TOSHKENT Davlat STOMOTOLOGIYA INSTITUTI
205-B GURUH TALABASI Tojimurodov Abdullaning GISTOLOGIYA FANIDAN
TAYYORLAGAN
REFERATI
Gistologiya preparatlarini tayyorlash texnikasi. Laboratoriya ishi. Mikrotexnika. Xujayra qobig’i, sitolemma, hujayralararo bog’lanishlar. Sitoplazma, yadro, organoid va kiritmalar.
REJA:
1.Gistologik preparatlarni mikroskopda ko'rish usullari.
2.Hujayra tuzilishi.
3.Hujayra yadrosi va kiritmalar.
1.Tayyorlangan gistologik prcparatlar yorug'lik yoki clcktronmikroskoplarda ko'riladi. Gistologiyada oddiy mikroskoplardan tortib, to hozirgi zamon murakkab mikroskoplarigacha ishlatiladi. Hozirgi zamon mikroskoplari murakkab optik moslamalar mfojmuasidan iborat. Mikroskopning yuqori hal qiluvchi (ko'rsatuvchi) qobiliyati eng kichik masofa, yorug'lik to'lqinining uzunligi (clcktromagnit to'lqinlar uzunligi) ga bog'liq. Uning formulasi do=l/2. Dcmak to'lqin uzunligi qancha kichik bo’lsa, ko'rsatish qobiliyati ham shuncha kichik masofada bo'ladi. Ultrabinafsha (ultrafiolctli mikroskop) nurli mikroskopda ishlash. Bu mikroskopning nur o'tkazuvchi linzalari ultrabinafsha nurlarini o'tkazishga moslashgan kvarsdan (chaqmoqtosh, oqtosh) iborat bo'lib, mikroskopda ko'riladigan kcsma kvarsli, prcdmct oynasiga o'tkaziladi va kvarsli yopqinch oyna bilan berkitiladi. Ko'rish vaqtida biologik obycktning aksini ultrabinafsha nuiiari orqali ko'riladi. 10 Ultrafiolct nurlarining to’lqin uzunligi 0,2 mkm bo'lgani uchun bu mikroskopning hal qilish qobiliyati 0,1 mkm, yani 2 marta kichik. Lyuminessent yoki flyuororessent mikroskopda ko'rish. Har bir hujayra nurlanish (lyumincsscnsiya yoki flyurorcsscnsiya) qobiliyatiga cga. Bu holat qisqa to'lqinli nurlar tasirida bo'ladi. Bunday nurlar manbai sifatida simob yoki kscnon lampalari ishlatiladi. Yuborilgan nur lasirida biologik obycktdan chiqqan nur to'lqini uzun bo'ladi. Shuning uchun maxsus svctofiltrlar yordamida biologik obycktni aks cttiruvchi flyurorcsscnsiya nurlarini tuliladi va obyckl ko'riladi. Flyuoresscnsiya birlamchi va ikkilamchi bo'ladi. Birlamchi flyuorcsscnsiyada obyckl uning o'zidan chiqqan nur asosida o'rganiladi. Masalan, nerv hujayralari, semiz hujayralardagi scrotonin birlamchi nurlanish qobiliyatiga cga va shu nurlamshi aniqlanadi (adrcnalin, noradrcnalin ham shunday). Ikkilamchi flyuorcsscnsiyada prcparatlar maxsus bo'yoqlar flyuroxromlar bilan bo'yaladi. Hozirgi vaqtda flyuoroxromlar turi ko'p. Masalan flyuoroxrom akridin (oranj) ishlatilganda RNK och-qizil, DNK tiniq ko'k rangda bo'ladi. Bunday nurlanish orqali biologik obyekt tuzilishi, kimyoviy tarkibi o'rganiladi. Dcmak, flyuorcsscnt mikroskopiya ultrafiolct nur spektri maydonida qo'zg'alib va nur tarqalish hodisasiga asoslangan. Fazo-kontrast mikroskopiya usuli oddiy mikroskoplarda ko'rinmaydigan, lckin tiniq va rangsiz biologik obyekt (tuzilmalarni) ning yorqin aksini ko'rish uchun ishlatiladi. Aslida oddiy mikroskopiyada tuzilmalarni yorqin ko'rinishiga bo'yash orqali crishiladi. Fazokontrast mikroskopiyada csa, bo'yash usuli qo'llanmaydi. Aksmcha kondensorga joylashgan xalqa diafragma yordamida (u yerda fazoplaslinka bo'ladi) o'rganiluvchi tuzilmalar, ularning kontrastligini oshirish orqali o'rganiladi. Bunda bo'yalmagan preparatdagi tuzilmalarning nur sindirish qobiliyati va zichligi muhim rol o'ynaydi. Yorqinlik (kontrast) ni oshira borish bilan turli nur sindirish qobiliyatiga cga bulgan tuzilmalar farqli ravishda oson o'rganiladi. Masalan, ko'ndalang-targ'il mushak tolalarini bu mikroskopda o'rganish orqali ko'p yangiliklar olindi. Qorong'i maydonli mikroskopda ko'rish. Bu mikroskopning ko'rish maydoni *markazida nur tushirmaydigan qorong'i kondensor joylashgan bo'ladi. Obyekt manbadan qiya tushayotgan nur bilan yoritiladi. Mikroskop ostida o'rganiladigan obyekt yorqin ko'rinishi mumkin. Bu mikroskop avtoradiografiyada kumush donalarni ko'rish uchun (ular qorong'i joyda yaxshi ko'rinadi), yoki klinik laboratoriyalarda siydik tarkibidagi kristallarni (siydik kislota, oksalatlar), mikroblarni (spiroxctalar) ko'rishda juda qo'l kcladi. Polyarizatsion mikroskopiya. Polyarizatsion (qutbli) mikroskopda ikkita qutbga ajratuvchi filtr quyiladi, biri (polyarizator) nur va obyekt o'rtasida, ikkinchisi obyektiv linzasi va ko'z o'rtasida. Ikkinchi filtrda aylanishning bosh o'qi bo'ladi va birinchiga nisbatan perpendikulyar yotadi va nur o'tkazmaydi. Lekin ikkala filtr aylanish xususiyatiga cga va nur yo'nalishini o'zgartirishi mumkin. Shu asosda filtr aylanganda bo'ylama yotgan tuzilmalar tarkibi (kollagcn, maydj. naychalar, mikrofilamcntlar), kristal tuzilmalar (Lcydik hujayrasida) yoritilgan holda ko'riladi. Bu ycrda nur ikki filtrdan o'tadi va ikki marta sindiriladi.
2. Hujayra qismlarini fraksiyalarga (qism, bo'lim) bo'lib o'rganish ultratsentrifiiga, xromotografiya, clcktroforez usullari yordamida olib boriladi. Bu usullar asosan biokimyo darsliklarida kcngroq yoritilgan. Ultratsentrifugalash. Bu usulda hujayranmg turli qismlari (mcmbranali qismlar - plazmolcmma, cndoplazmatik to'r, yadro, organellalar va sh.k.) maxsus ultratscntrifuga apparati yordamida ajratib olinadi. Ularni clcktronmikroskop ostida ko'rish mumkin yoki ular bilan biokimyoviy analizlar qilinadi (oqsillar, maxsus fcrmcntlar, fosfolipidlar, yog'lar va sh.k.). Hujayra qismlarini ajratishda ultratscntrifuganing aylanish tczligi muhim rol o'ynaydi (80000-150000 marta minutiga aylanadi). Bunda hujayra qismlari aylanish tczligiga ko'ra, probirkaga chiziqlar shaklida cho'kadi. Avval eng yirik tuzilmalar - yadro, sitoskclct cho'kadi, aylanish tczligi ko'paytirilishi bilan mitoxondriylar, lizosomalar, peroksisomalar va oxirida mayda oqsillar cho’ka boshlaydi. Bu usul oqsil sintczini, o'rganish, gcnctik izlanishlarda juda qo'l kcladi. Xromotografiya - ko'proq oqsil fraksiyalarini o'rganishda qo'llansa, clcktroforcz usulida suvli muhitda yoki quruq tcshikli matriksda clcktr maydonni hosil qiladi va har xil zaryadli oqsil molekulalarini ajratib olish mumkin bo'ladi. YAMR - yadromagnit rczonans, mikroxirurgiya usullari bilan tirik hujayradagi moddalar tarqalishi va mctabolitik jarayonlarni o’rgansa ham bo'ladi. YAMR da mayda molckulali moddalar kcng o'rganiladi. YAMR si asosiy molckulalardagi atomlarning turli rczonansdagi cncrgiyani yutish qobiliyatiga asoslangan, mikroxirurgiya usulida esa, maxsus mikromanipulyator yordamida yadroni ajratish, yadro qobig'ini yirtib, xromosomalami ajratib olish mumkin. 14 Tirik hujayrali lo'qimalarni o'stirish yo'li bilan ham o'rganiladi. To'qima va hujayralarni organizmdan tashqari (in vitro) o'stirish, ularni o'rganish va ulardan turli biologik moddalar (dori sifatida ishlatish uchun) olish uchun qo'llaniladi. Bulardan tashqari, azolar va lo'qimalarni hayvonning hayoliy davrida bo’yab o'rganish (vital bo'yash) usuli ham qo'llaniladi. Lyuminisscnt mikroskop yordamida tcrida, jigarda va boshqa azolarda mikrotsirkulyatsiyani o'rganish kcyingi yillarda kcng yo'lga qo'yilgan.
3. Yadro — koʻpchilik bir hujayrali va hamma koʻp hujarayli organizmlar hujayralarining asosiy tarkibiy qismi. Ya.ning boʻlishi yoki boʻlmasligiga binoan, organizmlar eukariotlar va prokariotlarp ajratiladi. Prokariotlar hujayrasida irsiy modda DNK sitoplazmadan chegaralanmagan, bir qancha organoidlar boʻlmaydi. Eukariotlar hujayrasida DNK saklovchi strukturalar — xromosomalar va mitoxondriyalar bor. Genlardagi irsiy axborot orqali Ya. hujayrada oqsil sintezi, morfologik va fiziologik jarayonlarni boshqaradi. Ya. bilan sitoplazma oʻrtasida uzluksiz moddalar almashinuvi sodir boʻlib turadi. Ya.ni hayvon hujayralarida Ya.Purkinye (1825), oʻsimlik hujayralarida R.Broun (1831 — 33) kashf etishgan. Hujayralarda Ya. bitta yoki koʻp boʻlishi mumkin. Ya. sitoplazmadan 2 qavat membrana bilan ajralgan; tashqi membranasida ribosomalar joylashadi
Kiritmalar sitoplazmaning doimiy bo`lmagan tarkibiy qismlari hisoblanadi. Ular hujayra ichidagi modda almashinuvi, sekretsiya va pigment hosil qilish jarayonlari davomida va fagotsitoz yo`li bilan tashqi muhitdan hujayraga moddalar kirishidan hosil bo`ladi.
Mikroskop ostida kiritmalar har xil zichlikdagi granulalar yoki suyuq vakuolalar holida ko`rinadi. Qiritmalarning ximiyaviy tarkibi turlicha. Bir necha gruppa kiritmalar farqlanadi.
1. Trofik kiritmalar (yog` tomchilari, oqsil granulalari, glikogen to`plamlari, vitaminlar va boshqalar).
2. Sekretor kiritmalar (zimogen granulalar va boshqalar).
3. Ekskretor kiritmalar (o`t kislotasi, mochevina va b.)
4. Pigment kiritmalar (gemoglobin, melanin, lipofustsin va boshqalar).
Oqsil kiritmalar kamda-kam uchraydi. Misol tariqasida ba’zi bir umurtqali hayvonlar jigaridagi oqsil donalarini hamda tuxum hujayrasidagi murakkab oqsil va fosfoproteid gruppalaridan tashkil topgan plastinkalar, donachalar, disklar, duksimon shakldagi ko`pgina sariqlik donachalarini va boshqalarni ko`rsatish mumkin. Elektron mikroskopda olingan ma’lumotlarga qaraganda sariqlik tanachalari kristalsimon strukturalar hosil qilgan donachalardan va tayoqchalardan (protein makromolekulalari) iborat. Ko`pgina olimlar fikricha, sariqlik donachalari materiali ribosomalar ishtirokida donador endoplazmatik to`r sisternalarida hosil bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |