Tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy


Sinfdan va maktabdan tashqari  tashqari mashg`ulotlarning shakllari



Download 4,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/224
Sana01.09.2021
Hajmi4,23 Mb.
#161920
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   224
Bog'liq
MATEMATIKA-FANINI-OQITISH-METODIKASI

Sinfdan va maktabdan tashqari  tashqari mashg`ulotlarning shakllari  
  
Matematika  fanidan  
sinfdan  
va  
maktabdan   tashqari 
mashg`ulotlarning quyuidagi turlarini keltirish mumkin:   
1) 
matematika to`garaklari,   
2) 
matematika kechalari,   
3) 
matematik olimlar bilan uchrashuvlar,   
4) 
matematika musobaqalari,   
5) 
olimpiadalar,   
6) 
“Bilimlar bellashuvi” tanlovi,   
7) 
matematika viktorinalari,   
8) 
matematik eskursiyalar,   
9) 
matematik  insholar,   
10) 
maktab matematika matbuotini tashkil qilish,   
11) 
matematika tarixi  
12) 
mashhur matematik olimlarning ijodiga bag`ishlangan kechalar.  
   To`garak    mashg`ulotlari    bir    oyda    kamida  ikki    marta  yoki    to`rt    marta  
o`tkaziladi. Dasturni  tuzishda  quyidagilarni asos qilib olamiz:  
1. 
Imkoniyat    boricha    tegishli    dars    materiallarini    yorituvchi  
mavzularga  doir  matematika  tarixi .  


115 
 
2. 
Shu  kurs  o`quv  materialini  chuqurlashtirish . 
3. 
Qiziqarli  matematika  va  sofizmlar   
     4. Modellar  yasash .  
To`garak  mashg`ulotlari quydagicha boshlanadi:  
1. 
Ba’zi   matematik  fikrlarning kelib  chiqishi va taraqqiy  etishi yoki  
biror  olimning  biografiyasi  haqida  talabaning qisqacha  ma’ruzasi;  
2. 
Qiyin  masalalar  yechish;  
3. 
Matematik   topishmoqlar  yoki  sofizmlar.  
   Mavzuning   asosiy   masalalarini  tanlashda ma’ruzachiga  yordam  beriladi. Har  
bir    mashg`ulot  ma’lum    mavzuni  o`rganishga    bag`ishlanganligi    uchun  material  
diqqat  bilan  tanlanadi.  
Fanga  o`quvchilarning  qiziqishini  oshirish  uchun    ularning  konstruktorlik  
qobiliyatlarini  revojlantirishga  –  ba’zi  masalalarning  modellarini  yasashga, 
masalalar    yechilishini    tanlashga,  topishmoq    va    sofizmlarga    alohida    e’tibor  
beriladi. Yasalgan buyum yoki narsaning sifati, qimmati, u oddiy loydan yasalgan 
sopol  kosami,  murakkab  mashinami  yoki  san’at  asarimi,  barcha  hollarda  uni 
yasashda  foydalanilgan  xomashyoning  sifatiga  ko`p  jihatdan  bog`liq  bo`ladi. 
Shuning uchun olimpiadachi o`quvchini to`g`ri tanlash uni olimpiadaga tayyorlash 
jarayonini  osonlashtiradi  va  muvaffaqiyatga  erishishda  katta  ahamiyatga  ega. 
Olimpiadachi  nomzodni  bir-biriga  bog`liq  bo`lgan  mezonlar  asosida  tanlanadi  va 
2-3  nafar  nomzod  o`quvchilar  bilan  olimpiadalarga  tayyorlanishni  boshlash 
mumkin.  Buning  uchun,  avvalo,  siz  berayotgan  matematik  bilim  va  tushunchalar 
o`quvchiga to`la yetib borishi, o`quvchi ularni muvaffaqiyatli o`zlashtirishi uchun 
zarur bo`lgan o`quvchining ba’zi sifatlarini rivojlantirish maqsadida quyidagilarni 
amalga oshirish kerak:   
         1.  Nomzod  o`quvchilarning  faolligini  oshirib  borish,  ularga  olimpiada 
masalasi,  nostandart  masalalar  haqidagi  tasavvurlarni  sekin-asta  singdirib  borish 
uchun ularni darslarda va to`garak mashg`ulotlarida darslikdagi murakkab va  o`ta 
murakkab masalalarni yechishga yo`naltirish zarur.  
        2.  O`quvchilarni  olimpiadalarga  tayyorlashda  ularni  mustaqil  ishlashga 
o`rgatish  katta  ahamiyatga  ega.  O`quvchini  qo`shimcha  adabiyotlar  va 
qo`llanmalardan  mustaqil  foydalanib  kerakli  bilim  va  ma’lumotlar  olish 
ko`nikmalarini  hosil  qilish  va  rivojlantirishda  sinf,  maktab,  tuman  yoki  shahar 
markaziy kutubxonalaridan va o`qituvchining shaxsiy kutubxonasidan foydalanish 
mumkin. Sekin-asta o`quvchiga o`z shaxsiy kutubxonasini tashkil etishga yordam 
berib borish kerak.  


116 
 
        3.  Olimpiadalarga  tayyorlanish  jarayonida  o`quvchi  va  o`qituvchi  orasidagi 
chegara asta-sekin yo`qolib borishi kerak, chunki o`quvchi o`qituvchidan tortinsa, 
masalalarni yechishda yoki nazariy tushunchalarni o`rganishda o`z fikrini ochiq va 
dadil  ifodalay  olmaydi,  bu  esa  uning  bilimida  bo`shliqlarning  paydo  bo`lishiga 
sabab  bo`lishi  mumkin.  Bundan  tashqari  olimpiadachiga  darslarda  murakkab 
masalalarni  yechishni  topshirish,  darsda  yoki  darsdan  tashqarida  o`qituvchidan 
masala  yechimi  yoki  nazariy  materiallarni  tushuntirib  berishni  so`ragan 
o`quvchilarga  yordam  berishni  topshirish  va  boshqa  yo`llar  yordamida  unga 
bo`lgan  ishonchingizni  ochiq  bildirib  turish  ham  yaxshi  natijalar  beradi.  Yuqori 
sinflarga  o`tgach,  quyi  sinf  o`quvchilari  orasidan  olimpiadaga  nomzodlar 
tanlashda, ularga masala va topshiriqlar tanlash yoki tuzishda, ular bilan ishlashda 
olimpiadachi  o`quvchidan  yordam  so`rash  va  undan  foydalanish    o`quvchining 
mas’uliyatini oshiradi va yanada tirishqoqlik bilan izlanishga undaydi.  
         4.  9-11-sinf  o`quvchilari  orasidan  tuman  yoki  shahar  olimpiadalariga 
nomzodlar  tanlash  maqsadida  o`tkaziladigan  sinf  va  maktab  2-  tur  olimpiadalari 
davrida  5-8-sinf  o`quvchilari  orasida  ham  bunday  olimpiadalarni  tashkil  etish  va 
o`tkazish  hamda  g`oliblarni  tuman,  viloyat  olimpiadalari  g`oliblari  bilan  bir 
qatorda  o`quvchilar,  ota-onalar  yig`ilishlarida  e’lon  qilish  va  taqdirlash 
o`quvchining kuchiga kuch, g`ayratiga g`ayrat qo`shadi va yangi g`alabalar uchun 
mehnat  qilishga  chorlaydi. Bu      biz      tanlagan      olimpiadachi-nomzodlar      uchun 
birinchi haqiqiy sinov bo`ladi va boshqa  
tuman, viloyatdan  kelgan  matematika 
ixlosmandlari  hamda  Respublikamizning  ko`zga  ko`ringan  matematik  olimlari 
bilan  yuzma-yuz  muloqatda  bo`ladilar.  Buning  natijasida  o`quvchilarda  haqiqiy 
matematika  olimpiadasi,  haqiqiy  olimpiada  masalasi  haqida  tushunchalar  paydo 
bo`ladi hamda o`z bilim darajasini belgilab olishga yordam beradi.  
Tanlangan  nomzod  bilan  ishlashda  «oddiydan  murakkabgacha,  osondan 
qiyinga»  printsipiga  amal  qilish  kerak.  O`quvchining  matematik  qobiliyatini 
rivojlantirish,  fikrlash  darajasini  o`stirib  borish  uchun  matematikani  quyidagi 
qismlarga bo`lib o`rganish mumkin.  
Olimpiadachi  o`quvchi  o`zining  matematik  bilimlarini  tinimsiz  ravishda 
oshirib  borishi  uning  atrofida  matematik  muhitning  yaratilishiga  bog`liq.  Bunda 
matematika  darslari  va  to`garak  mashg`ulotlaridan  tashqari  informatika  va 
hisoblash  texnikasi  asoslari,  fizika,  kimyo  hamda  astronomiya  darslaridan  ham 
foydalanish  maqsadga  muvofiq,  shuning  uchun  olimpiadaga  nomzodlar 
tanlangach,  yuqorida  tilga  olingan  fan  o`qituvchilari  bilan  hamkorlikda  ish  olib 
borish kerak.  
  
1. 
Informatika  va  hisoblash  texnikasi  darslarida  o`quvchining  mantiqiy 
fikrlash, mantiqiy xulosalar chiqarish, masalani qismlarga ajratish va ularni alohida 
masalalar  sifatida  yechish  hamda  berilgan  masalaning  yechimini  hosil  qilish, 
induktiv xulosalar chiqarish kabi sifatlarini shakllantirish mumkin.  


117 
 
2. 
Fizika  va  kimyo  darslarida  o`quvchining  ifodalarni  shakl  almashtirish, 
hisoblash,    masalalar  yechish,  tasavvur  qilish,  formulalardan  to`g`ri  foydalanish, 
topqirlik va boshqa ko`nikmalari shakllanib boradi.  
3. 
Astronomiya  darslarida  o`quvchining  abtsrakt  fikrlash,  tasavvur  qilish, 
fazoviy tushunchalari shakllanib boradi.  
Maktab matematika to`garaklarida o`qituvchi foydalanishi tavsiya etiladigan 
ayrim qiziqarli ma’lumotlarni keltiramiz. 
Bir  nechta  matematik  fokusni  ko`rib  chiqaylik.  Bu  fokuslarni  matematika 
kechasida  katta  muvaffaqiyat  bilan  ko`rsatish  mumkin,  biroq  bu  fokuslarning 
qiymati ularning matematik mohiyatidadir. 

Download 4,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish