Tayyorlagan kurs ishi mavzu: Uch komponentli sistemalarning holat diagramalari



Download 1,42 Mb.
bet3/10
Sana10.07.2022
Hajmi1,42 Mb.
#773660
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
chiqarishga

Rozebum usullari.
Prizmaning asosini teng tomonli uchburchak tashkil qiladi va uchlamchi sistemaning tarkibini koʻrsatadi, balandligi esa haroratni belgilaydi. Uch komponentli sistemani tekislikda ifodalash uchun bosim ham, harorat ham oʻzgarmasligi shart. Teng tomonli uchburchakning uchlari A, B va C toza moddalarga mos keladi. Uchbirchakning ichida joylashgan har bir nuqta 3 komponentli sistemalarning tarkibini ifodalaydi. Nuqta qanchalik uchburchakning uchiga yaqin boʻlsa, shu komponentning miqdori (foizi) koʻp boʻladi. Teng tomonli uchburchak vositasida 3 komponentli sistemaning tarkibini ifodalash uchun asosan 2 xil usuldan foydalaniladi: Gibbs va Rozebum usullari.
Gibbs usuli
Gibbs usuliga koʻra , uch komponentli sistemaning uchburcha ichidagi biror nuqtaga toʻgʻri keladigan tarkibini aniq­lash uchun, oʻsha nuqtadan uchburchakning uchchala tomoniga perpen­dikulyar tushiriladi. Bu kesmalarning yigʻindisi teng tomonli uchburchakning balandligiga teng, uni 100 % deb qabul qilamiz. Uch­burchak ichidagi p nuqta uchburchakning B uchi dan uzoqda boʻlgani uchun bu nuqtadagi aralashmada B komponentning miqdori kam boʻla­di, yaʻni B ning miqdori uning qarshisidagi tomondan boshlangan perpendikulyarning uzunligi bilan belgilanadi. Masalan, p nuqta­dagi aralashmaning tarkibida 20% B bor. Xuddi shunday usulda A va C komponentlarning tarkibi ham topiladi: 50% A va 30% C.
Teng tomonli uchburchak vositasida uch komponentli sistemaning tarkibini ifodalash.
Rozebum usulida sistemaning tarkibini aniqlash uchun p nuq­tadan uchburchakning ikki tomoniga parallel chiziqlar oʻtkaziladi. Uchburchakning AB tomonidagi kesmalarning yi­gʻindisi teng tomonli uchbur­chakning tomoniga teng. P nuqtadan uchburchakning ikki tomoniga oʻtkazilgan parallel chiziqlar AB tomonni 3 ga boʻladi va bu AM, MN, va NB kesmalar A, B va C komponentlarning miqdorini beradi.
Rozebum usuli
Uchburchakning B uchining qarshisidagi tomonga chizilgan pa­rallel b kesmani beradi va ushbu kesma B ning miqdorini belgilaydi. Uchburchakning A uchining qarshisidagi tomonga chizil­gan parallel a kesmani beradi va u A komponentning miqdorini belgilaydi. Teng tomonli uchburchakning tomonini 100% deb qabul qilsak, u holda P nuqta uchun A - 50%, B - 20% ekanligini hamda C komponentning miqdori 30% ga tengligini aniqlash mumkin.
Uch komponentli sistemalarning holat diagrammalarini tuzishda bosimni oʻzgarmas deb qabul qilsak, sistemaning erkinlik darajasi F= 3-Ф+1 = 4-Ф tenglama bilan ifodalanadi. Harorat ham oʻzgarmas boʻlganda erkinlik darajasi F = 3-Ф ifoda orqali aniqlanadi.

Download 1,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish