Tayyorladi: Yusupova M



Download 127,79 Kb.
bet14/14
Sana30.06.2022
Hajmi127,79 Kb.
#721367
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Mehribon biokimyo

Prognoz. Mitoxondriyal kasalliklar odatda degenerativ jarayonlarni tashkil qiladi, ammo ba'zi hollarda ular takroriy nevrologik namoyishlar ko‘rinishida surunkali statsionar kursga o‘tishi va hatto tiklanishigacha o‘z-o‘zidan yaxshilanishini ko‘rsatishi mumkin, chunki bu benzinli COX etishmovchiligi bilan sodir bo‘ladi.
Prognoz odatda ensefalopatiklarga qaraganda sof miyopatik shakllarda yaxshiroqdir. Bolalardagi kasallik odatda kattalar kabi o‘zini namoyon qiladigan odamlarga qaraganda ko‘proq tajovuzkor.
Umuman olganda davolash tabiiy jarayonning sekinlashuvidan ko‘proq narsani o‘z ichiga olmaydi, ayrim istisnolar orasida CoQ10 yoki karnitin etishmovchiligining asosiy jarayonlari mavjud.
Irsiy kasalliklar - genetik informatsiya (irsiy axborot) ning buzilishi natijasida kelib chikadigan kasalliklar; asosan, xromosomalar yoki genlardagi mutatsiyalar tufayli paydo boʻlib, nasldannaslga oʻtadi. Mutatsiyalar tashqi muhit omillari (ionlashtiruvchi nurlar, ayrim biologik faol kimyoviy birikmalar) hamda organizm va hujayralardagi salbiy taʼsirlar oqibatida roʻy berishi mumkin.
I. k. asosan, klinikgenealogik usul bilan oʻrganiladi, bunda avlodlar shajarasi tuziladi. Bu usul yordamida I. k. (autosomdominant, autosom-retsessiv va jins bilan bogʻliq kasalliklar)ning turli yoʻllar bilan nasldannaslga utishi aniqlanadi. Autosomdominant kasalliklarda, kasallik autosomada joylashgan dominant genlar orqali nazorat qilinadi. Bunda kasallik har avlodda 50% dan ortiq hollarda uchraydi. Braxidaktiliya, araxnodaktiliya, retinoblastoma, psoriaznnng maʼlum bir turlari va b. shu yoʻl bilan nasldannaslga oʻtadi.
Autosom-retsessiv I.k. da patologik retsessiv genlar ota-onada boʻlsa, kasal bola tugʻilish ehtimoli bor, shuning uchun bu kasalliklar har avlodda uchramaydi. Lekin, bu ehtimollik oʻzgargan gen tutuvchi yaqin qarindoshlar oʻrtasida oila qurilganda oshadi. Bularga fenilketonuriya, mi-okloniya, epilepsiya, oligofreniyaiknt maʼlum bir turlari va b. misol boʻla oladi.
Maʼlum bir autosomdominant va autosom-retsessiv I. k. (mas, dalto-nizmnit maʼlum bir turi, gemofiliya A, sideroaxrestik anemiya va b.) jins bilan bogʻliq holda nasldannaslga oʻtadi.
Irsiy belgilarning ayrim xususiyatlarini oʻrganishda egizaklar usulidan ham foydalaniladi. Maʼlumki, egizaklar bir tuxumli yoki ikki tuxumli boʻladi. Bir tuxumli egizaklar genotip va tashqi koʻrinishlarining bir xilligi (fenotip) hamda bir jinsga mansubligi bilan tavsiflanadi. Ikki tuxumli egizaklar genotipi har xil va bir-biridan tashqi koʻrinishi, jinsi bilan farq qiladi. Egizaklar usuli ayrim kasalliklarning nasldannaslga oʻtish qonuniyatlarini oʻrganib kolmay, organizmning ayrim I. k. ga moyilligini ham aniqlash imkonini beradi.
Xromosoma va gen I. k.i farqlanadi. Xromosoma kasalliklari, asosan, xromosoma tuzilishi va sonining oʻzgarishi tufayli kelib chiqadi, bu yangi tugʻilgan bolalarda 1% ni tashkil etadi. Xromosomadagi jiddiy oʻzgarishlar koʻpincha organizmning hayot faolligini cheklab, rivojlanayotgan qomilaning nobud boʻlishiga olib keladi. Bu kasalliklar autosomalar va jinsiy xromosomalarda roʻy bergan oʻzgarishlar oqibatida kelib chiqadi. Bularga Shereshevskiy-Terner (karioti-pi — XO), Klaynfelter (XXY), Patau (13 trisomiya), Daun, "mushuk chinqirigʻi" kabi sindrom va kasalliklar kiradi.
Umuman koʻpgina xromosoma kasalliklarida odam skeleti tuzilishi va nerv sistemasi oʻzgaradi, tashqi va ichki aʼzolarning tugʻma nuqsonlari, oʻsishdan orqada qolish, nerv, endok-rin va b. sistemalarning buzilishi kuzatiladi, bemorlarning generativ faolligi pasayadi.
Gen kasalliklari nuqtali mutatsiyalar natijasida yuzaga keladigan moddalar almashinuviga aloqador. Hozir ularning 30 dan ortiq xili aniqlangan. Mas, yogʻ almashinuvining buzilishi markaziy nerv sistemasi faoliyatining oʻzgarishi bilan kechadi. Bulardan eng ogʻiri Tey-Saks amavrotik idiotiyasidir, bunda koʻrish krbiliyatining susayishi, esi pastlik va b. nevrologik simptomlar kuzatiladi.
Uglevod almashinuvining oʻzgarishiga aloqador I. k. dan galaktozemiya uch-raydi. Bunda galaktozani glyukozaga aylantiruvchi fermentativ jarayon oʻzgaradi, galaktoza va uning mahsulotlari qujayralarda toʻplanib, markaziy nerv sistemasi va aʼzolar faoli-yatiga zarar yetkazadi. Qandli diabet ham uglevod almashinuvining buzilishiga aloqador I. k. dandir.
Bruton kasalligida immunoglobulin fraksiyalarining sintez qilinishi buziladi, kasallik, asosan, oʻgʻil bolalarda uchraydi. Bunda bolalar deyarli soglom tugʻiladi, lekin 3—4 oyligidayoq yuqumli kasalliklarga beriluvchanligi aniqlanadi.
Qonga aloqador I. k. ga chaqaloklarning gemolitik kasalligi kiradi. Bu, asosan, ona va bola qonidagi rezus-omil hamda er-xotin qon guruxlarining mos kelmasligi oqibatida roʻy beradi.
Oq qon tanachalari — leykotsitlar patologiyasi bilan bogʻliq I. k. ham boʻlishi mumkin. Mas, leykoz (oq qon kasalligi)ning vujudga kelishida gen mutatsiyalarining ahamiyati borligi maʼlum. Gemofiliya ham kon sistema-sining irsiy kasalligi boʻlib, bunda, asosan, qonning ivish xususiyati pasayadi; kon ivishida ishtirok etadigan ayrim oqsillar sintezi buziladi.
I. k. ni aniqlash va oldini olish bilan tibbiygenetika shugʻullanadi. Uning asosiy vazifasi I. k. ningtarqalishini, oilada irsiy kasal bola tugʻilishi ehtimoli borligini aniqlashdan iborat. Odam irsiy patologiyasini oʻrganishda boshqa usullar ichida sitogenetik usul alohida oʻrin tutadi. Bu usul yordamida irsi-yat asoslarini, odam kariotipining meʼyor va patologiyasini, mutatsion va evolyusion jarayonlarning maʼlum bir qonuniyatlarini oʻrganish mumkin.
Oʻzbekistonda "Ona va bola" shifoxonalarida tibbiy genetika xonalari mavjud, Toshkentda va viloyatlar markazlarida "Skrining" markazlari ochilgan, ularda yangi tugilgan chaqaloqlar bir necha I. k. ga tekshiriladi.

XULOSA
1. Ushbu kurs ishimni bajarish davomida mavzuning dolzarbligini hozirgi kunga kelib biokimyo fanlaridagi qator dolzarbligi jihatidan Patologik kasalliklarning biokimyoviy xususiyatlari orqali hujayrada kechadigan jarayonlar hamda ularda qatnashadigan organoidlar jumladan mitoxondriyaning biokimyoviy xususiyatlari orqali oqsil biosintezida RNKning o‘qilishi to‘liq o‘rganilmagan chunki ular organizimning turli xil vaziyatarida turlicha strukturalarni hosil qilishi mumkin,aynan shu sababdan bunday kuzatishlar dolzarbligicha qolmoqda.
2. Mazvuning maqsadi bo‘lib Patologik kasalliklarning biokimyoviy xususiyatlari orqali keng qamrovli o‘rganish va taxlil qilish uning vazifasi esa kurs ishini bajarishda quidagilarni o`z oldimizga vazifa qilib oldik.
3. Mitoxondriyaning biokimyoviy xususiyatlari orqali qanday kelib chiqishini chuqur o‘rganish,
- mitoxondriyaning biokimyoviy xususiyatlari orqali qanday kelib chiqishini chuqur o‘rganish,
-mitoxondriyaning biokimyoviy xususiyatlari orqali o‘qilishining tiriklikdagi axamiyatini keng yoritish.
-Yoshga oid patologiyalarni kelib chiqishida mitoxondriyaning ahamihati qanday ekanligi òrganilishi haqida ma'lumotlar keltirilgan

Urganch Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo`nalishi 191 – guruh talabasi Yusupova Mexribon Alisher qizining biokimyo va molekulyar biologiya fanidan " Yoshga oid patologiyalarni rivojlanishida mitoxondriyalarning ahamiyati " mavzusida tayyorlagan kurs ishiga


TAQRIZ
Ushbu kurs ishida patologik kasalliklar haqida foydali malumotlar keltirilgan. Mitoxondriyalar tuzilishi qanday va ahamiyati haqida xam malumotlar keltirilgan. Kurs ishi juda foydali va qiziqarli ma`lumotlar asosida yozilgan bo`lib , kurs ishi rejasi murakkab reja asosida tuzilgan , kirish , asosiy qism , xulosa va foydalanilgan adabiyotlar keltirib o`tilgan .
Kurs ishining kirish qismida mavzuning dolzarbligi , ishning maqsadi va vazifasi to`liq bayon qilingan . Kurs ishi imlo jihatdan ba`zi kamchiliklardan xoli emas va bu xato ma`no mazmuniga sezilarli darajada ta`sir qilmaydi . Tanlangan mavzuning dolzarbligi , o`quvchilar va talabalar uchun foydaliligini inobatga olgan holda , ushbu kurs ishini himoya tavsiya qilaman .
URDU Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya kafedrasi o`qituvchisi:

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Chinnery, P. F. (2014). Mitokondriyal kasalliklarga umumiy nuqtai. Gen sharhlari,Arpa, J.,

  2. Cruz-Martinez, A., Campos, Y., Gutierrez-Molina, M. va boshq. (2003). Mitokondriyal kasalliklarning tarqalishi va rivojlanishi:

  3. 50 bemorni o‘rganish. Mushak nervi, 28 yosh, 690–695.Eirís, J.,

  4. Gomez, C., Blanco, M. O. & Castro, M. (2008). Mitoxondriyal kasalliklar.

  5. AEPning terapevtik diagnostika protokollari: bolalar nevrologiyasi, 15, 105-112.


Download 127,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish