Yangi mavzuni bayon qilish. O`qituvchi har bir darsni darslik
mundarijasidagi mavzular ketma-ketligida o`tishi lozim. Darsning bu qismiga 15-
20 minut sarflash tavsiya etiladi.
Yangi o`tilgan mavzuni mustahkamlash. Yangi o`tilgan mavzuni
o`quvchilar ongiga mustahkamlash uchun o`qituvchi maxsus tayyorlab kelgan
savollarni o`quvchilarga havola qiladi, darslikdagi har bir mavzu so`ngiga
keltirilgan misol va masalalardan tanlab yechiladi.
Darsning bu qismiga 10-15 minut sarflash tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |