yuqori  badiiy 

saviyada amalgam oshirildi. Roman, umuman, o‘zbek adabiyotida yetuk realizmga 

asos soluvchi ro‘lni o‘ynadi.   

 



Abdullaeva F.I.

 

39 




Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish